Z. A. Sulaymonova biofaol moddalar kimyosi
– ish. ALKALOIDLARNI QOG’OZ XROMATOGRAFIYASI USULIDA ANIQLASH
Download 2.77 Mb.
|
efir moylari 2
20 – ish. ALKALOIDLARNI QOG’OZ XROMATOGRAFIYASI USULIDA ANIQLASHKerakli reaktiv va jihozlar: xlorid kislotaning 1% li eritmasi, fenolftalein eritmasi, uzunligi 30 sm, eni 12 sm bo’lgan xromatografiya qog’ozi, kapillyar naychalar, alkaloidlarning «guvoh» eritmalari, Dragendorf reaktivi, maydalangan va kukun holiga keltirilgan isiriq bargi (poyasi, guli), kolba (100 ml), voronkalar, paxta filtr qog’ozi. Alkaloidlarni aniqlashda xromatografik usullarning hamma turlari (adsorbsion, ion almashinuv, taqsimlanish) keng miqyosda qo’llaniladi. Bu usullardan alkaloidli ajratmada qancha va qanday birikmalar borligi, alkaloidlar yigindisidan ayrimlarini ajratib olishda, hamda ularning miqdorini aniqlashda foydalaniladi. O’simliklar tarkibidagi alkaloidlarni identifikatsiya qilishda, ayniqsa, qog’ozda va yupqa qavatda o’tkaziladi. Taqsimlanish xromatografiyasi juda ko’p qo’l keladi. Alkaloidlarni xromatografiya usulida aniqlash uchun, avvalo o’simlik mahsulotidan tegishli alkaloidlar ajratmasini tayyorlash kerak (oldingi tajribada olingan alkaloidlar yig’indisidan ham foydalanish mumkin). I SH N I N G B O R I SH I Maydalangan mahsulotdan isiriq bargi, poyasi va gullaridan 1 g olib 100 ml hajmli kolbaga solinadi. Uning ustiga xlorid kislotaning 1% li eritmasidan 25 ml quyib, vaqt – vaqti bilan chayqatib turgan holda, bir soat davomida qo’yib quyiladi yoki qaynab turgan suv hammomida 5 minut qizdiriladi. So’ngra sovitib paxta orqali filtrlanadi. Filtratda alkaloidlar tuz holida bo’ladi. So’ngra alkaloidlar ajratmasi ishqoriy muhitga o’tguncha (fenolftalein bilan tekshiriadi) ammoniy gidroksidning konstentrlangan eritmasidan tomchilab qo’shiladi va asos holatiga o’tgan alkaloidlar 5 ml xloroform bilan chayqatib ajratib olinadi. Ana shu alkaloidlar yig’indisi xromatografiya uchun ishlatiladi. Uzunligi 30 – 40 sm, eni 12 sm bo’lgan xromatografiya qog’ozining «start» chizig’iga (pastki chetidan 2 – 3 sm balandlikda) kapilyar naycha yordamida tayyorlangan ajratmadan hamda alkaloidlarning «guvoh» eritmalaridan bir-biridan 2 sm masofada tomiziladi (tomizilgan dog’ning diametri 5 mm dan oshmasligi kerak). Tomizilgan ajratma va «guvoh» eritmalar qurigandan so’ng xromatografiya qog’ozi bir sutka oldin n-butanol-sirka kislota-suv aralashmasi (5:1:4 nisbatda) tayyorlab quyilgan xromatografik kameraga joylashtiriladi (qog’ozning pastki cheti 5 mm gacha suyuqlikka tushib turishi kerak). 14 – 15 soatdan so’ng xromatografiya qog’ozi olinib quritiladi va unga Dragendorf reaktivi purkaladi. Natijada ajratmadagi alkaloidlar va «guvoh» alkaloidlar sariq fonda zarg’aldoq (to’q sariq) dog’lar holida ko’rinadi. Dog’larning Rf lari hisoblanadi, so’ngra o’simlik ajratmasidagi va «guvoh» alkaloidlarning Rf lari solishtirilib, o’simlikda qanday alkaloidlar borligi to’g’risida xulosa chiqaradilar. Download 2.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling