— kuettfi hayajon va jismoniy zo'riqishdan so'ng yengil
tortish hamda tinchlanishning umumiy holati.
Retrospektiv
— o'tmishga murojat etish.
Refleksiv malaka
— pedagogga nisbatan qo'llanadigan nazorat - baholash
faoliyati.
Refleksiya
— takrorlash, aks ettirish, o'z harakatlari va holatlarini tahlil
qilish.
Rivojlanishning ehtimoDik nazariyasi
— shaxs psixikasi rivojlanishining
har bir davrini tasodifiy faktlar yig'indisiga ko'ra belgilashga asoslangan
nazariya bo'lib, u avvalgi rivojlanish davridagi erishilgan sathga nisbatangina
bog'liq bo'ladi.
Rol ijro etish
— qatnashuvchilaming yakka va guruh bo'lib turli rollarda
sahnaga chiqishi, obrazga kirishi.
Ruhiy pedagogik tayyorgarlik
— pedagogikaning metodologik asoslari va
kategoriyalarini, shaxsning ijtimoiylashuvi va taraqqiyoti qonuniyatlarini
hamda ta’lim va tarbiyaning mohiyati, maqsadi va texnologiyalaiini bilish.
Sardor
— guruh a’zolariga lozim bo'lgan vaziyatlarda sezilarli ta’sir o'tkaza
oladigan shu guruhning a’zosi.
Suggestiya
— uqtirish, to'la ishonch hosil qilish.
Suhbat
— kuzatuv chog'ida yetarli darajada aniq bo'lmagan zarur axborotni
olish uchun qo'llanadigan tadqiqot metodi.
Tadqiqot obyekti
— ziddiyat va muammoli vaziyat tug'diruvchi, bilishga
qaratilgan Qmiy tahlilga muhtoj obyekt.
Tadqiqot predmeti
— bevosita o'rganilishi lozim bo'lgan va amaliy yoki
nazariy jihatdan muhim ahamiyat kasb etadigan obyektning mohiyati,
xususiyati.
Tazyiq o'tkazish
Do'stlaringiz bilan baham: |