holda subyektning xususiyatlari va sifatining vaqtga nisbatan o'zgarish jarayoni.
Shaxsiy fazilat — shaxs tomonidan o'zining axloqiy, ruhiy va ishchanlik
qobiliyatining ijtimoiy ahamiyatini, jamiyatdagi o'mini anglay olish
xususiyati.
Etiqod — shaxs amal qiladigan bilim, tamoyil va ideallaming
haqqoniyligiga qalban va asosli ishonch bilan bog'langan, uning atrof-muhitga
hamda o'zining xatti-harakatlariga bo'lgan subyektiv munosabati.
Evristika — ilmiy tadqiqotning mantiqiy usullari va metodik qoidalari
tizimi.
Empirik — tajribaga asoslangan.
Empirik bosqich — tadqiqot obyekti to'g'risida har tomonlama tasawur
hosil qilish, ta’lim amaliyoti, ilmiy bilimlar saviyasi va hodisalar mohiyatiga
erishishga bo'lgan talab o'rtasidagi ziddiyat, ilmiy muammoni nomlash.
Estetik tarbiya — go'zallikni his qilish, atrof-muhitdagi go'zallikni
payqay olish va tushunishga bo'lgan qobiliyatni tarbiyalash.
Ehtiyoj — individning biror narsa-hodisaga muhtojligi va kishining ruhiy
quwati hamda faolligi manbai hisoblanadigan asosiy xususiyati.
Ehtimollik — tasodifiylik, pedagogik hayotdagi o'zgarishlami aniq aytib
berish mumkin bo'lmagan, ehtimol kutilgan jarayon.
O'yin — faoliyatning bir turi bo'lib, ijtimoiy tajribalami o'zlashtirish
va bunyod etishga hamda, o'z xatti-harakatiarini takomillashtirishga qaratilgan
bo'ladi.
O'z-o'zini baholash —shaxsning o'z psixologik sifatlari, xulqi, yutuqlari
va muvaffaqiyatsizliklari, qadr-qimmati hamda, kamchiliklarini baholay
olishi.
O'z-o'zini tarbiyalash — 1) shaxsga xos bo'lgan madaniyatning
shakllanishi va rivojlanishiga qaratilgan izchil va ongli faoliyat; 2) shaxsning
o'z jismoniy, ruhiy va axloqiy sifatlarini tinmay amalga oshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |