Z. N. Adizov Buxoro Neft va gaz sanoati kasb-hunar kolleji direktori


Download 3.26 Mb.
bet34/42
Sana03.10.2023
Hajmi3.26 Mb.
#1691194
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   42
Bog'liq
Усмонов Наз.Улчов

48- rasm. Termokonduktometrik gaz analizatorining prinsipial
o‘lchash ko‘prik sxemasi.

R R2, Ry Л4 — platinadan tayyorlangan sezgir elementlar; Rd, Ru reoxordlar;
STM — stabillashgan ta’minot manbayi.


Gaz analizatorning ko‘prikli oichash sxemasi qabul qiluvchi o‘zgartgich, aloqa tizimlari, ikkilamchi o'lchov asbobi (masalan, millivoltmetr) va ta’minot manbayidan iborat. Ishchi sezgir element liisoblangan qabul qiluvchi o‘zgartgich ko‘prigi yelkalari R
2 va RA mgichka platina simdan tayyorlangan bo‘lib (odatda diametri 0,02— 0,04 mm va qarshiligi 10 yoki 40 Om), tekshirilayotgan gaz aralash- masi oqib o‘tadigan o‘lchash kamerasi ichiga joylashtirilgan. Ko‘prik- ning qolgan ikki yelkasi /?, va R2 ham platina simdan tayyorlangan sezgir element hisoblanib, taqqoslovchi gaz bilan to‘ldirilgan mustahkam berkitilgan kamerada joylashgan. Gaz aralashmasida uglcrod II oksidini aniqlash uchun mo'ljallangan gaz analizatorlarida liavo taqqoslovchi gaz hisoblanadi. Shunday gaz analizatorlar ham horki, ularda ko‘prikning R{ va R3 yelkalari yopiq joylashmay, xuddi ishchi sezgir elementga o‘xshash taqqoslovchi gaz ichiga cho‘ktiriladi.
Zamonaviy gaz analizatorlarining ko‘prikli oichash sxemalarining la’minoti stabillashgan ta’minot manbayi (STM)dan doimiy tok bilan nmalga oshiriladi. Ta’minot zanjiriga ulangan Rd reoxord esa gaz analizatorlar ishlab chiqariladigan zavodda ularning darajalash paytida ko'prikka ta’minot o‘rnatish uchun moijallangan.
Gaz analizatori qabul qiluvchi o‘zgartgichini o‘rab turgan havo lemperaturasi tebranishining ta’sirini kamaytirish uchun yuqori darajadagi aniqlikda sezgir elementlar qarshiliklarining tengligiga (R{ = R2- R3- Ra) erishish zarur. Gaz kameralaridan havo oqib niganda ko‘prik muvozanatda boiishi hamda millivoltmetrning ko'rsatgichi shkalaning boshlangich qiymatiga mos keladigan belgida lurishi zarur. Ko‘prik sxemasining muvozanat holatidan chetga chiqishi sc/.ilishi bilan (to'rtala sezgir element ham havo bilan cho'miltirilgan hoiganda) muvozanat rostlovchi reoxord R0 yordamida qayta tiklanadi. Iln reoxorodning qarshiligi taxminan 0,15 Om ni tashkil qiladi. Aloqa li/imlari qarshiligini berilgan qiymatgacha olib borish uchun Ru qarshilik M/,mat qiladi. Ko'rsatadigan ikkilamchi asbob bilan parallel holatda n'/.iyozar millivoltmetr ham ulanishi mumkin. Bunday holda gaz iinalizatorini darajalash ikkinchi ikkilamchi asbob qarshiligi hamda uloqa tizimlarining belgilangan qarshiliklarini hisobga olgan holda inialga oshirilishi kerak.
Sezgir elementlar R2 va R4 tarkibida CO bo‘lgan tekshirilayotgan \\л/. bilan cho‘miltirilganda (H va CO bo!lmaydi) va R2 va R4 sezgir ■ Irmentlarning kameraning devoriga issiqlik berishi o‘zgaradi, chunki




tekshirilayotgan gazning issiqlik o‘tkazuvchanligi tarkibida CO bo‘lganligi sababli taqqoslovchi gazga nisbatan boshqacha bo‘ladi Buning ta’sirida R
2 va R4 sezgir elementlarning temperaturasi ko‘tariladi, demak ularning qarshiligi ortadi. Bu holatda ko‘prik diagonalining uchlarida sxemaning elektr muvozanatini buzilislu natijasida kuchlanish hosil bo‘ladi va millivoltmetrning ko‘rsatgiclu ma’lum burchakka buriladi. Bu kuchlanish sezgir elementlar R2 v;i R4 ning qarshilik fraksiyasi hisoblanadi, boshqacha aytganda, tekshirilayotgan gaz aralashmasida uglerod ikki oksidining foizlarda ifodalangan hajmiy miqdori fraksiyasidir.
Gaz aralashmalarida uglerod ikki oksidi CO miqdorini aniqlasli uchun mo'ljallangan 47, 48- rasmlarda keltirilgan sxemalar bo‘yicha yig‘ilgan gaz analizatorlarining ruxsat etilgan asosiy xatoliklari o'lchasli oralig‘i 2—2,5 % dan oshmaydi. Bu turdagi gaz analizatorlarining, ko‘rsatishi tashqi muhit temperaturasining har qanday qiymatlarida 20—5°C dan, har qanday 5°C dan 50°C gacha har bir 10°C da 2— 2,5 % orichash oralig'idan oshmaydi.





NAZORAT SAVOLLARI


  1. Analizatorlar nima maqsadda qo'llaniladi?

  2. Qanday sanoat analizatorlari mavjud?

  3. Gazlarning tarkibini aniqlovchi analizatorlarning qanday turlari mavjud?

  4. Optik-akustik analizatorning ishlash usuli nimaga asoslangan?

  5. Termokonduktrometrik gaz analizatorining ishlash usuli nimaga asoslangan?


II ВО‘ЫМ




X- bob. 0‘LCHASH 0‘ZGARTGICHLARI

  1. UMUMIY MA’LUMOTLAR, XARAKTERISTIKALAR VA TASNIFLAR

0‘lchash o‘zgartgichi yoki datchik deb o‘lchanadigan kattalikni <|abul qilish va uni avtomatik qurilmaning keyingi elementlariga uzatish uchun qulay signalga aylantirishga mo‘ljallangan har qanday avtomatik rostlash sistemasining asosiy elementiga aytiladi.
0‘lchash o‘zgartgichlari mexanik va elektr signaliga ega boiishlari mumkin. Mexanik chiqish signalli o‘lchash o‘zgartgichlarida o‘lcha- nadigan kattalik mexanik signalga, elektr chiqish signalli o‘lchash o'zgartgichlarida esa elektr signalning biror turiga aylantiriladi. Elektr chiqish signalli o‘lchash o'zgartgichlarining mexanik chiqish signalli o'zgartgichlarga nisbatan afzalligi ularning distansion oichanishi, chiqish signalini oson kuchaytirish mumkinligi, chiqish signalini rostlash va boshqarish uchun ishlatilishi hamda kichik xatolikka ega ckanligi bilan xarakterlanadi.
Avtomatik rostlash sistemasida ishlatiladigan elektr chiqish signalli o'lchash o‘zgartgichlari parametrik va generatorli turlariga bo‘linadi.
Har qanday fizik tabiatga ega bo‘lgan o‘lchanadigan kattalikni elektr zanjirning biror bir parametriga (rezistor qarshiligi R, sig‘im C, induktivlik L) aylantiradigan o‘zgartgichlarga parametrik o'zgart- gichlar deyiladi. Bu elementlar asosan har xil o‘lchash sxemalari (masalan, ko‘priklar, potensiometrlar, logometrlar)ga ulanib, chiqi- diida o‘lchanadigan kattalikka bog‘liq kuchlanish o‘zgaradi. Para­metrik o‘zgartgichlar uchun kuchlanish manbayi ishlatish talab i|ilinadi.
Generatorli o‘zgartgichlar deb o‘lchanadigan kattalikni bevosita elektr yurituvchi kuchga aylantiradigan o‘lchsh o‘zgartgichlariga aytiladi. Bu guruh o‘zgartgichlar uchun kuchlanish manbayini ishlatish lalab qilinmaydi. Quyidagi generatorli o‘zgartgichlar keng tarqalgan:

  1. o'lchanadigan noelektr kattalikni aktiv qarshilikka aylantiri- ladigan reostatli o‘zgartgichlar;

  2. temperaturaning o'zgarishi o‘tkazgich va yarim o‘tkazgich- larning qarshiligiga aylantiriladigan termoqarshilikli o‘zgartgichlar;

107




  1. tenzometrik o‘zgartgichlar, ularning ishlashi o‘tkazgich va yarim o‘tkazgichlarning mexanik deformatsiya ta’sirida qarshiliginiii)’ o‘zgarishiga asoslangan;

  2. elektromagnit g‘altak induktiv qarshiligining po‘lat yakoi harakati natijasida o‘zgaradigan induktiv o‘zgartgichlar;

  3. sig‘imli o‘zgartgichlar. Ularning ishi kondensatorning sig‘imi plastinkalar harakati natijasida o‘zgarishiga asoslangan;

  4. fotoelektrik o‘zgartgichlar (fotorezistorlar), ularda o‘zgartgicli ning ishchi yuzasiga tushayotgan yorug‘lik oqimi asbobning elckti o‘tkazuvchanligini o‘zgartiradi.

Generatorli o‘zgartgichlarga quyidagilar kiradi:

  1. termoelektrik o'zgartgichlar. Ularning ishlashi termopara zanji rida o‘lchanadigan kattalik o'zgarishi bilan hosil bo‘ladigan termoelektrik effekt hodisasiga asoslangan;

  2. chiziqli va burchakli harakatlar induksiyalangan elektr yurituv chi kuchga aylantiriladigan induksion o‘zgartgichlar;

d) pezoelektrik o‘zgartgichlar. Kristallarda (kvars) mexanik bosim ta’sirida qutblashish hodisasi ishlatilib, elektr yurituvchi kuch hosil qilinadi.
0‘lchash o‘zgartgichlari quyidagi asosiy xarakteristikalar bilan xarakterlanadi: sezgirlik, xatolik, inersiya, sezgirlik chegarasi, inersionlik.
0‘lchash o‘zgartgichlarining chiqish kattaligi bilan kirish kattaligi o‘rtasidagi bog‘lanishga statik xarakteristika
deb ataladi:

Download 3.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling