“aqliy ortopediya” tushunchasi kiritilgan edi. Jismoniy ortopediya
umurtqa pog‘onasidagi nuqsonlami to‘g‘rilaganday, A.Binlning
fikricha, mental-aqliy ortopediya diqqat, xotira, idrok, aqliy
qobiliyatlar, irodani to‘g‘rilash, rivojlantirish va mustahkamlashi
kerakedi.
Kognitiv ta iim muammolari boshqa mashhur psixologlar
J.Piaje, L.S.Vigotskiy, J.Braner kabilaming ham diqqatini tortgan.
J.Piaje psixologiyaga “kognitiv stmktura” haqidagi g‘oyani olib kirdi.
Uning fikricha, kognitiv strakturalar insonning nimani qila olishi
va nimaga qodir boimasligini belgilab beradi. Mazkur strakturalar
ongsizlikka tegishli boiib, ular tafakkurga muayyan yo‘nalish
beradilar. Masalan, odam biror muammo yoki narsa haqida qanday
fikrda ekanligini yaxshi bilishi mumkin. Ammo nega aynan shunday
fikrda ekanligini anglamaydi. Aynan ongsiz kognitiv strakturalar
fikrining muayyan yo‘nalishda bo‘lishini belgilab beradi.
L.S.Vigotskiyning izlanishlarida intellektual va affektiv
jarayonlaming o ‘zaro munosabatiga katta e’tibor berildi. Olimning
fikricha, eng katta xato intellektual soha bilan affektiv sohani bir-
biridan mustaqil hodisalar sifatida talqin etishdir. Affektiv soha bilan
munosabatsiz tafakkur fikrlovchi insonning hayotiy qiziqishlari,
intilishlari, mayllaridan ajralib qolgan avtonom oqimga aylanib qoladi.
Natijada tafakkur inson hayotidagi hech narsani o ‘zgartira
olmaydigan keraksiz narsaga aylanadi. L.S.Vigotskiyning quyidagi
fikri uning bu boradagi asosiy g‘oyasini aks ettiradi: “Kimki awal
boshidanoq tafakkumi affektdan ayirsa, u tafakkuming o ‘rganish
yo‘lini o ‘zi uchun to‘sib qo‘ygan bo‘ladi”.
Do'stlaringiz bilan baham: |