mo‘ljallashdagi xatoliklar bilan bog‘liq chalkashliklar sodir bo‘ladi.
Hafta kunlarini tartibsiz tarzda o‘zlashtiradilar. Bog‘chaga boruvchi
katta yoshdagilar “Hafta kunlaridan qaysi birlarini bilasan?” degan
savolga ko‘pincha shanba, yakshanba va dushanbani — emotsional
boy, ular uchun alohida ahamiyatga ega bo‘lgan kunlami ataydilar
(shanba va yakshanbani — oila a’zolari bilan biiga o‘tkazadilar; dushanba
— yana do‘stlari, tarbiyachi, tabiat burchagidagi hayvonlar bilan
uchrashuv kutayotgan bog‘chaga boradilar).
Hozirgi zamon haqidagi tushunchalar erta shakllana boshlaydi,
o‘tgan zamon haqidagi tushunchalari esa hali aniq emas (ayniqsa
kichik bog‘cha yoshdagilarda).
Biroz kechroq bolalar maqsadi hayot uchun katta ahamiyatga
ega bo‘lgan kelgusi zamonni o‘zlashtirishni boshlaydilar. Ertangi kunga
nazar tashlash, rejalami tuzish “ertangi kun”ni, kelajakni anglamay
turib bo‘lishi mumkin emas.
Kelgusi zamon haqidagi elementar tushunchalaming shakllanishi
hayotning uchinchi yiliga, ya’ni “qilaman”, keyinchalik esa yanada
aniqroq bo‘lgan “keyin”, “ertaga”, “sal turib” kabi szlaming
paydo bo‘lish davriga to‘g‘ri keladi.
Psixologlar boladagi vaqt va fazoni idrok qilishdagi umumiylikni
e’tirof qiladilar. Maxsus tadqiqotlar tushunchalardagi umumiylik
bolaning dunyoni yagona vaqtli-fazoviy kompleksda aks ettira olish
qobiliyatiga ega ekanligidandir, degan fikiga asos bo‘la oladi.
Rus psixologlari badiiy idrokning rivojlanishini shaxs
rivojlanishining natijasi sifatida ko‘rishadi. U insonga tug‘ma ravishda
berilmaydi. Bola san’at asarini aynan shu tarzda darhol idrok qila
olmaydi; rivojlanishning dastlabki pog‘onalarida bola uchun unga
Do'stlaringiz bilan baham: |