nisbatan harakatli, utilitar munosabat xos (rasmdagi tasvimi bolalar
ushlab, paypaslab ko‘radilar, uni ushlab ko‘radilar va h.). Biroq
badiiy idrokning ilk kurtaklari bog‘cha yosh davrida namoyon bo‘la
boshlaydi. Ta’lim va taibiya insonga xos bo‘lgan ushbu qobiliyatlaming
rivojlanishida hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Frantsuz psixologi A.Bine va nemis psixologi V.Shtem bolalar
tomonidan rasmlami idrok qilishning go‘yoki bir-birini to‘ldiruvchi
va mazkur tartibdagina sodir bo‘luvchi bosqichlarini ishlab chiqadilar.
A.Bine idrokning quyidagi bosqichlarini ajratadi: 1) predmetlami
tarqoq tarzda hisoblash (3 yoshdan 7 yoshgacha); 2) rasmdagi
predmetlar orasidagi aloqani ilg‘agan tarzda tahliliy idrok qilish
bosqichi (o‘smirlik davridan). Shunga o‘xshash bosqichlami V.Shtem
ham ko‘rsatgan.
L.S.Vigotskiy eksperimental yo‘l bilan V.Shtem tomonidan ilgari
surilgan idrok bocqichlari idrok qilishni emas, balki idrok hamda
nutq rivojlanishining ma’lum bir bosqichidagi o‘zaro munosabatni
izohlaydi, degan fikrni bildiradi. Badiiy idrokda — tasvirning
mazmunini tushunishda asarning kompozitsiyasi, rasmning
mazmuniy va strukturaviy mohiyatining muvofiq kelish darajasi katta
ahamiyatga ega.
Estetik idrok bolaning turli xil badiiy hamda kundalik faoliyati
davomida rivojlanadi. Kattalar tomonidan to‘g‘ri yo’naltirilishi bog‘cha
yosh davridayoq estetik idrokning ancha yuqori darajaga ko‘tarilishiga
olib keladi.
Insonning inson tomonidan idrok qilinishi kabi murakkab psixik
jarayon idrok qiluvchining o‘z rivojlanishi bilan barobar uning muloqot
ehtiyojining o‘zgarishi, bilish hamda mehnat natijasida shakllanadi.
Hayotining birinchi oyi oxiri, ikkinchi oyining boshida dastlab
Do'stlaringiz bilan baham: |