o‘zgartirish hamda o‘zlashtirishga xizmat qiladi.
Amaliy va nazariy psixologiyaning farqini belgilash ayni paytda
printsipial muhim ahamiyatga egadir. A.I.Dontsov, Yu.M.Jukov,
L.A.Petrovskayalaming ta’kidlashicha, o‘rtadagi farq maqsadlarda,
kontseptual apparatda, psixolog shaxsining o‘mida, metodologik
masalalarga boigan munosabatda ifodalanadi.
Akademik psixologiya psixikaning shakllanishi, rivojlanishi va
faoliyat ko‘rsatishi qonuniyatlari haqidagi bilimlami ko‘paytirishga
xizmat qiladi. Amaliy psixologiyaning bosh maqsadi esa konkret
ijtimoiy sub’ektlarning muammolarini hal etishdan iboratdir.
Maqsaddagi farq tufayli amaliy va nazariy psixologiyaning kontseptual
apparatida ham ma’lum farqlar yuzaga keladi. Akademik fanning
kontseptual apparati turli psixologik fenomenlarni tasvirlash,
tushuntirish va bashorat qilishga moijallangan. Amaliy psixologiyaning
kontseptual apparati mijoz (buyurtmachi) muammolarini tushunish
va u bilan muloqot qilish uchun kerakdir. Nazariy psixologiyadan
farqli ravishda amaliy psixologiya o‘zini muayyan bir metodologik
yondashuv bilan chegaralab olm aydi, mutaxassis m ijoz
muammolarining kompleks xarakterga egaligi tufayli turli ilmiy
y o ‘nalishlarning usullaridan foydalanishga majbur b o ia d i.
Shuningdek, nazariy psixologiyada tadqiqotchi shaxsi va tadqiqot
metodini bir-biridan keskin ajratishga harakat qilinsa, amaliy
psixologiyada psixolog shaxsi metodning ajralmas qismiga aylanib
ketadi. Nazariy va amaliy psixologiya o‘rtasida muayyan farqlar
mavjudligiga qaramay ular o‘rtasida yaqin aloqadorlik mavjud.
Amaliyotchi psixolog o ‘z faoliyati va uning natijalarini tahlil qilib
Do'stlaringiz bilan baham: |