o‘tishni har qaysi pedagog individual tanlaydi. Dars o‘tish uslubida
pedagogning o ‘z ishiga va talabalarga bo‘lgan munosabati aks etadi.
Hozirgi kunda psixologiyada boshqarish, shu jumladan, dars
jarayonini tashkil etish va boshqarishning uch uslubi ajratiladi. Quyida
ushbu uch uslub va ularga xos xususiyatlar keltiriladi:
1.Avtoritar uslub: mashg‘ulotlaming maqsadi talabalarga har
doim ham tushunarli bo‘lavermaydi; o‘qituvchi ozchilik talabalaming
ism-familiyasini biladi; o‘qituvchi ko‘proq “kuchli talabalar” bilan
muloqotga kirishadi; o‘qituvchi talabalaming bahosini pasaytirishga
moyil bo‘ladi; o‘qituvchi uning faoliyatiga berilgan bahoni jahli chiqib
qabul qiladi.
2. Demokratik uslub: mashg‘ulotlaming maqsadi talabalaiga doim
tushunarli bo‘ladi: o‘qituvchi ko‘pchilik talabalaming ism-familiyasini
biladi; o ‘qituvchi talabalar bilan muloqotga tanlovchan emas;
o‘qituvchi talabalaming bilimini faoliyatini baholashda ob’ektiv
yondashadi; o ‘qituvchi uning faoliyatiga berilgan bahoni
qiziquvchanlik bilan qabul qiladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
3.
Liberal uslub: mashg‘ulotlaming maqsadi talabalarga ko‘pincha
tushunarli bo‘lmaydi; o ‘qituvchi talabalarni odatda umuman
bilmaydi; o‘qituvchi “kuchli talabalar” bilan yumshoq,, “kuchsiz
talabalar” bilan qattiq muomalada bo‘ladi; o ‘qituvchi “kuchli
talabalar” bahosini oshirishga, “kuchsiz talabalar” bahosini pasaytirib
yurishga moyil bo‘ladi; o‘qituvchi uning faoliyatiga berilgan bahoga
befarq bo‘ladi.
Har bir uslub o‘zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega. Masalan,
demokratik uslubda dars o‘tilganda, talabalaming o‘z faoliyatidan
Do'stlaringiz bilan baham: |