Z nishonova, D. Qarshiyeva


Laboratoriya eksperimentini


Download 2.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/33
Sana16.09.2023
Hajmi2.53 Mb.
#1679768
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   33
Bog'liq
Ekspirimental psixologiya 2007 КУЛЛАНМА

Laboratoriya eksperimentini maxsus jihozlangan laboratorlya- 
larda, tabiiysi esa, oddiy tabiiy sharoitlarda o‘tkaziladi. Lekin d a r­
ning farqi faqatgina o ‘tkazishda emas, balki laboratoriya eksperi- 
mentining eng asosiy qiyinchiligi u yoki bu nuqsormi yo‘qotishga 
qaratilgan boiadi. Har qanday laboratoriya eksperimenti sun’iydir, 
chunki unda ishtirokchilaming faoliyati tadqiqotchi yaratgan muhit 
yoki sharoitda kechadi. Bu yerda hech qanday zamonaviy takomil- 
lashgan eksperimental laboratoriya ham jiddiy ahamiyatga ega 
bo‘lmay qoladi. Inson doimo biladiki, bu eksperiment, ya’ni haqiqiy 
ish emas va har qaysi sharoit yoki vaqtda ishtirokchining talabiga 
ko‘ra to ‘xtatilishi shart va mumkin. Bu vaqtda tadqiqotchi muhim 
bo igan bogianishlar, qonuniyatlarni aniqlashga qiynalib qoladi. 
Eksperiment doimo ma’lum darajada mavhumdir, chunki tadqiq 
qilinayotgan jarayon qat’iy sun’iylashgan sharoitlar tizimida ro‘y 
beradi. Laboratoriya sharoitida xulosa va tavsiyalami real amaliyotga 
ko‘chirish qiyinligi bundan ko‘rinib turibdi.
Ushbu metodologik muammoni hal qilishda B.M.Teplov bosh- 
chiligidagi differensial psixofiziologiya maktabi o‘z hissasini qo‘sh- 
di. Ular eksperiment usuli bilan olingan natijalami boshqa meto- 
dikalar yordamida tekshirib ko‘rish kerakligini ta’kidlashdi, ya’ni,
35


buni hal qilishda alohida analiz apparati (faktorli yoki dispersiyali 
analiz) zarur bo'ladi.
So‘ngra «hayotiy ko'rsatkichlar» tizimini ishlab chiqish muhim- 
ligi masalasi qo‘yiladi, ya’ni, tekshiruvchining psixologik xususiyati 
eksperimentda va real faoliyatida qandayligining ilmiy taiqini beri- 
lishi kerak. Hayotiy ko‘rsatkichlami jamlangan holda qiyoslab 
ko‘rish kerak. Shuningdek, bu jarayonlarning ichki tomonlarini ham 
bilish kerak, chunki uning natijaviy ifodasi bizga oz ma’lumot 
beradi. Insonning xulqi uning asab sistemasining ko‘pgina xusu- 
siyatlariga bog‘liqdir, ya’ni hayotiy ko‘rsatkichlar bir xil emas
doimiy ham emas, qolaversa, normal sharoitlarda ular faqatgina asab 
sistemasining mahsuli emas, balki hayotiy sharoitlarga qaratilgandir
chunki ularning ta’sirida qaror topgan bo‘ladi.
Tabiiy eksperiment esa qayd etilgan kamchilikni bartaraf etishga 
yordam beradi, chunki u laboratoriya eksperimenti va kuzatish 
metodi orasida «joylashgandir».
Laboratoriya - tabiiy - kuzatish.

Download 2.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling