Z nishonova, D. Qarshiyeva


Download 2.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/33
Sana16.09.2023
Hajmi2.53 Mb.
#1679768
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   33
Bog'liq
Ekspirimental psixologiya 2007 КУЛЛАНМА

xarakteridagi tadqiqotni kiritish mumkin. Uning mazmuni aynan 
olim tomonidan tanlab olingan metod yordamida aw al hech kim 
muammoni yechishga harakat qilmaganligini anglatadi. Ushbu 
yo‘nalishdagi ilmiy ishlar prinsipial jihatdan kam o‘rganilgan 
sohalarda yangi natijalarni qo‘lga kiritish imkonini yaratadi.
Tadqiqotning ikkinchi turi - tanqidiy tadqiqotlardir. Bunday 
tadqiqot mavjud nazariya, model, faraz, qonunning noto‘g‘ri 
ekanligini isbotlash yoki ikkita muqobil farazdan qay biri voqelikni 
aniqroq bayon qilishini tekshirish maqsadida olib boriladi. Tanqidiy 
tadqiqotlar boy nazariy va empirik bilimlar to ‘plangan hamda 
eksperiment o'tkazish uchun sinalgan metodikalar mavjud bo‘lgan 
sohalarda olib boriladi.
Nihoyat, tadqiqotning yana bir turi - qayta o‘tkaziIadigan 
tadqiqotdir. Uning maqsadi aw al o‘tkazilgan eksperimentlardan 
olingan natijalarning ishonchliligi va obyektivligini tekshirish uchun 
aynan takrorlash hisoblanadi. Har qanday tadqiqot natijalari boshqa 
ilmiy xodim tomonidan olib borilgan xuddi shunday eksperiment 
davomida takrorlanishi lozim. Eksperimentning metod va anig 
metodikasi intersubyektiv boiishi, ya’ni tadqiqot jarayonida olib 
boriladigan harakatlar har qanday malakali tadqiqotchi tomonidan 
qayta oikazilishi kerak.
Tabiiy-ilmiy tadqiqotlar nazariyasi bir qator taxminlarga 
tayanadi. Birinchidan, vaqt oikinchi va u kelajakka yo‘nalgan, 
voqealami orqaga qaytarib boim aydi. Oqibat sababdan oldin sodir 
boiishi mumkin emas. Ikkinchidan, fikrimizcha, voqealar yuz 
beradigan fazo izotron hisoblanadi, ya’ni fazoning muayyan sohasida 
yuz beradigan jarayon har qanday sohada ham boiishi mumkin. Va 
nihoyat, dunyodagi voqea-hodisalar bizning ular haqidagi bilim- 
larimizdan qat’iy nazar ro‘y beradi. Dunyo real va obyektiv tadqi­
qotchi tomonidan q o ig a kiritilgein ilmiy natija ideal holda vaqtga
55


bog‘liq bo'lmasligi zarur, ya’ni qonuniyat, holat, qonun vaqtga 
nisbatan invariantdir. Insonning yorugiik signaliga ko‘rsatadigan 
oddiy sensomotor reaksiyalari erta, indin va ma’lum yildan key in 
ham eksperimental jihatdan qabul qilingan bugungi kun chegaralari 
oralig‘ida b o iishi lozim. Tadqiqotchi u tomonidan kashf etilgan 
qonuniyat Londonda yoki Moskvada (tadqiq qilinayotgan obyektning 
xususiyatlarini hisobga olgan holda) yashovchi insonning psixik 
jarayonlari (masalan, fikriash) uchun adolatli ekanligiga ishonishi 
kerak. Har qanday holatda vazifani amalga oshirish bosqichlari 
ketma-ketligi vazifasini qo‘yish, sharoitlar tahlili, farazni ilgari 
surish, funksional va aniq qaror qabul qilish, uni tekshirish va 
isbotlashlar bir xilda boiishi zarur. 0 ‘z tadqiqotlarida vazifani hal 
qilish bosqichlarining muayyan izchilligini qoilovchi Rossiyalik 
psixolog, xuddi shunday metodika bo‘yicha ishlagan Britaniyalik 
hamkasbi q o ig a kiritgan natijalarni olishi lozim.
Ilmiy bilish intersubyektiv, ya’ni ilmiy natija tadqiqotchi shaxsi, 
uning motivlari, niyatlari, oldindan his qilishiga bo giiq boim asligi 
kerak, Ilmiy bilim obyektiv manbaga ega.
Mashhur metodolog M.Bunge tadqiqot natijalari metodga b o g iiq
fanlami, natija va obyekt bilan 0‘tkaziladigan harakatlar turlicha 
bo‘lgan fanlami farqlaydi. Psixologiya ikkinchi turdagi fanlar 
qatoriga kiradi. Shu tufayli ilmiy nashrlarda ma’lumotlar qaysi 
metod yordamida qo‘lga kiritilganligini yoritish juda muhim.
Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan talablar ideal tadqiqot va uning ideal 
natijalariga taalluqlidir. Haqiqatda esa turli davrlar bir-biriga o ‘xsha- 
maydi, dunyo, voqelik rivojlanib boradi hamda turli davrlarda turli 
0‘zgarishlarga duch keladi. Aynan o‘xshash obyektlar ham mavjud 
emas. Har bir inson o‘ziga xos xususiyat, taqdirga ega. Hattoki, 
egizaklar ham bir vaqtda tug‘ilmaydi. Bu fikrlar tadqiqotchilarga 
ham tegishli. Shuning uchun ham eksperimentni boshqa sharoitlarda 
aynan to iiq qayta o‘tkazish mumkin emas. Eksperimentatorning 
shaxsiy xislatlari tadqiqotning borishiga, uning sinaluvchilarga 
munosabatiga, qayd qilishning aniqligiga hamda natijalarni tavsiflash 
xususiyatlariga ta’sir etadi.
Real (haqiqiy) tadqiqot ideal tadqiqotga to‘liq mos kelmaydi. 
Psixolog faoliyati jarayonida muqarrar tarzda bo‘ladigan ideal 
tadqiqotdan og‘ishlar biz yashaydigan dunyoning xususiyatlaridan
56


kelib chiqadi. Ilmiy metod ideal yaqin natija berishi zarurligi esa 
masalaning boshqa tomonidir.
Ideal tadqiqotning real tadqiqotdan og‘ish ta’sirini kamaytirish 
uchun eksperimentni rejalashtirish va olingan natijalarni qayta ishlash- 
ning alohida metodlarini qoMlash zarur. «Real tadqiqot» jarayonida 
olim sun’iy ravishda voqelikning ma’lum qismini ajratib oladi, unga 
diqqatini qaratadi, uni mavhumlashtiradi. Tadqiqot predmeti sifatida 
qabul qilinadigan voqelikning bu bir qismi eksperimentator tomo­
nidan «nazorat qilinadi». Hundan tashqari, tadqiqot yoki kuzatuv olib 
boriladigan sharoitlar, eksperimental taassurot, sinaluvchilarni tan- 
lash natijalari, ya’ni sinaluvchilarning xulq-atvori va kuzatilayotgan 
xulq-atvor ko‘rsatkichlarini qayd etishga ta’sir etuvchi omillardir. 
Shu tufayli voqelikda sodir bo‘ladigan jarayon va holatlami tadqiqot 
davomida biz kuzatadigan holatlardan farqlash lozim. Qayd etilgan 
fikrlarimizni 1.2-rasmda tasvirlangan sodda chizma yordamida 
umumlashtirish mumkin.
Tatqiq qilinayotgan 
voqelik
Real
tatqiqod

Download 2.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling