Z. X. A L im o V a transport vositalarida
Dvigatellarda smola va qurum hosil bo‘lishi
Download 3.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Transport vositasida ishlat.ekspl.materiallar Z.X.Alimova 2011
2.5. Dvigatellarda smola va qurum hosil bo‘lishi
Benzin va dizel yonilg‘isi tarkibida deyarli har doim erigan xolda smolali va smola hosil qiluvchi birikmalar bo‘ladi. Yonilg'i tarkibidagi smola yonilg‘i baklariga va tmbalar devorlariga o'tiradi, karbyuratorli dvigatellaming jiklyorlarini berkitib qo'yadi. Smolali birikmalar karbyuratorli dvigatellar chiqarish kollektorlarining issiq devorlarida, dizel forsunkalarining soplolarida, klapanlarida va porshenlar tubida, yonish kamerasida, porshen ariqchalarida va boshqa joylarda ham to‘planadi. Ulaming kuyishi natijasida hoil bo‘lgan qurumlar ko‘p to'planganda dvigatelning yeyilishi ortadi, yonilg‘ining yonish protsessi yomonlashadi, sarfi ortadi, ba’zida dvigatel butunlay ishdash chiqadi. Smola hosil qiluvchi moddalar jumlasiga, to ‘yinmagan uglevodorodlar ham kiradi. Chunki ular ham vaqt o‘tishi bilan, yuqori harorat, havodagi kislorod va boshqa omillar ta’siri ostida smolalarga aylanadi (ular ko‘pincha potensial smolalar deb ataladi). Standartlarda haqiqiy smolalaming miqdori me’yorlanadi. Ulaming yonilg‘i tarkibidagi miqdorini aniqlash uchun, ma’lum miqdordagi yonilg‘i issiq havo bilan yuqori haroratda (benzin 150°C, dizel yonilg‘isini 250°C da) qizdiriladi, natijada yonilg‘i bug'lanib haqiqiy smolalar qoladi. Ulaming miqdori yonilg'i tarkibidagi smo- lalar miqdorini bildiradi. U 100 ml yonilg‘i hisobiga milligrammda oUchaxiadi. 2.9-rasm PorshenJar tubida smola va qurum hosil bo‘lishi. Benzinning turli markalari uchun bu miqdor 7-15 m g/100 ml, dizel yoilg‘isi uchun 30-50 mg/100 ml ga teng. Benzinning smolali moddalar to‘planishiga moyilligi(barqarorligi) induksion davr bilan baholanadi. Bu davr benzinning tashish, saqlash va undan foydalanish sharoitlari to‘g‘ri bo'lganda o‘z tarkibini o‘zgartirmasdan saqlash xususiyatini belgilaydi. 2.10 -rasm. Benzinning induksion davrini aniqlash asbobi: 1-k islo ro d b e rish tru b a si, 2-benzin so lin g a n sta ka n , 3- su v, 4- e le k trli isitg ic h , 5-m onom etr Bu ko‘rsatgich laboratoriya qurilmasida benzinni sun’iy ra- vishda oksidlab aniqlanadi (0.7MPa yoki 7kg/sm 2 bosimda, quruq va toza kislorod atmosferasida, 100°C haroratda). Induksion davr benzin oksidlana boshlangan vaqtdan kislo-rodni aktiv yuta boshlaguncha o‘tgan vaqtdir. Bu vaqt minutda o‘l-chanadi. Turli markadagi benzinlar uchun bu qiymat 600-900 mi-nutga, sifat belgisi berilgan benzinlar uchun 1200 minutga teng. Hozirgi zamon benzin markalari uchun induksion davr kamida 900 minutga teng. Tekshirishlar bunday benzinnig 1-1.5 yil mobaynida saqlash mumkinligini, bunda sifati sezilarli darajada o‘zgarmasligini ko‘rsatadi. Karbyuratorli dvigatellarda smolali o‘tirindilar ko‘pincha benzin tindirgichlarda, karbyurator detallarida to‘planadi. Yonuvchi aralashma hosil bo‘lish jarayonida smolali birikmalar bug‘lana ol- may, so‘rish trubalari va klapanlarga o‘tiradi. Natijada klapan berkilmasdan, ochilib qoladi. Dizellarda forsunka soplolarda lak va qurumlar to‘planmasligi kerak, aks xolda beriladigan yonilg'i normal to‘zimaydi, demak, yaxshi yonmaydi. Download 3.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling