Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti xorijiy tillar fakulteti


Bibliyadan o`zlashgan frazeologik birikmalar


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/79
Sana09.01.2022
Hajmi0.63 Mb.
#263521
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   79
Bog'liq
frazeologik birikmalarning paydo bolish yollari va ularning ozbek tilidagi muqobillarini tadqiq etish usullari (1)

Bibliyadan o`zlashgan frazeologik birikmalar 


 

 

 



58 

 

 



 

Bibliya frazeologik birikmalarning muhim adabiy manbasi hisoblanadi. 

Bibliyaning ingliz tilidagi tarjimalarida ko`rsatilgan frazeologik birikmalarning ingliz tili 

frazeologiyasining boyishiga ulkan ta`siri haqida ko`plab gapirilgan hamda yozilgan. Bibliya yuz 

yillar  davomida  Angliyadagi  kitoblar  ichida  eng  ko`p  o`qilgan  va  sitatalar  olingan  manbaa 

hisoblanadi.  Undagi  nafaqat  alohida  olingan  so`zlar,  balki  idiomatik  iboralar  ham  Bibliya 

sahifalaridagi ma`nosi bilan ingliz tiliga kirib kelgan. Odatda bunday iboralar qadimgi yevrey va 

yunon  iboralaridan  so`zma-so`z  tarjima  qilish  orqali  olingan.  Ingliz  tilidagi  Bibliyadan  olingan 

o`zlashtirma va iboralarning soni shunchalik ulkanki,  ularni  to`plash va sanash nihoyatda  qiyin 

vazifa hisoblanadi. 

Bibliyadan olingan frazeologik birikmalar to`la o`zlashtirilgsn iboralar hisoblanadi. 

So`zlashuvda  keng  yoyilgan  biblizmlardan  bir  qanchasini  misol  tariqasida  keltiramiz. 

Bunday iboralardan ba`zi biblizm evivalentlari boshqa roman-german tillarida ham ishlatiladi. 

At the eleventh hour – so`nggi daqiqada, eng so`nggi damda. 

Beat swords into plough-shares – qilichlarni bolg`alab, omoch yasamoq, tinch mehnatga 

o`tmoq, tinch kunlarga yetib kelmoq. 



The breath of the nostrils – hayotiy zarurat, suv va havodek zarur. 

Can  the  leopard  change  his  spots?  –  nahot  leopard  o`z  terisini  boshqasiga  almashtira 

olsa? = bukrini go`r tuzatadi. 



Cast one`s bread upon the waters – suvga non uloqtirmoq; oqibatini o`ylamay biror ish 

qilmoq. 


Cast pearls before swine – eshakning qulg`iga tanbur chalmoq. 

Filthy lucre – oltin, kumush pullar; pul. 

Grind  the  faces  of  the  poor  –  kambag`allarni  shavqatsizlarcha  qiynamoq,  kambag`allar 

mehnatidan ayovsiz foydalanmoq. 



Heap coals  of  fire on somebody`s head  –  uyaltirmoq,  yomonlikka  yaxshilik  bilan javob 

qaytarmoq. 



In the twinkling of an eye – ko`z ochib yumguncha. 

The mammon of unrighteousness – pul, boylik. 

New wine in old bottles – (s.s.) eski humlardagi yangi vino; orzu-havasi yo`q. 

The olive branch – zaytun shoxi; tinchlik va osudalik timsoli. 

The root of evil – yovuzlikning ildizi; mol-dunyoga muhabbat. 

A thorn in the flesh of somebody – doim kimningdir g`azabini keltirmoq; xira pashsha. 

A  whited  spulchre  –  (s.s.)  asir  olingan  tobut;  tashi  yaltiroq,  ichi  qaltiroq;  tashqi 

ko`rinishida inson g`azabini qo`zg`atuvchi biror narsani yashirib turgan odam. 



Ask for bread and be given a stone – mehr berib minnat topmoq. 


 

 

 



59 

 

 



 

Bone of the bone and flesh of the flesh – pushti kamaridan bo`lgan farzand. 

The  dog  returns  to  his  vomit  –  jinoyatchi  jinoyat  joyiga  qaytadi;  ot  aylanib  qozig`ini 

topadi. 


Rule with a rod of iron – qattiqqo`llik bilan boshqarmoq. 

Sell  one`s  bright  right  for  a  mess  of  pottage  –  o`zining  birinchi  kashfiyotini  arzimagan 

pulga sotib yubormoq. 



Separate  the  sheep  from  the  goats  –  echkilardan  qo`ylarni  ajratmoq;  muhim  ishlarni 

saralab olmoq. 



Set somebody`s teeth on an edge = joniga tegmoq, bezor qilmoq. 

Shake  the  dust  from  one`s  feet  yoki  shake  the  dust  off  one`s  feet  –  uzil-kesil  ajralmoq, 

aloqani uzmoq, voz kechmoq, etagini qoqmoq, qo`lini yuvib, qo`ltiqqa artmoq. 

Ba`zi  frazeologik  birikmalar  ibodat,  duo  mtnlari  yozilgan  The  Book  of  Common 

Prayerdan olingan: 

For better, for worse – qayg`uli va quvonchli kunlarda ham, nima bo`lganda ham. Nikoh 

marosimida cherkov xizmatkorlarining kelin-kuyovga beradigan savolning bir qismi.  



From the bottom of the heart – chin qalbdan, chin yurakdan, samimiy. 

Lay violent hands on oneself – o`z joniga qasd qilmoq, o`zini o`zi o`ldirmoq. 

Like a giant refreshed – yangi kuch bilan. 

The world, the flesh and the devil – rohat-farog`atga intilish; xirs. 

A sealed book iborasi ham aynan shu kitobdan o`zlashtirilgan. 

A sealed book – oilaviy nashr uchun kitob. 1622-yilda The ook of Common Prayer kitobi 

davlat  bosmaxonalariga  rasmiy  nashr  uchun  berilgan.  Bu  kitobni  faqatgina  bosh  cherkovlarda 

saqlash buyurilgan. 


Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling