Zamon shakllari


Download 0.61 Mb.
bet4/33
Sana18.06.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1597692
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
rules for all tenses (pdf.io)

- ie ga tugaydigan fe’llarga ing qo’shilganda ie harflari y harfiga almashtiriladi.




Dance-dancing

Run-running, get-getting, drop-dropping

Travel-travelling

Lie-lying, tie-tying, die-dying

Lekin: see-seeing

Lekin: open-opening










Ishlatilishi


4

1. Gapirayotgan paytda sodir bo’layotgan yoki vaqtinchalik ish-harakatlarga nisbatan. Bunda ish-harakat aynan hozir bo’layotgan bo’lishi shart emas, balki shu kunlarda, shu paytlarda sodir bo’layotgan bo’ladi.


Helen is working hard these days. Right now she’s reading a newspaper. Helen shu kunlarda qattiq ishlayapti. Ayni damda u gazeta o’qiyapti. (gapirayotgan paytimizda u ishlamayapti)

2. Haddan tashqari tez-tez sodir bo’layotgan ish-harakatlarga nisbatan jaxl, achchiqlanish yoki shikoyatni ifodalashda always har doim so’zi bilan.

You’re always forgetting to pay the bills. Sen doim to’lovlarni to’lashni unutib yuribsan. (uning to’lovlarni to’lashni har doim esidan chiqarib qo’yayotganligidan noroziligini, jaxli chiqqanligini ifodalash uchun)

3. Tez orada bajarish uchun allaqachon rejalashtirib (tashkillashtirib, kelishib, uyushtirib) qoygan ish-harakatlarimizga nisbatan. Bunda asosan, ish-harakatni bajarish vaqti va joyi aniq bo’ladi.


Melanie is getting married at 3 this afternoon. Melanie bugun soat 3 da turmushga chiqyapti. (hikoh marosimi o’tkaziladigan payt va joy kelishib, gaplashib qo’yilgan)

4. O’zgarayotgan va rivojlanayotgan holatlarga nisbatan.

My English is improving. Ingliz tilim yaxshilanyapti. (ingliz tilini bilish darajam ozgarib boryapti, bir joyda qotib turgani yo’q.)

More and more forests are disappearing because of fires. Yong’inlar sababli kopdan ko’p o’rmonlar yo’qolib bormoqda. (rivojlanayotgan holat, ya’ni o’rmonlarning yo’qolib borishi ko’paymoqda.)

Time expression – Vaqt ifodalari (payt ravishlari) Present continuous zamoni bilan quyidagi vaqt ifodalari ishlatiladi.
Now-hozir, at the moment-ayni paytda, these days-shu kunlarda, at present-hozir, always-har doim, tonight-bugun kechqurun, still-hali-hanuz, haligacha, nowadays-hozirda, shu kunlarda va hokazo.

! Bu vaqt ifodalaridan still va always gapda to be dan keyin, asosiy fe’ldan oldin ishlatiladi. He is still sleeping. – U hali ham uxlayapti.
You are always telling me what to do. Sen har doim menga aql o’rgatyapsan.

! Qolgan vaqt ifodalari yoki gapning eng boshida yoki eng oxirida keladi.


Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling