“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
53
2. Oiladagi ijtimoiy-ma’naviy muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni barvaqt aniqlash, oilalarga
o‘z vaqtida ijtimoiy-psixologik yordam ko‘rsatish, natijalarini tahlil etib borish.
3. Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, saqlash va rivojlantirish, ma’naviy-axloqiy tarbiya, iqtisodiy,
huquqiy bilimlar, tibbiy madaniyatni oshirish, oilaviy munosabatlar psixologiyasi bo‘yicha hududlardagi
eng namunali, ibratli oilalarni keng ommalashtirish.
4. Yoshlarni nikohga tayyorlash yuzasidan ochiq muloqotlar, sayyor qabullar va davra suhbatlarini
muntazam ravishda tashkil etib borish.
5. Er-xotin, ota-ona, qaynona-qaynota va qudalar o‘rtasidagi munosabatlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish,
oilaviy nizolarning oldini olish masalasida joylardagi tashkilotlarning uzviy hamkorligini yo‘lga qo‘yish.
6. Mahallalarda oilalar bilan ishlovchi mutaxassislarning bilim-ko‘nikmalarini oshirishda huquqiy va
psixologik bilimlarga o‘rgatish, oiladagi ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash masalalari bo‘yicha
maxsus o‘quv kurslari faoliyatini samarali tashkil etish.
7. Oila va nikoh, reproduktiv salomatlik, shuningdek, oilalarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish
masalalari bo‘yicha seminar-treninglar o‘tkazib borish.
8. Namunali, ibratli, zamonaviy oilalarni ommaviy axborot vositalarida targ‘ib qilishni tizimli yo‘lga
qo‘yish.
Yuqorida qayd etilgan tavsiyalar yurtimizda namunali, zamonaviy oilalarni ko‘paytirish, nochor oilalarni
nochorlikdan chiqarish, notinch oilalarni tinch oilalarga aylantirish, yoshlarni oilaviy munosabatlarga har
tomonlama tayyorlash kabi muhim vazifalarning bajarilishiga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Нарбаева Т.К. Мустаҳкам оила – миллат таянчи. “Болалар ва ёшларни маънавий-ахлоқий
тарбиялашда оиланинг ўрни”. Халқаро илмий-амалий конференция. – Тошкент, 2018 йил
15 ноябр. – Б. 5.
2. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 27 июндаги “Ўзбекистон Республикасида
оила институтини мустаҳкамлаш концепциясини тасдиқлаш тўғрисида” ги ПҚ-3808-сон
қарори.
* * *
Do'stlaringiz bilan baham: |