3. Umumilmiy metodlar darajasi. Barcha fanlar tomonidan qo'llaniladigan umumiy tadqiqot metodlari va metodikalari majmui. Misol sifatida tahlil va sintez metodlarini, tarixiy va mantiqiy metodlarini, umumlashtirish metodini va boshqalarni keltirish mumkin. 4. Xususiy metodlar darajasi. Muayyan fanda qo'llaniladigan tadqiqotlarni o’tkazish metodlari va metodikalari. Masalan, psixologiyada bunday metodlarga kuzatish, eksperiment, test, so'rovnoma, faoliyat natijalarini tahlil qilish va boshqalar kiradi. - Fanning zamonaviy metodologiyasi ikkita asosiy funksiyalarni bajaradi.
- Birinchidan, metodologiya ilmiy faoliyatning mohiyatini, uning boshqa faoliyat turlari bilan o’zaro munosabatini ochib beradi, ya'ni, ilm-fanni - amaliyot, jamiyat, madaniyat va inson nuqtai nazaridan yadqiq qiladi.
- Ikkinchidan, metodologiya - ilmiy faoliyatni takomillashtirish muammolarini hal qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |