Zaxiriddin muxammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
ingliz tilida shaklan faqat birlikda turuvchi otlar va ularning ozbek tilidagi muqobillari qiyosiy tahlili hamda linguodidaktika muammolari
-Alumnus – alumnae
-Larva – larvae [14] kabi otlar kiradi. Ayrim otlarnning ko`plik shakllari o`zakka –s qo`shimchasini qo`shish orqali emas, balki o`zakdagi o`zgarish orqali yasaladi. Masalan: - a woman - women - a man - men
[3]
shaklini (a/an) noaniq artikli orqali farqlab olamiz. Masalan: - a sheep -sheep [16,20] - a swine - swine [16,20-b] - a deer - deer 15
- a species - species - an aircraft - aircraft [16,20]
- a fish - fish [25]
Bu kabi otlarga ko`plik qo`shimchasi –s/es qo`shilsa bu otlar ko`plikni emas, balki tur va zotni ifodalayotgan bo`ladi. Ba`zi otlar shakli jihatidan ko`plikda bo`lsa ham gapda birlikdagi fe`l bilan moslashadi. Bu kabi otlarga quyidagilar kiradi: news, athletics, linguistics, darts.
. Shuningdek ingliz tilida faqat birlikda va faqat ko`plikda qo`llaniladigan otlar ham mavjud. Faqat birlikda qo`llaniladigan otlarga sanalmaydigan otlar kiradi. Ular quyidagilar: -advice, information, knowledge, progress, hair, money. - He gave me some advice.
[10, 7]
Ingliz tilida yana faqat ko`plikda qo`lllanuvchi otlar ham mavjud. Juft predmetlarni anglatuvchi ko`pgina otlar faqat ko`plikda qo`llaniladi. Masalan: -trousers, jeans,
[29]
-My trousers are too long. [29]
-Her jeans are black. [29]
-Those glasses are his. [30]
16
.
[10,8]
“ O`zbek tilida otlar ko`plikda ikki xil bo`ladi. Semantik ko`plik va grammatik ko`plik. Semantik ko`plik hech qanday qo`shimchalarsiz ma`no ichida ko`plik ma`nosining mavjudligidir. Masalan, -xalq, armiya, poda, jamoa, guruh, to`da, olomon, aholi kabi so`zlar. [27,122] Grammatik ko`plik esa biror bir vosita orqali hosil qilingan ko`plik hisoblanadi. Grammatik ko`plik quyidagicha hosil qilinadi: 1) Morfologik yo`l - lar qo`shimchasini qo`shish orqali: kitoblar, gullar, uylar, daraxtlar. 2) Sintaktik yo`l bilan. Bunda ko`plik ma`nosi otlardan oldin miqdorni bildiruvchi so`zlarni keltirish bilan hosil qilnadi: ko`p kitoblar, bir talay kitoblar, beshta kitob (agar otlarning aniqlovchisi aniq miqdorni bildirsa, otlar birlik sonda bo`ladi. O`zbek tilida ko`plik qo`shimchasi bo`lgan –lar bir qancha uslubiy vazifalarga ham ega. Ular quyidagilar: 1. Hurmat ma`nosi: akalarim keldilar.
2. O`zi qo`shilayotgan otning ma`nosini kuchaytirish: - Sizlarga qarab zavqlarim toshib ketdi. 3. Umumlashtirish-jamlash: -O`rtangan shirinlarning fojialari, yor vaslini biyobonlardan izlagan majnunlarning sarguzashtlari xayolimda jonlandi . 4. Kesatish-kinoya ma`nosida: - O`zlari ham kelibdilarda . 5. Tur, navni ifodalash uchun. - Do`konlarda nonlar va ichimliklar sotilmoqda. [27,123]
O`zbek tilidagi otlarga xos bo`lgan yana bir morfologik xususiyat bu ularning erkalash, kichraytirish qo`shimchalarini olishidir. Otlarning –cha, -choq, -chak, -aloq qo`shimchalarini olgan shakli kichraytirish shakli; -gina,-kina,-qina,-jon,-xon,-oy qo`shimchalarini olgan shakli esa erkalash shakli hisoblanadi. 17
Masalan: -kitobcha, uycha, bolaginam, toychoq, kelinchak, bo`taloq kabi. “Ingliz tilida otlar o`zlarining morfologik tuzilishiga ko`ra oddiy (simple), yasama (derivative) hamda qo`shma otlarga (compound) bo`linadi”. 1. Oddiy otlar (simple nouns) deb hech qanday so`z yasovchi qo`shimcha qabul qilmaydigan otlarga aytiladi. Masalan: -chair, room, table, map, fish. 2. Yasama otlar (derivative nouns) deb so`z yasovchi qo`shimchalar yordamida hosil qilingan otlarga aytiladi. Masalan: -reader, teacher, childhood, sailor, blackness, misconduct. Ingliz tilida yasama otlar hosil qilishda ishtirok etish darajasiga ko`ra qo`shimchalar 2 guruhga unumli (productive) va unumsiz (unproductive) qo`shimchalarga bo`linadi. Unumli ot yasovchi qo`shimchalarga: -er reader, teacher, worker, baker, lander -ist communist, telegraphist, dramatist -ness carelessness, madness, blackness -ess heiress, hostess, actress -ism socialism, nationalism, imperialism Unumsiz ot yasovchi qo`shimchalar: - hood childhood, manhood - dom freedom - ship friendship, relationship - ance importance - ty cruelty Murakkab otlar ikki yoki undan ortiq o`zakdan tashkil topgan otlar hisoblanadi. Murakkab otlar ifodalayotgan ma`no ularni tashkil qilgan o`zaklarning ma`nosidan farq qiladi. V.L Kaushanskayaning nazariyasiga ko`ra murakkab otlarning quyidagi turlari mavjud. 18
2. adjective stem + noun stem blackbird, bluebell verb stem + noun stem pickpocket, mockingbird, dancing-room, reading-hall 3. adjective-stem + noun-stem: blackbird, bluebell; 4. verb-stem + noun-stem: pickpocket; [9,23]
Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling