Zaxiriddin muxammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
ingliz tilida shaklan faqat birlikda turuvchi otlar va ularning ozbek tilidagi muqobillari qiyosiy tahlili hamda linguodidaktika muammolari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Otning sintaktik xususiyatlari.
(father`s).
[9.3]
O`zbek tilida otning morfologik xususiyatlari esa quyidagilardan iborat: ot kelishik, egalik, kesimlik, son, kichraytirish-erkalash, qarashlilik, chegara shaklida bo`ladi: -kitobni, kitobim, kitoblar, kitobcha, kitobniki, uygacha. [22.169] Otning sintaktik xususiyatlari. Ingliz tilida otning gapdagi asosiy sintaktik vazifalari shundan iboratki, u ega (the subject) va to`ldiruvchi (the object) bo`lib keladi. Shuningdek u aniqlovchi (attribute) va ot kesim (kesimlik) sifatida ham qo`llanishi mumkin. Masalan: -A single invigilator sat in his gown and hood on a raised flatform to keep an eye for flagrant cheating. (Invigilator - subject) [2.7]
- He showed his displeasure at our presence by stalking out of the room. (displeasure – object ). [2,100]
- We have sent the buyers a letter.(the buyers-object) [10,3]
- I will speak to the manager (to themanager- object) [10, 3]
-This is the manager`s room.(the manager`s- attribute ) [10,3]
-He has been) an anaesthetist at St.Bartholomew`s Hospital (anaesthetist – predicative) [2,6]
O`zbek tilida otning sintaktik xususiyatlari. Ot so`z birikmasida ergash so`z (kitobni o`qimoq), bosh so`z (qiziq kitob) bo`lib keladi. U barcha mustaqil so`z turkumlari, hatto taqlid, otlashgan undov va modal bilan ham sintaktik aloqaga kirisha oladi. Ot gapda quyidagi vazifalarda kela oladi: 10
a) Ega: -Shafyor bola tashqariga chiqib yangigina tandirdan uzilgan issiq nonni u kaftidan bu kaftiga puflab tashlab kirib keldi. [19, 48]
-Azizxon ko`pdan qidirib yurgan kishisini topib olgandek, yuz- ko`zlari yashnab ketdi. [19, 48]
- Katta Farg`ona kanali Panamadan uch yarim baravar, Suvayshdan ikki baravar katta . [19, 194]
b) To`ldiruvchi: -Shofyor motorga gaz berib mashinani yana ildamlatdi. [19,99]
-Boqiboyeva katta ordenlarga o`rgangan, buni pisand qilarmikin [19,144] -Azizxon akamlarga Usmon ota ot mindiradilar . [19,148] c) Aniqlovchi: - Salimning ukasi keldi. - Asfalt yo`l ta`mirland - General Rahimov so`zladi [22,170]
d) Hol: -Ketmontepada bir kampir Noringa tushib ketgan ekan [19,126] -Ko`chada bazm tugab, kuyovni o`ragan yigitlar asta-sekin hovliga kira boshladilar [19,20]
e) Kesim: -Dadam - o`qituvchi. [26,47]
f) Undalma: -Kuyla, dilkash dutorim. [22,170]
-Kimsan, singlingga qulupnay terib ber,o`g`lim… [26,54]
Ingliz tilida otlarning rodi so`z shakli orqali emas, balki ularning ma`nosi orqali ifodalanadi. Jonli predmetni anglatgan otlar mujskoy va jenskiy rodda bo`lishi mumkin: - a man (erkak kishi ) - husband (er) Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling