Zaxiriddin muxammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti
III BOB. INGLIZ TILIDA SHAKLAN FAQAT BIRLIKDA TURUVCHI
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
ingliz tilida shaklan faqat birlikda turuvchi otlar va ularning ozbek tilidagi muqobillari qiyosiy tahlili hamda linguodidaktika muammolari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Izlanishning dolzarbligi
III BOB. INGLIZ TILIDA SHAKLAN FAQAT BIRLIKDA TURUVCHI
OTLARNING LINGVODIDAKTIKA MASALALARI. 3.1 Ingliz tilida shaklan faqat birlikda turuvchi otlarni o’zbek maktablarida o’qitish jarayonida qo’llaniladigan samarador usullar va ularga doir uslubiy tavsiyalar…………………………………………………………………….……47 3.2 Ingliz tilida shaklan faqat birlikda turuvchi otlar mavzusini mustahkamlash uchun mashqlar tizimi……………..…………………………………………….,,57 XULOSA………….………………………………………………….…………..62 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI…………………………65
3
KIRISH
O`zbekiston qadimdan ma`rifat va madaniyat beshigi bo`lib kelgan. Al- Xorazmiy, Imom Al-Buxoriy, Ibn-Sino, Abu Rayxon Beruniy, Amir Temur, Mirzo Ulug`bek, Bahovuddin Naqshbandiy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi jahon ilm-fan taraqqiyoti rivojiga ulkan hissa qo`shgan olim-u fuzalolarni yetishtirib bergan ona zaminimizda qadim zamonlardanoq ta`lim- tarbiyaga alohida e`tibor berib kelingan. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so`ng esa har tomonlama kamol topgan, o`z fikriga ega, oldiga ulkan maqsadlar qo`yib ular sari metin iroda bilan olg`a harakat qiluvchi, yo`lida uchrashi mumkin bo`lgan to`siqlarni yengib o`tuvchi, muammolarga to`g`ri yechim topa oladigan, ma`naviy yetuk, vatan ravnaqi, yurt tinchligi uchun kerak bo`lsa jonini fido qilguvchi yoshlarni kamol toptirish dolzarb masalaga aylandi. Bu borada yurtimizda qator ma`naviy-ma`rifiy targ`ibot ishlari olib borildi. Tegishli qarorlar qabul qilindi. Bugungi kunda, butun jahon mamlakatlarining integratsiyalashuvi jarayonida boshqa davlatlar bilan har tomonlama tengma-teng bo`lish, ular erishgan ilm-fan, texnika yutuqlaridan keng foydalanish va butun dunyo davlatlari bilan do`stona aloqalarni mustahkamlash uchun yoshlarimizning jahon talablariga mos keladigan bilim va tajribalarga ega bo`lishi va bu yo`lda ularning xorijiy tillarni mukammal o`rganib borishlari bugunning dolzarb talabidir. Bu borada bizning mamlakatimizda ham chet tillarini chuqur va mukammal o`rgatishga doir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Respublikamiz prezidenti I.A.Karimovning 2012-yil 10-dekabrda qabul qilingan “Chet tillarni o`rganish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to`g`risida”gi PQ- 1875 sonli qarori fikrimizga dalildir. Bu qarorga asosan chet tillarini, xususan, ingliz tilini o’rta maktablarning birinchi sinfidan o’rgatishni boshlash yo’lga qo’yildi. Bu harakatlarning natijasini, samarasini endigina maktab ostonasiga qadam qo’ygan yoshlarimiz misolida ko’rishimiz mumkin. Oliy ta’lim muassasalarida ham chet tillarini o’rganishga nisbatan munosabatlarning va talablarning ham mazmuni 4
o’zgardi. Bu qaror nafaqat til o’rganuvchilarga balki uni o’rgatuvchilarga ham kata mas’uliyat yukladi. Kelajak avlodni ertangi kun talablariga labbay deb javob bera oladigan, dunyo talabalari bilan bemalol bellasha oladigan darajada tarbiyalash juda muhimdir. Chet tillarni yoshlarga zamon talablari darajasida o`rgatish masalasi esa o`z navbatida malakali mutaxassislarni yetishtirib chiqarish bilan uzviy bog`liq. Bu o`rinda men muxtaram prezidentimiz I.A.Karimovning ushbu gaplarini keltirib o`tmoqchiman: “Biz
oldimizga qanday
vazifa qo`ymaylik qanday muammoni yechish zarurati tug`ilmasin, gap oxir-oqibat, baribir, kadrlar va yana kadrlarga borib taqalaveradi. Mubolag`asiz aytish mumkinki, bizning kelajagimiz , mamlakatimiz kelajagi o`rnimizga kim kelishiga yoki boshqacharoq aytganda qanday kadrlar tayyorlashimizga bog`liq “. [1.18]
kun yoshlari - biz bitiruvchilarning egallagan bilim va malakalarimizga chambarchas bog`liq ekan. Shunday sharafli ma`suliyatni his qilgan holda biz bitiruvchilar ham o`rgangan chet tilimizni, egallagan bilim va ko`nikmalarimizning natijasi sifatida bitiruv malakaviy ish yozishga kirishmoqdamiz. Mavzuni to`laqonli ochib berish maqsadida bir qancha ma`lumotlarni ko`zdan kechirib chiqdik, olimlarimizning ushbu mavzu bo`yicha fikrlari, qarashlarini o`rgandik va o`z fikr mulohazalarimiz asosida misollar yordamida o`z ishimizni yozishga harakat qildik. Izlanishning dolzarbligi: Izlanishning dolzarbligi quyidagilarni o’z ichiga oladi:
Birinchidan, mavzu har ikkala tilda, alohida holda yetarlicha o’rganilgan bo’lsada, qiyosiy jihatdan o’rganilmagan tomonlarini aniqlash hamda ingliz va o`zbek tillarida ot so`z turkumi bo`yicha izlanishlar olib borish. Ikkinchidan, ingliz tilidagi shaklan faqat birlikda turuvchi otlarni aniqlash va ularning o’zbek tilidagi muqobillarining qiyosiy tahlilini ko`rib chiqish.
Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling