В. Kompozitsion so'z yasalish va analitik shakl yasalish
jarayonidagi almashinuvlar
Aktsent-ritmik tuzilishining o'zgaruvi
Kompozittsion so'z yasalishi va funktsional forma yasalish
jarayonida komponentlar leksik-grammatik va intonatsion bir butunlikni
tashkil etadi. Komponentlaming intanatsion bir butunligini ta'minlashda
urg'u, bir qator morfonologik jarayonlar, tovush almashishuvi, fonetik
qayta bo'linish kabi hodisalar xizmat qiladi.
Qo'shma so'z va so'zning formasi tarkibiga kirgan komponentlar
bir umumiy birlashtiruvchi urg'u ostida birlashadi. Bunday urg'u ikkinchi
komponentniig oxirgi bo'g'imida bo'ladi. Asosiy urg'uli oldinigi bo'g'inlar
ikkinchi va uchinchi darajali urg'ularga ega bo'ladi. SHunga muvofiq,
asosiy urg'uli bo'g'indan boshqa bo'g'inlaming barcha intonatsion
gradatsiyasi - uning cho'ziqligi, bunday bo'g'inlami tashkil etuvchi unli va
undoshlaming talaffuzi aniqligi va boshqalar ham o'zgaradi. Masalan,
о 'ttiz- о 'ttiz ikki, kirib kel va boshq.
Qo'shma so'z va uning analitik formasi strukturasining bunday
aktsent-ritmik bir butunligi ulami tashkil etgan komponentlar o'rtasida turli
xil morfonologik o'zgarishlaming yuz berishiga olib keladi.
1.
Har ikki komponent yopiq bo'g'in bo'lganda komponentlar
oralig'ida morfonologik o'zgarishlar ro'y beradi.
n-m (о 'n-o'm)
: о 'nbesh - o'm besh.
B-v (bog-vo)
: bel bog - belvo
ch-s (uch-us)
: uch so'm - usso m
sh-s(besh-bes)
: besh so 'm-besso'm
b-o (bo V-o I)
: bor bo 'l-borul (boro 'ling)
99
li-o(olib-op)
Do'stlaringiz bilan baham: |