‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi
|
61aef8397723d3.50813536
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yermolay-Erazm
- Ivan Grozniy, hatto Pyotr I
Tomas Myunser (1524-1525) rahbarligida dehqonlar qo‘zg‘oloni
bo'lgan, ular krepostnoylikni, boshqa majburiyatlami bekor qilishni talab etganlar. Ma’lumki, XII-XIV asrlarda Rossiyada feodal tarqoqlik ro‘y berdi (13 ga yaqin alohida knyazlik). Bu davrda cherkov yer egaligi atrofida diniy shaklda kurash bordi. XVI asrdan boshlab ijtimoiy-siyosiy kurash ommaviy tus oldi. 0 ‘shanday publitsistlardan biri Yermolay edi. U rohibligida Erazm nomini olgan. Yermolay-Erazm o‘z asarlarida dvoryanlikni himoya qildi va yirik savdo hamda sudxo‘rlikka qarshi chiqdi. U boyarlami boshqalar hisobiga doim bayramdagidek hayotini tanqid qildi, yemi esa faqat davlatga xizmat qilayotgan (ya’ni dvoryan) odamlarga berish kerak, degan to'g'ri g oyani ilgari surdi (boyarlar markazlashgan davlatga bo‘ysunishni istamagan va votcliina egasi, tarqoqlikning asosiy sababchisi edilar). Haqiqatda ham Ivan Grozniy, hatto Pyotr I davrida ham votchinani (ya'ni boyarlami) yo‘q qilish uchun kurash bordi, oxir-oqibatda dvorvanlik va pomeshchiklik yutib chiqdi va Rossiya yagona davlatga aylandi. Ermolay Erazmning iqtisodiy qarashlarida dehqon mehnati boylik manbayi degan qoida yotadi. Shu sababli u davlatda dehqonlar toifasini birinchd o‘ringa qo‘yadi va ulaming iqtisodiy ahvolini yaxshilash zarur deb hisoblaydi. Ammo u dehqonlar ekspluatatsivasining asosi pul maj- buriyatlarida deb bilgan, shu sababli bu majburiyatlar natural renta holida bo‘lishi va hosilning beshdan bir qismi (20 foizi) bilan cheklash, yom (pochta) majburiyatlarini esa savdogarlar zimmasiga yuklashni taklif etdi. U mehnat unumdorligini oshirish to‘g‘risida qayg'ursa-da, tovar munosabatlari rivojiga qarshi bo'lgan, ya’ni o‘zi o‘ziga qarshi edi, chunki u erkin boy savdogarlar savdosi tarafdori edi. E.Erazm natural majburiyatlami cheklash sinfiy kurashga chek qo'yadi, degan noto‘g‘ri fikrda bo'lgan. XVI asming o'rtalarida yaratilgan «Domostroy» asarida shaharlik- laming faoliyatiga oid qonun-qoidalar majmuasi berilgan. Unda hokimiyat va cherkov, oila, xizmatkorlarga munosabat qoidalari keltiriladi. Rossiyada XVII-XVIII asming boshlarida yirik o'zgarishlar ro'y berdi, kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari paydo bo'la boshladi. G'aibiy Yevropadagi merkantilistlardan (quyida ko'riladi) farqli ravishda rus iqtisodchilari muomala sohasiga kam e’tibor qiladilar, «pul - boylik» degan fikiga qo'shilmadilar. Ular mamlakat ichida tovar almashuvini kuchaytirish tarafdori edilar, tashqi savdoni esa, asosan, sanoat va qishloq xo'jaligini rivojlantirish quroli deb qaraganlar. Bu g'oyalar AA . Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling