Zbekiston badiiy akademiyasi kamoliddin behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn


D. Po'latov. O'zbekiston zamonaviy haykaltaroshligining rivojlanish tamoyillari. San'atshunoslik fanlari nomzodini


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/42
Sana05.01.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1080003
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   42
Bog'liq
haykaltarosh ilhom jabborov ijodi

31 D. Po'latov. O'zbekiston zamonaviy haykaltaroshligining rivojlanish tamoyillari. San'atshunoslik fanlari nomzodini 
olish uchun dissertatsiya. Toshkent - 2007. 60-61-62-b.
48


Tarixiy xotira - xalq ma’naviyatining asosidir. Ana shu buyuk asosda, 
ma’naviy mulkimiz uchun butun hayotini Vatan ozodligi, xalq baxt-saodatiga axshida 
etgan buyuk sarkarda Jalolidin Manguberd turadi. Bu dovyurak Vatan himoyachisi 
xotirasini abadiylashtirish maqsadida ham 1998-yilda yana bir hukumat qarori qabul 
qilindi. Shunga asosan Xorazmda Jaloliddin Manguberdi yodgorligi barpo etildi. 
Jaloliddin Manguberdining tabarruk siymosini toshga tushirish, haykal o’rnatish 
uchun ko’pgina ishlar amalga oshirildi. O’nlab mualliflar loyihalar yaratib, hay’at 
a’zolariga ko’rsatishdi. Haykaltaroshlar Ilho m Jabborov hamda Kamol Jabborovlar 
tomonidan bajarilgan loyiha tasdiqlandi va shu asosida haykal yaratildi.32
Uning badiiy ifodasi bo’yicha buyurtma talablaridan biri- mohir sarkarda 
qiyofasi ramziy ma’noda burgutday uchqur ko’rinishda bo’lib, tog’ cho’qqisida 
tasvirlanishi edi. Haykaltaroshning ijodiy izlanishi shu talabdan kelib chiqib amalga 
oshirilgan. Shuning uchun haykal kompozitsion tuzilishi jihatidan bamisoli burgutday 
uchqur qiyofada tasvirlangan. Uning sarkardalarga mansub plashining shamoldagi 
harakatlanishi qush parvoziga xos ko’rinishni tasvirlaydi. Haykal plastikasi shakl 
mutanosibligi bilan uyg’un holda obrazning ichki ifodasiga bo’ysindirilib, bosh g’oya 
bo’lgan jasorat timsolini ifodalashga xizmat qiladi. Haykalning orqa planida ko’hna 
Urganchning ramziy me’moriy obidalari tasvirlanishi ham bejiz emas. Ramziy 
timsolga tayanib ifodalangan ona vatan qarshisida Jaloliddin Manguberdining 
muzaffar qiyofada gavdalanishi mamlakat xaloskori g’oyasini ochib beradi. 
Haykalning ushbu mazmundorligi jamiyatimizning vatan himoyasiga mas’ul barcha 
shaxslari uchun ramziy qiyofadir, deyish mumkin. Haykal vatan himoyachilarimizni 
ruhiy va ma’naviy kamolotga ega bo’lib, tarixiy qahramonlarimizga xos fazilatlarni 
shakllantirishda o’ziga xos tarbiyaviy vosita vazifasini o’taydi. Albatta yodgorlik

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling