ustida qad rostlagan. Haykal orqasi yarimdoira ko’rinishdaolti ustun va uning ustidagi
uch qavat zinasimon sharafa-karniz bilan bajarilgan. Bu milliy uslubdagi me’moriy
unsurlar yodgorlikning salobatini oshiradi. 34 Ushbu haykalda allomaning ilmiy
kashfiyotlari majmuining ona vatanga in’om etilayotganligi
- mustaqil davlat uchun
ilm-ma’rifat dasturini ramziy ifodasi talqin etilganidek, taassurot uyg’otadi. M e’moriy
unsurlar hamohangligida bunyod etilgan ushbu haykalda mutaffakirning ilmiy merosi
jamiyat istiqboliga ramziy tuhfa tarzida talqin etildi. Obrazda ruhan yengillik,
aqliy
komillik hamda mutafakkirlik darajalari o’z aksini topgan. Haykalning orqa tomonida
yarim aylana shaklida o’rab turuvchi ramziy me’moriy
unsurlar figuraning havo
bo’shlig’ida o’z muvozanatini saqlash va bayram maydoniga ko’rk berishda katta
ahamiyatga egadir.
Uning g’oyaviy mazmundorligi olimning ilmiy
merosini ilm-fan rivojida
munosib manba ekanligini ta’kidlashdir. Haykalning 1990-yillarda o’rnatilgan boshqa
yodgorliklardan farqi shundaki, u g’oyat ko’tarinki kayfiyat bilan jamiyat taraqqiyoti
komil
ilm
asosiga
qurilishi lozimligini uqtirayotgan badiiy ifodaviylikka
yo’g’rilganligidadir. Uning umumiy ko’rinishida o’z ilmiy kashfiyotlarini
olamga jar
solayotgan shaxs siymosi aks ettirilgan. Shakllar talqini shu ko’rinishniidroklashga
yo’naltirilgan.
Al-Farg’oniyning Quvada qad ko’targan haykalida allomaning ilmiy faoliyat
jarayoni tasvirlangan.
Yodgorlik biroz vazmin, o’ychan bo’lib, rotondo uslubid
bajarilgan. Farg’oniyni hayol ummoniga cho’mgan
qiyofada tasvirlovchi ushbu
haykalda vatandoshimiz butun umrini ilm mashaqqatlariga baxshida etganligi asosiy
g’oya sifatida ochib berilgan. Haykal ishlanish jihatidan klassik tamoyilga asoslangan
bo’lib, Farg’oniyning keksalik davrini ifodalaydi. Qo’l
va barmoq harakatlari
obrazning ichki olamiga uyg’un holda topilgan. Haykal umumiy shakliga ko’ra
“Mirzo Ulug’bek” (M. Musaboyev, 1994 y., Samarqand) haykaliga o’xshashlik kasb
Do'stlaringiz bilan baham: