Zbekiston badiiy akademiyasi kamoliddin behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn


 O'zbekiston san'ati 1991-2001-yillar. T:2001. 31-b


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/42
Sana05.01.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1080003
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   42
Bog'liq
haykaltarosh ilhom jabborov ijodi

32 O'zbekiston san'ati 1991-2001-yillar. T:2001. 31-b
49


bunday xususiyatlarini uzoq vaqt saqlashi uchun, uning ashyosi mustahkam 
manbadan qayta ishlanishini taqozo etadi.
Ilom Jabborov tomonidan yaratilgan yana bir monument 1992-yil Namanganda 
o’rnatilgan “Mashrab” haykalidir. “Mashrab” haykali bog’ darvozasidan (taxminan) 
30 metr ichkariga o’rnatilgan bo’lib, darvozaga qarama-qarshi tarzda joylashtirilgan. 
Uning bunday holatda o’rnatilishida o’ziga xos ramziy ma’no mujassam. Chunonchi
mutafakkirning tez orada ushbu darvozadan chiqib ketadigandek taassurot 
uyg’otuvchi harakatchan qiyofasi, komillikka erishish uchun kechirgan hayoti ona 
diyoridan olislarga o’tganligini anglatadi. Haykaltarosh uning libosini jiddiy e’tibor 
bilan ishlab, shamolning g’oyibona harakatlarini aks ettirgan. Uning old ko’rinishi, 
yon va orqa tomonlari ham allomaning botin olamiga moyil ravishda amalga 
oshirilgan. Qat’iyat bilan shahdam qadam bosishi va liboslarining shamolda xilpirab 
turishi yodgorlikka kuchli dinamik xatti-harakat bag’ishlaydi. Bu esa asarni asosiy 
shaklu-shamoyili allomaning dashtu-cho’llar aro darbadar kezib, oliy maqsad sari 
dadil borishini ochib berishga xizmat qiladi. Haykalning umumiy ko’rinishida 
obrazga xos ichki xarakter ochib berilgan. Haykal umumiy kompozitsion tuzilishi, 
detallashtirilishi va plastik harakatlarni ifodalanishi nuqtai nazaridan mahoratli 
bajarilgan. Uning qo’l panjalari plastik xususiyati bo’yicha muvofiq yechimga ega. 
Umumiy shakl kompozitsiyasi jiddiy izlanish natijasida yuzaga kelganligi sezilib 
turadi. Haykal har tomondan ko’rinishi bo’yicha obrazga xos xarakterni ochib 
berishga xizmat qila oladi. Kompozitsion tuzilishi, plastik ifodalanishi nuqtai 
nazaridan yodgorlikni yuksak badiiy mahorat bilan yaratilgan yodgorliklar sirasiga 
kiritish mumkin.33
Istiqlol yillarida Farg’ona vodiysida o’rnatilgan mahobatli haykallar orasida
1998-yili Farg’ona va Quvada qad ko’targan Al Farg’oniy haykalini alohida e’tirof 
etish kerak. Yodgorlik ochiq osmon ostida zinalar bilan ko’tarilgan sun’iy balandlik

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling