Zbekiston badiiy akademiyasi kamoliddin behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn


D. Po'latov. Farg'ona vodiysi haykaltaroshligi. San'at - Toshkent, 2013. - №3. - 33-b


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/42
Sana05.01.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1080003
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   42
Bog'liq
haykaltarosh ilhom jabborov ijodi

33 D. Po'latov. Farg'ona vodiysi haykaltaroshligi. San'at - Toshkent, 2013. - №3. - 33-b
50


ustida qad rostlagan. Haykal orqasi yarimdoira ko’rinishdaolti ustun va uning ustidagi 
uch qavat zinasimon sharafa-karniz bilan bajarilgan. Bu milliy uslubdagi me’moriy 
unsurlar yodgorlikning salobatini oshiradi. 34 Ushbu haykalda allomaning ilmiy 
kashfiyotlari majmuining ona vatanga in’om etilayotganligi - mustaqil davlat uchun 
ilm-ma’rifat dasturini ramziy ifodasi talqin etilganidek, taassurot uyg’otadi. M e’moriy 
unsurlar hamohangligida bunyod etilgan ushbu haykalda mutaffakirning ilmiy merosi 
jamiyat istiqboliga ramziy tuhfa tarzida talqin etildi. Obrazda ruhan yengillik, aqliy 
komillik hamda mutafakkirlik darajalari o’z aksini topgan. Haykalning orqa tomonida 
yarim aylana shaklida o’rab turuvchi ramziy me’moriy unsurlar figuraning havo 
bo’shlig’ida o’z muvozanatini saqlash va bayram maydoniga ko’rk berishda katta 
ahamiyatga egadir.
Uning g’oyaviy mazmundorligi olimning ilmiy merosini ilm-fan rivojida 
munosib manba ekanligini ta’kidlashdir. Haykalning 1990-yillarda o’rnatilgan boshqa 
yodgorliklardan farqi shundaki, u g’oyat ko’tarinki kayfiyat bilan jamiyat taraqqiyoti 
komil 
ilm asosiga 
qurilishi lozimligini uqtirayotgan badiiy ifodaviylikka 
yo’g’rilganligidadir. Uning umumiy ko’rinishida o’z ilmiy kashfiyotlarini olamga jar 
solayotgan shaxs siymosi aks ettirilgan. Shakllar talqini shu ko’rinishniidroklashga 
yo’naltirilgan.
Al-Farg’oniyning Quvada qad ko’targan haykalida allomaning ilmiy faoliyat 
jarayoni tasvirlangan. Yodgorlik biroz vazmin, o’ychan bo’lib, rotondo uslubid 
bajarilgan. Farg’oniyni hayol ummoniga cho’mgan qiyofada tasvirlovchi ushbu 
haykalda vatandoshimiz butun umrini ilm mashaqqatlariga baxshida etganligi asosiy 
g’oya sifatida ochib berilgan. Haykal ishlanish jihatidan klassik tamoyilga asoslangan 
bo’lib, Farg’oniyning keksalik davrini ifodalaydi. Qo’l va barmoq harakatlari 
obrazning ichki olamiga uyg’un holda topilgan. Haykal umumiy shakliga ko’ra 
“Mirzo Ulug’bek” (M. Musaboyev, 1994 y., Samarqand) haykaliga o’xshashlik kasb

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling