Tarixiy xotira - xalq ma’naviyatining asosidir. Ana shu buyuk asosda,
ma’naviy mulkimiz uchun butun hayotini
Vatan ozodligi, xalq baxt-saodatiga axshida
etgan buyuk sarkarda Jalolidin Manguberd turadi. Bu dovyurak Vatan himoyachisi
xotirasini abadiylashtirish maqsadida ham 1998-yilda yana bir
hukumat qarori qabul
qilindi. Shunga asosan Xorazmda Jaloliddin Manguberdi yodgorligi barpo etildi.
Jaloliddin Manguberdining tabarruk siymosini toshga tushirish, haykal o’rnatish
uchun ko’pgina ishlar amalga oshirildi. O’nlab
mualliflar loyihalar yaratib, hay’at
a’zolariga ko’rsatishdi. Haykaltaroshlar Ilho m Jabborov hamda Kamol Jabborovlar
tomonidan bajarilgan loyiha tasdiqlandi va shu asosida haykal yaratildi.32
Uning badiiy ifodasi bo’yicha buyurtma talablaridan
biri- mohir sarkarda
qiyofasi ramziy ma’noda burgutday uchqur ko’rinishda bo’lib, tog’ cho’qqisida
tasvirlanishi edi. Haykaltaroshning ijodiy izlanishi shu talabdan kelib chiqib amalga
oshirilgan. Shuning uchun haykal kompozitsion tuzilishi jihatidan bamisoli burgutday
uchqur qiyofada tasvirlangan. Uning sarkardalarga mansub plashining shamoldagi
harakatlanishi qush parvoziga xos ko’rinishni tasvirlaydi.
Haykal plastikasi shakl
mutanosibligi bilan uyg’un holda obrazning ichki ifodasiga bo’ysindirilib, bosh g’oya
bo’lgan jasorat timsolini ifodalashga xizmat qiladi. Haykalning orqa planida ko’hna
Urganchning ramziy me’moriy obidalari tasvirlanishi ham bejiz emas. Ramziy
timsolga tayanib ifodalangan ona vatan qarshisida
Jaloliddin Manguberdining
muzaffar qiyofada gavdalanishi mamlakat xaloskori g’oyasini ochib beradi.
Haykalning ushbu mazmundorligi jamiyatimizning vatan himoyasiga mas’ul barcha
shaxslari
uchun ramziy qiyofadir, deyish mumkin. Haykal vatan himoyachilarimizni
ruhiy va ma’naviy kamolotga ega bo’lib, tarixiy qahramonlarimizga
xos fazilatlarni
shakllantirishda o’ziga xos tarbiyaviy vosita vazifasini o’taydi. Albatta yodgorlik
Do'stlaringiz bilan baham: