Dialektikaning asosiy kategoriyalari. Boshqa fanlar sin-gari falsafaning ham kategoriyalari mavjud. Bular undagi asosiy tushunchalar bo‘lib, ular borliq va bilishning eng umumiy, muhim xususiyatlarini, qonunlar qamrab olmagan munosabatlarni ifoda-laydi. Kategoriyalar bilishning ijtimoiy-amaliyot asosida falsa-fiy taraqqiyot jarayonida vujudga kelgan. Ular insonga o‘z tasav-vuridagi borliqni chuqur, har tomonlama bilishga yordam beradi.
“Kategoriya” yunoncha so‘z bo‘lib, uning lug‘aviy ma'nosi “guvoh”, “ta'rif”, “ifodalovchi” demakdir.
Falsafada kategoriyalar uch guruhga bo‘linadi:
Umumiy falsafiy kategoriyalar;
Dialektika kategoriyalari;
Ijtimoiy falsafa kategoriyalari.
Falsafa tarixida kategoriyalar masalasi Arastu tomonidan batafsilroq ishlab chiqilgan. U o‘zining “Metafizika”, “Katego-riyalar” nomli asarlarida mohiyat va hodisa, miqdor va sifat, saba-biyat, zaruriyat va tasodif, butun va bo‘lak kabi tushunchalarning mohiyati va falsafiy ahamiyatini tavsiflab beradi.
Dialektika kategoriyalari – olamni bilish bosqichlari va shakllaridir. Bu kategoriyalar boshqa fanlarning kategoriyalaridan farqli ravishda eng umumiy, asosiy tushunchalardir. Masalan, ayrimlik, xususiylik, umumiylik, mohiyat va hodisa, qism va butun, mazmun va shakl, element-struktura, sistema, sabab va oqibat, zaruriyat, tasodif, imkoniyat, voqyelik va hokazo.
Dialektika kategoriyalari o‘zining turli-tumanligi bilan ifodalanadi. Ular yordamida kishilar ongida narsa va hodisalar-ning eng umumiy tomonlari, ya'ni aloqadorligi, tuzilishi va sababiyatchiligi aks ettiriladi.
Dialektika kategoriyalarini shartli ravishda uch turkumga ajratish mumkin:
1. Birinchi turkumga voqyelikning eng umumiy aloqadorligini aks ettiruvchi kategoriyalar kiradi. Ularga ayrimlik, xususiylik va umumiylik, mohiyat va hodisa, qonuniyat kategoriyalari kiradi.
Dialektika kategoriyalari ichida ayrimlik, xususiylik, umumiy-lik muhim ahamiyat kasb etadi. Ular olamni bilishning mantiqiy shakl, bosqichlari hisoblanib, bu kategoriyalar bilishning ayrim, g‘oyat muhim jihatlarini ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |