¤збекистон республикаси халк таьлим вазирлиги


“-la affiksli yasama fe’llarning o‘zbek tilidagi mavqei masalasi”


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/35
Sana20.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1787907
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   35
Bog'liq
курс ишини ёзиш буйича услубий тавсиялар1212 1

-la affiksli yasama fe’llarning o‘zbek tilidagi mavqei masalasi” deb 
nomlangan birinchi bo‘limda -la affiksining ma’no va vazifalari, bu 
affiksning so‘z yasovchi va shakl hosil qiluvchi sifatida qo‘llanishi kabi 
masalalar xususida bahs yuritiladi. 
Talaba bu bo‘limni yoritishdan avval masalaga oid ilmiy manbalarni 
sinchiklab o‘rganadi, olimlarning -la affiksining ma’nolari, so‘z yasovchi va 
shakl hosil qiluvchi sifatida qo‘llanishi haqidagi qarashlarini tahlil qiladi,
so‘ngra S.Ahmad asarlaridan tanlab olingan - la affiksli yasalma fe’llar 
ishtirokida tuzilgan gaplarni tahlil qilib, bu affiksning ma’no va vazifasini 
belgilaydi. Shundan so‘ng nazariy xulosalarini yoritishga kirishadi. 
“ -la affiksli yasama fe’llarning analitik fe’llar bilan sinonimiyasi” 
deb nomlangan ikkinchi bo‘limda esa sintetik va analitik fe’l yasalmalar 
sinonimiyasi tahlil etiladi.
Talaba qilmoq (etmoq, aylamoq) fe’llari bilan yasalgan sintetik 
yasalmalar va -la affiksli analitik fe’llar sinonimiyasini yoritishdan avval 
masalaga oid ilmiy manbalarni sinchiklab o‘rganadi. Xususan, ushbu 
masalaga bag‘ishlangan F.Jumayevning “О’zbek tilidagi sintetik fe’l 
yasalmalarining analitik fe’l yasalmalari bilan sinonimik munosabati” 
mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasi (-Toshkent, 2006), yuzasidan e’lon 
qilingan maqolalar bilan tanishishi lozim.
Shundan so‘ng S.Ahmad asarlaridan tanlab olingan daliliy misollari 
yordamida nazariy xulosalarini asoslab berishi lozim bo‘ladi. 
Kurs ishining Umumiy xulosalar qismida mavzu yuzasidan chiqarilgan 
xulosalar umumlashtiriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati qismida esa “Analitik va sintetik 
usulda yasalgan fe’llar sinonimiyasi (S.Ahmad asarlari misolida)” 
mavzusidagi kurs ishini yozish mobaynida foydalanilgan barcha ilmiy 
manbalar ro‘yxati qayd etiladi.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling