Ўзбекистон республикаси қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлиги
“Sabablar va xavflar daraxti”ni qurishga namunaviy misol
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
hayot xavfsizligi amaliy
1. “Sabablar va xavflar daraxti”ni qurishga namunaviy misol.
Kimyoviy reaktorlar bu kimyoviy reaksiyalar o’tkaziladigan apparatlardir. Ularning kolonnali, hajmli, quvurli va boshqa turlari bo’ladi. Reaktorlarda kimyoviy jarayonlardan tashqari fizik jarayonlar ham sodir bo’ladi. Ular yordamida kimyoviy reaksiyalarni o’tkazish uchun eng qulay sharoitlar yaratiladi. Kimyoviy reaktorlarning portlash va yong’in xavfini bir qator omillar belgilaydi: reaksiya mahsulotlari va kiritilgan reagentlarning fizik-kimyoviy yong’in xavfiga tegishli xossalari; reaksiya sodir bo’luvchi muhitda qo’llaniladigan
katalizatorlarning xususiyatlari (xossalari); reaktorda sodir bo’layotgan jarayonlarning fizik parametrlari (bosim, harorat, hajmiy va massaviy tezligi); reaktorlarning turi va konstruktiv xususiyati. Normal texnologik jarayonda reaktorda yonuvchi muhit yuzaga kelmaydi.
17 Bunga sabab kiritilayotgan reagentlar va reaksiya mahsulotlarida oksidlovchilarning yo’qligidir. Reaktorning normal ishi jarayoni uning hajmiga reaktorga tushayotgan, unda to’planayotgan, undan chiqayotgan moddalar miqdori o’zaro mos kelgan taqdirdagina yuzaga keladi. Agar bu aytilgan shartlar bajarilmasa, reaktorning material muvozanati buziladi. Bu o’z navbatida, apparatlarning shikastlanishiga, avariya yuzaga kelishiga, shuningdek sex va ochiq maydonlarga yong’in tarqalishiga olib keladi. Yong’inni oldini olish choralari sifatida quyidagilar nazarda tutiladi: • reaktorga tushayotgan va chiqarilayotgan mahsulotlar miqdorini avtomatik ravishda boshqaruvchi qurilmalar bilan jihozlash; • boshlang’ich mavjud reagentlar haroratini avtomatik ravishda boshqarish; • katalizatorning miqdorini dozatorlar yordamida nazorat qilish; • dozirovka qilib beruvchi nasoslarning avtomatik boshqarilishi; • reaksiyaga kirishuvchi moddalar konsentratsiyasini nazorat qilish; • reagentlarni boshqa aralashmalardan tozalab qo’yish; • Reaktorni belgilangan darajada to’ldirilishiga rioya qilish. Kimyoviy reaktorlardagi avariya va yong’in sodir bo’lishining keng tarqalgan sabablaridan biri undagi harorat rejimining buzilishidir. Shuning uchun kimyoviy reaktorlar haroratini avtomatik boshqarib turuvchi ishonchli qurilmaga ega bo’lishi kerak, bu qurilma issiqlik muvozanati saqlanishini ta’minlaydi. Kimyo sanoatida qo’llaniladigan kimyoviy reaktorlar ishlaganda asosiy xavf uning portlashidir. Kimyoviy agregatda kechadigan texnologik jarayonning soddalashtirilgan sxemasi 4-rasmda keltirilgan.
18
Kimyoviy reaktorda portlash sodir bo’lishi uchun unda portlovchi aralashma hosil bo’lishi kerak. Portlovchi aralashma esa kimyoviy reaktorni yonilg’i bilan noto’g’ri ta’minlash natijasida hosil bo’ladi. Kimyoviy reaktorni yonilg’i bilan noto’g’ri ta’minlash natijasida portlash sodir bo’lishining oldini olish maqsadida uning kirish tarmoqiga №1 himoya zanjiri o’rnatilgan. №1 himoya zanjirining
19 asosan qanaqa elementlardan tashkil topganligi 5-rasmda keltirilgan. Demak, kimyoviy reaktorda portlash sodir bo’lsa №1 himoya zanjiridagi buzilishlar tufayligina bo’ladi. Bu zanjirda buzilishi, noto’g’ri ishlashi yoki ishdan chiqishi mumkin bo’lgan quyidagi elementlar mavjud: ikkita sarf datchiki (SD2 yonilg’i uchun, SD4 oksidlovchi uchun), va ikkita hisobga oluvchi sarf rostlagichlari (hOSR1 yonilg’i uchun, HOSR3 oksidlovchi uchun).
Yuqoridagi 6-rasmda kimyoviy reaktorning ishlash jarayonida uning №1 himoya zanjirida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan turli buzilishlar (sabablar) natijasida portlash sodir bo’lishining “sabablar va xavflar daraxti” misol tariqasida keltirilgan. “Daraxt”ni qurishda qo’llanmaning 3-amaliy mashg’ulotida keltirilgan hodisalar belgilari va mantiqiy amallar qo’llanilgan. Тahlilda A – hodisa, ya’ni portlash hodisasi bosh hodisa qilib olinib, unga olib keluvchi sabablar va xavflar
20 |
ma'muriyatiga murojaat qiling