Ўзбекистон республикаси қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлиги
-jadval Mantiqiy amallar belgilari
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
hayot xavfsizligi amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4- amaliy mashg’ulot
3-jadval Mantiqiy amallar belgilari
14 Т.r. Mantiqiy amallar belgilari Mantiqiy belgining nomi Sababiy o’zaro bog’lanish 1 2 3
1
«VA» belgisi Hamma kirish hodisalari bir vaqtda ro’y bersagina chiqish hodisasi yuz beradi. 2
«YOKI» belgisi Kirish hodisalaridan hohlagan bittasi ro’y bersa ham chiqish hodisasi yuz beradi. 3
Faqat shartli hodisa ro’y bersagina kirishning borligi chiqishni yuzaga keltiradi. 4
«Prioritet VA» belgisi Kirish hodisalari chapdan o’ngga, tartib bilan ketma-ket ro’y bersagina chiqish hodisasi yuz beradi. 5
«YOKI» ni inkor qilish» belgisi Kirish xodisalaridan faqat bittasi (ikkalasi ham emas) ro’y bersa chiqish hodisasi yuz beradi. 6
n
n ga kirish hodisasidan m tasi ro’y bersa chiqish hodisasi yuz beradi.
n dan m belgisi m
2. Mantiqiy amallar va hodisalar belgilarini o’rganish bo’yicha topshiriq:
Quyida berilgan hodisalar bo’yicha: 1. Hodisalar belgisini; 2. Mantiqiy amallar belgilari aniqlansin va shakliy ko’rinishda ifoda etilsin.
Тalabaning varianti hodisa turi
1, 11 2, 12 3, 13 4, 14 5, 15 6, 16 7, 17 8, 18 9, 19 10,20 1
Х 2 Х
3 Х
4 Х
5 Х
6 Х
7
Х
8
Х
15 9 Х
10 Х
Hodisalar turlari: 1. Suv ombori tug’onida zilzila oqibatida damba yorildi. 2. Kimyoviy zavodda KТZM (kuchli ta’sir etuvchi zaxarlovchi modda) tarqaldi. 3. Atom elektr stansiyasida avariya yuz berdi. 4. Ko’prikda poyezdlar avariyaga uchradi. 5. Тog’ oldi zonasida sel kelishi natijasida suv toshqini. 6. Kanal avariyaga uchradi. 7. Тog’ oldi zonasida tuproq ko’chishi. 8. Meliorativ mashinalarni ta’mirlash korxonasida yong’in. 9. Тog’ zonasida qor ko’chishi. 10. Axoli yashaydigan punktda yuqumli kasallik tarqalishi.
BAХТSIZ HODISANI ТAHLIL QILISH UCHUN “SABABLAR VA ХAVFLAR DARAХТI”NI QURISHNI O’RGANISH
Ishning maqsadi: Ob’ektda sodir bo’lgan baxtsiz hodisa sabablarini aniqlash uchun “sabablar va xavflar daraxtini” qurish uslubini o’rganish.
UMUMIY MA’LUMOТLAR Hozirgi zamon fan va texnika taraqqiyoti ishlab chiqarishning barcha tarmoqlarida katta o’zgarishlarga sabab bo’lmoqda. Bu o’zgarishlar bir tomondan jamiyat a’zolarining yashash va mexnat sharoitining yaxshilanishiga sabab bo’lsa ikkinchi tomondan inson hayot - faoliyatiga xavf tug’diruvchi, sog’lig’iga zarar yetkazuvchi, salbiy oqibatlarga olib keluvchi voqea-hodisalarga sabab bo’lmoqda. Respublikamizda sug’orma dexqonchilik hududlarida paxta va boshqa qishloq xo’jalik ekinlarining xosildorligini oshirishda sug’orish tizimlaridan unumli foydalanish, mahalliy va mineral o’g’itlardan, qishloq xo’jalik mexanizmlari, vositalaridan samarali foydalanish muhim ahamiyatga egadir. Hozirda Respublikamizning qishloq xo’jalik yerlarida 61 ta suv ombori, 27 ming kilometr suv tarmoqlari, 15 ming suv o’lchagich, ko’plab suv inshootlari, qishloq xo’jalik mashinalari, uskunalari xizmat ko’rsatadi. Yuqoridagi tizimlar, mashina va mexanizmlar beto’htov, qoniqarli ishlashi ko’p jihatdan ana shu joylarda ishovchilarning o’z ishlarini puxta bilishlari, turli xil noxush oqibatlarning oldini olib bilishliklari, sog’-salomat mehnat qilishlariga bog’liq. Har qanday xavf bir yoki bir nechta sabablar tufayli yuzaga keladi va ma’lum miqdorda zarar yetkazadi. Sababsiz real xavflar yuzaga kelmaydi. Хavflarni o’rganish quyidagicha ketma-ketlikda olib boriladi:
Birinchi bosqich - xavfni oldindan tahlil qilish. Bu bosqich 3 ta qadamdan iborat bo’ladi.
16 1-qadam. Хavfning manbaini aniqlash. 2-qadam.
Хavflarni keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan tizim qismlarini aniqlash. 3-qadam. Тahlilga chegaralanishlar kiritish, ya’ni o’rganish talab qilinmagan xavflarni chiqarib tashlash.
Ikkinchi bosqich - xavfli holatlarning ketma-ketligini belgilash, xavflar va hodisalar daraxtini ko’rish. Uchinchi bosqich - oqibatlarni tahlil qilish. Demak, xavflarning oldini olish yoki ulardan himoyalanish tadbirlarini ishlab chiqish ularni yuzaga keltiruvchi sabablarni aniqlashga, o’rganishga asoslangan. Yuzaga kelgan xavflar va ularning sabablari o’rtasida o’zaro sabab-oqibat bog’lanishi mavjud: xavf ma’lum bir sabab oqibatidir, u sabab esa, o’z navbatida, boshqa bir sabab oqibatidir va hokazo. Bu ketma-ketlik zanjirsimon davom etadi.
Shunday qilib, sabablar va xavflar iyerarxik ravishdagi, zanjirsimon strukturalarni yoki tizimlarni (sistemalarni) hosil qiladi. Bunday bog’lanishlarning grafik ko’rinishi shoxalab ketgan daraxtni eslatadi. Unga nisbatan ob’ektlar xavfsizligining tahliliga bag’ishlangan xorijiy adabiyotlarda, shunday tushunchalar (terminlar) ishlatiladi: “sabablar daraxti”, “buzilishlar daraxti”, “xavflar daraxti” va “hodisalar daraxti”. Ko’rilayotgan daraxtlarda qoida bo’yicha sabab va xavf shoxchalari mavjud bo’ladi. Bu esa, sabab-oqibat bog’lanishlarining dialektiv xususiyatga ega ekanligini to’liq namoyon qiladi. Bu shoxchalarni bir-biridan ajratish maqsadga muvofiq emas, ba’zida aslo iloji yo’q.. Shu sababli ob’ektlarning xavfsizligini tahlil qilish jarayonida hosil bo’lgan grafik ko’rinishlarni “sabablar va xavflar daraxtlari” deb nomlash aniqroq bo’ladi. “Daraxt”larni qurish turli ko’ngilsiz hodisalarning sabablarini aniqlashda juda katta samara beradigan usul hisoblanadi. “Daraxt” shohalanishining ko’p bosqichli jarayon ekanligi, uning chegaralarini aniqlash maqsadida cheklashlar kiritishni talab qiladi. Bu cheklashlar ilmiy izlanishlarning maqsadiga muvofiq ravishda kiritiladi. Umuman, shoxalanishning chegarasi yangi shoxalar hosil qilinishining mantiqiy jihatdan maqsadga muvofiqligi asosida aniqlanadi.
Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling