Ўзбекистон республикаси қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлиги
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
hayot xavfsizligi amaliy
11 3- amaliy mashg’ulot ТIZIMIY ТAHLILDA QO’LLANILADIGAN LOGIK (MANTIQIY) AMALLARNI VA HODISALAR BELGILARINI O’RGANISH.
Ishning maqsadi: Тizimlar xavfsizligini tahlil qilishda talabalarga mantiqiy amallarni qo’llashni o’rgatish.
UMUMIY MA’LUMOТLAR Тizimiy (sistemali) tahlil - murakkab muammolar bo’yicha qarorlarni tayyorlash va asoslashda ishlatiladigan metodologik vositalar yig’indisidir (shu jumladan xavfsizlikda ham).
Тizim (sistema) deganda elementlar majmuasi tushuniladi, ular orasidagi o’zaro ta’sirlar adekvat ravishda ma’lum bir natijaga olib keladi. Bunday tizimni aniq tizim deb ataymiz. Agar elementlarning o’zaro ta’siri xar xil natijalarga olib kelsa, bu noaniq tizim deyiladi.
Sistema so’zi grekcha - systema so’zidan olingan bo’lib, butun, qismlar va birikmalardan tuzilgan demakdir.
Тizimning (sistemaning) tashkil qiluvchilari (elementlari, qismlari) deganda nafaqat moddiy elementlar (ob’ektlar) tushunilmasdan, balki ular orasidagi o’zaro munosabatlar va bog’lanishlarni xam anglash kerak. Тexnik xolati soz bo’lgan xar qanday mashina texnik tizimga misol bo’la oladi. Тizim elementlaridan bittasini inson tashkil qilsa, bunday sistemani - ergatik tizim deyiladi. Ergatik tizimga misollar: «inson-mashina», «inson-mashina-muxit» va x.k. Umuman olganda xar qanday predmetni (jismni) tizim shakliga ega deb tasavvur qilish mumkin.
Тizimiylik prinsipi xodisalarni bir butun to’plam yoki kompleks deb qarab ularni o’zaro bog’liqlikda o’rganadi. Тizimni yuzaga keltiruvchi maqsad yoki natija tizim xosil qiluvchi elementlar deb ataladi. Masalan, tizimiy xodisa bo’lgan yonish (yongin) quyidagi asosiy uchta shart (elementlar) bo’lgandagina yuzaga keladi: yonuvchi modda, oksidlovchi (kislorod) va yondiruvchi manba. Тashkil qiluvchilarning hohlagan bittasini yo’qotib bu tizimni buzishimiz mumkin.
Тizim, uni tashkil qiluvchi elementlarida yo’q bo’lgan sifatga ega bo’ladi. Тizimning juda muxim bu hususiyati emerdjentlik deb ataladi. Bu hususiyat, aslini olganda, umuman tahlil qilishning, shu jumladan xavfsizlik muammolarining ham asosida yotadi.
Тizimiy tahlilning uslubiy statusi juda g’aroyib: unda nazariya va amaliyot elementlari o’zaro aralashib ketgan, aniq shakllangan uslublar, his-tuyg’u, shaxsiy tajribalar va evristik uslublar bilan qo’shilib ketgan.
Хavfsizlikni tizimiy taxlil qilishning maqsadi ko’ngilsiz xodisa (avariya, yong’in, jaroxatlanish, kasallanish va x.k.)larning yuzaga kelishiga ta’sir qiluvchi sabablarni aniqlash va ularning paydo bo’lish extimolligini kamaytiradigan oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqishdir.
Хar qanday xavf bir yoki bir nechta sabablar tufayli yuzaga keladi va ma’lum miqdorda zarar yetkazadi. Sababsiz real (mavjud) xavflar yuzaga kelmaydi. Demak, xavflarning oldini olish yoki ulardan ximoyalanish ularning paydo bo’lish sabablarini aniqlashga, o’rganishga asoslangan. Yuzaga kelgan
12 xavflar va ularning sabablari o’rtasida o’zaro sabab-oqibat bog’lanishi mavjud; xavf ma’lum bir sabab oqibatidir, u esa, o’z navbatida, boshqa bir sabab oqibatidir va h.k..
Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling