Тavakkalni aniqlashda 4 xil uslubiy yondashish mavjud:
1. Injenerlik - bu statistikaga, chastotalarni xisoblashga, xavfsizlikni extimolli
taxlil qilishga va xavflar daraxtini qurishga asoslanadi.
2. Modelli - bu alohida odamga, ijtimoiy va kasbiy guruxlarga zararli omillarning
ta’sir kilish modelini kurishga asoslanadi.
Bu ikkita uslub (metod) xisoblarga asoslanadi, ammo xamma vaqt xam
ma’lumotlar yetarli bo’lmaydi.
3. Ekspertli usul - bunda xar xil xodisalarning (xavflarning) sodir bo’lish extimoli
yuqori malakali mutaxassislarning (ekspertlarning) fikrini o’rganish orqali
aniqlanadi.
4. Ijtimoiy usul - xar xil xodisalarning (xavflarning) sodir bo’lish extimoli
to’g’risida axolining fikrini so’rashga asoslangan.
Yuqorida qayd qilingan uslublar tavakkalning xar xil tomonlarini ochib
beradi. Shuning uchun ularni kompleks xolda qo’llash zarurdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |