Ўзбекистон республикаси қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлиги
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
hayot xavfsizligi amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- “HAYOТ - FAOLIYAТ ХAVFSIZLIGI”
O’ZBEKISТON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV ХO’JALIGI VAZIRLIGI
ТOSHKENТ IRRIGATSIYA VA MELIORATSIYA INSТIТUТI
“HAYOТ - FAOLIYAТ ХAVFSIZLIGI” kafedrasi
“HAYOT-FAOLIYAT XAVFSIZLIGI” fanidan amaliy mashg’ulotlarni o’tkazish bo’yicha METODIK KO’RSATMA
Тoshkent -2010 Ushbu metodik ko’rsatma institut Ilmiy – metodik kengashining 2010 yil „___” _______ ___- sonli majlisida ko’rib chiqildi va chop etishga tavsiya etildi.
Metodik ko’rsatma “Hayot-faoliyat xavfsizligi” fanini o’qitish dasturiga asosan tuzilgan. Qo’llanmada xavflarning xususiyatlarini va guruhlanishini, maqbul tavakkal nazariyasining mohiyatini, tizimiy tahlilda qo’llaniladigan logik amallarni va hodisalar belgilarini, baxtsiz hodisani tahlil qilish uchun „sabablar va xavflar daraxti”ni qurishni, inson va ishlab chiqarish tizimini dekompozitsiyalash, xavfsizlikni loyihalashning va tahlil qilishning uslubiy-logik ketma-ketligini, ma’lumotlarni aks ettirish vositalarini va operatorning ish joyini tashkil qilishni o’rganish bo’yicha amaliy mashg’ulotlarni bajarish uchun zarur ma’lumotlar berilgan. Ushbu metodik qo’llanma "Hayot-faoliyat xavfsizligi" fanini o’rganayotgan barcha bakalavr yo’nalishi talabalariga mo’ljallangan.
Тuzuvchilar: E.I. Ibragimov, k.o’qit. S.M. Gazinazarova, dots. N.S. Saidxo’jayeva,
ass.
Тaqrizchilar: O. Xasanova -
R. Ergashev, dotsent, t.f.n.
© Тoshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti, 2010 y. 2
KIRISH Hozirgi davrda jahonning barcha davlatlarida xavf-xatarlarning oshib borayotganligi qayd etilmoqda. Bunga quyidagi ob’ektiv va sub’ektiv sabablar bor: jahondagi ekologik ahvolning murakkablanishi, ekiladigan yer maydonlarining hosildorligining pasayishi, texnologik jarayonlarning o’zgarishi va boshqa salbiy o’zgarishlar. "Hayot faoliyati xavfsizligi" fanini o’zlashtirish bilan talabalar, barcha sohalardagi kabi, suv xo’jaligi sohalarida ham xavf-xatarni kamaytirish, hayot faoliyati xavfsizligi bo’yicha kerakli nazariy va amaliy bilimlarga ega bo’ladilar. "Hayot faoliyati xavfsizligi" fanining maqsadi ishlab chiqarishda va favqulotda holatlarda xavfsizlikni ta’minlash va yaxshi ish sharoitlarini yaratish uchun insonlarni nazariy va amaliy jihatdan tayyorlash, ekstremal vaziyatlarda qanday harakat qilish va o’rgatishdan iboratdir. "Hayot faoliyati xavfsizligi" fanining asosiy vazifalari: xavflarni identifikatsiyalash, ya’ni xavflarning sonli xarakteristikasi va kelib chiqish nuqtalarini ko’rsatgan holda ularga ta’rif berish, aniqlash va bilish; foyda va xarajatni solishtirgan holda xavf-xatardan himoyalanish prinsiplari va uslublarini o’rgatish. "Hayot faoliyati xavfsizligi" fanini o’zlashtirish jarayonida talabalar: "inson- muhit" tizimining mohiyatini; fanning asosiy tushuncha va ta’riflarini; tavakkal nazariyasining asosiy qoidalarini; faoliyat xavfsizligini boshqarishning uslubiy asoslarini; faoliyat xavfsizligini ta’minlash prinsiplarini, uslublari va vositalarini; faoliyat xavfsizligining ergonomik asoslarini; faoliyat xavfsizligi psixologiyasini; xavfsizlikni tizimiy tahlil qilishni; faoliyat xavfsizligini boshqarish funksiyalari va vositalarini o’rganadilar. Ushbu metodik qo’llanma "hayot-faoliyat xavfsizligi nazariy asoslari" fanini o’rganayotgan barcha bakalavrlarga fanning amaliy masalalarini yechishni o’rganishda katta metodik yordam beradi.
3
Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling