Ўзбекистон республикаси қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлиги


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/24
Sana08.01.2022
Hajmi0.87 Mb.
#240931
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
hayot xavfsizligi amaliy

Хavfsizlik  - bu faoliyatning shunday bir xolatiki, bunda ma’lum bir 

ehtimollik bilan xavflarning yuzaga kelishi bartaraf qilingan bo’ladi. 

Хavfsizlik bu insonlar oldiga ko’yilgan maqsaddir. HFХ esa maqsadga 

erishishning  vositasi, yo’li va usullaridir. 



Хavflar taksonomiyasi tushunchasi xavflarni ma’lum bir belgisi  bo’yicha 

klassifikatsiyalash, sinflash yoki guruhlashdir. Хavf ko’p belgilarga ega bo’lgan 

murakkab iyerarxik tushunchadir. Modomiki shunday ekan, faoliyat xavfsizligi 

soxasida ilmiy bilimlarni tashkil qilishda, xavflarning tabiatini chuqur aniqlashda 

va bilishda xavflarni taksonomiyalash muxim rol o’ynaydi  

Хavflar nomenklaturasi ma’lum belgisiga ko’ra xavflarning tizimlashtirilgan 

nomi, tushunchalari ro’yxatidir. Xozirgi kunda xavflar nomi bo’yicha alfavit 

tartibida nomenklatura qilingan. Хavflar nomenklaturasining bir qismi quyida 

keltirilgan. 

Ajal, alanga, alkogol, buzilish, vakum, vulqon, vaxima, gaz, gerbitsid, 

daxshat, dard, dinamik zo’riqish, yemirilish, yomg’ir, yong’in, zo’riqish, zaxar, 

zilzila, ifloslanish, ichkilik, kasallik, kamchilik, kuyish, loy, lat yemoq, 

loyqalanish, lazer nurlari, magnit maydoni, momaqaldiroq, meteoritlar, 

mikroorganizmlar, namlanish, pulsatsiya, pasayish, radiatsiya, rezonans

sogaymoq, saqlanish, sirpanish, tebranish, tok urishi, toymoq, uzilish, urmoq, 

ultratovush, xujum, xavf, charchash, shamol, shovqin, elektr  toki, elektr maydoni, 

yaxmalak, yadro. 

Aniq, maqsadli ilmiy izlanishlar olib borilganda xar bir aloxida ob’ektlar 

uchun (ishlab chiqarish, sexlar, ish joylari, jarayonlar, kasblar  va  x.k.) xavflar 

nomenklaturasi tuziladi. 

Хavflar kvantifikatsiyasi - murakkab tushuncha bo’lgan xavflarni baholash, 

sifat jihatdan aniqlash uchun sonli tavsiflarni joriy qilishdir.  

Amalda kvantifikatsiyaning sonli, balli va boshqa usullari qo’llaniladi. 

 

6




Хavflarni baxolashning eng keng tarqalgan usuli “tavakkal”dir.  

Хavflarni  identifikatsiyalash – xavflarni identifikatsiyalash deganda hayot 

faoliyati xavfsizligini ta’minlashga yo’naltirilgan oldini olish va tezkor tadbirlarni 

amalga oshirish uchun xavflarning zarur va yetarli bo’lgan miqdoriy (sonli), 

vaqtiy, fazoviy va boshqa tavsiflarni topish, aniqlash va belgilash jarayoni 

tushuniladi. 

Identifikatsiya jarayonida aniq masalalarni yechish uchun muxim bo’lgan 

xavflar nomenklaturasi, xavflarning sodir bo’lish extimolligi, fazoviy 

lokalizatsiyasi, ya’ni yuzaga kelish joyining koordinatalari, ko’riladigan taxminiy 

zarar  va shunga o’xshash ko’rsatkichlar aniqlanadi. 

Faoliyatning potensial xavfga ega ekanligi hakida aksioma –Insoniyat 

tajribasi shuni ko’rsatadiki faoliyatning har qanday turida potensial xavf 

mavjuddir. Demak, faoliyatning hech qanday bir turida mutloq (absolyut) 

xavfsizlikga erishib bo’lmaydi. Bu tasdiq aksioma xarakteriga ega. Bu 

aksiomaning metodologik va evristik ahamiyati kattadir. 


Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling