1. HFХning asosiy tushunchalari.
Хavf – xayot-faoliyat xavfsizligining markaziy tushunchasi bo’lib, u xodisa,
jarayon va ob’ektlarning inson sog’lig’iga to’g’ridan-to’gri yoki bilvosita ma’lum
sharoitda qanday darajada zarar yetkazish qobiliyatini ko’rsatadi, ya’ni ko’ngilsiz
oqibatlarga olib keladi.
Тaxlilning maqsadiga ko’ra xavfni xarakterlovchi belgilar soni ko’payishi
yoki kamayishi mumkin. ХFХ dagi xavfga berilgan yuqoridagi ta’rif mavjud
bo’lgan standart tushunchalarni (xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari) o’ziga
tortuvchi, xamda faoliyatning xamma turlarini xisobga oluvchi juda salmoqli
tushunchadir.
Har qanday energiyaga, kimyoviy yoki biologik faol tashkil qiluvchilarga
ega bo’lgan, hamda parametrlari inson hayot - faoliyat kechirish sharoitlariga
to’g’ri kelmaydigan ko’rsatkichlarga ega bo’lgan har qanday tizim xavf tug’diradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |