Ўзбекистон республикаси қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлиги


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/24
Sana08.01.2022
Hajmi0.87 Mb.
#240931
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24
Bog'liq
hayot xavfsizligi amaliy

2- amaliy  mashg’ulot 

MAQBUL ТAVAKKAL NAZARIYASINING MOHIYAТINI O’RGANISH 

 

Ishning maqsadi: Тalabalarni maqbul tavakkal nazariyasi bilan tanishtirish va 



tavakkalni hisoblashni o’rgatish. 

 

UMUMIY MA’LUMOТLAR 



 

1990 yil sentabrda Germaniyaning Keln shahrida faoliyat xavfsizligi 

bo’yicha Birinchi Butun jahon kongressi bo’lib o’tdi. Bu kongress «hayot 

xavfsizlikda» shiori ostida bo’lib o’tdi va unda faoliyat  xavfsizligini ta’minlashga 

ilmiy fan sifatida qaraldi. Bu anjumanda dunyoning turli joylaridan kelgan olim va 

mutaxassislar o’zlarining ma’ruza va xabarlarida doimo «tavakkal» tushunchasini 

qo’lladilar. Хavfsizlik bo’yicha bu tushuncha bizning texnik adabiyotlarimizda shu 

davrgacha  e’tirof qilinmagan va tarqalmagan edi. 

Тavakkalga V. Marshall quyidagicha ta’rif beradi: tavakkal - xavflarning 

amalga oshish, sodir bo’lish chastotasidir. 

Umumiy qilib aytganda tavakkal - xavflarni miqdor jixatdan sonli 

baxolashdir.  

Sonli baholash esa - ma’lum bir davr ichida sodir bo’lgan u yoki bu 

ko’ngilsiz oqibatlar sonining shu davr ichida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan 

ko’ngilsiz oqibatlar soniga nisbatidir.  

Тavakkalni aniqlash maboynida oqibatning sinfini ko’rsatish muximdir, 

ya’ni nimaning tavakkali degan savolga javob berish kerak. 

Rasman tavakkal - bu chastotadir, ya’ni takrorlanish sonidir. Lekin, tavakkal 

va chastota tushunchalarini xavfsizlik muammolariga nisbatan qo’llanilganda ular 

o’rtasidagi farq borligiga e’tibor berish kerak. “Ma’lum bir davr ichida sodir 

bo’lishi mumkin bo’lgan ko’ngilsiz oqibatlar soni” tushunchasini xavfsizlik 

muammolariga nisbatan ma’lum bir shartlar asosidagina qo’llash mumkin. 

Тavakkal shaxsiy (individual) va ijtimoiy (sotsial) turlarga bo’linadi.  

Shaxsiy tavakkal alohida bir shaxs uchun ma’lum turdagi xavfni 

xarakterlaydi. Ijtimoiy tavakkal - bu bir gurux odamlar uchun bo’lgan tavakkaldir. 

 

Ijtimoiy tavakkal – sodir bo’lgan hodisalar (xavflar) chastotasi bilan shu 



hodisalar natijasida zararlanganlar odamlar soni o’rtasidagi bog’lanishdir. 

Тavakkal va xavflarni jamoatchilik tomonidan qabul qilish sub’ektivdir. 

Ko’p sonli bir vaqtdagi yo’qotishlarga olib keluvchi yagona voqealarni insonlar 

birdaniga sezadi va qabul qiladi. Shu vaqtda xususiy voqea natijasida bir yoki 

 

9



uncha katta bo’lmagan odamlar guruxining xalok bo’lishi shov-shuvli xolatlarga 

olib kelmaydi. 

Ishlab chiqarishda bir kunda 40-50 odam o’lsa, mamlakat bo’yicha xar xil 

xavflardan 1000 odam xayotdan ko’z yumadi. Ammo bu ma’lumotlar bitta avariya 

yoki janjalda 5-10 kishining o’lishiga qaraganda uncha tafsilotli ko’rinmaydi. 

Bularni ma’lum bo’lgan tavakkal muammolarini o’rganganda albatta e’tiborga 

olish kerak. 

Тavakkalni baxolashda sub’ektiv kamchilikdan xolis bo’lgan usullar va 

uslubiyatlarni izlash muximdir. 

Mutaxassislarning fikricha xavflarni baxolashda tavakkalni ko’llash trofitop 

ko’rsatgichlarni ishlatishga karaganda ustunligini ko’rsatadi. 


Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling