Ўзбекистон республикaси олий тaълим, фан ва инновациялар вaзирлиги
TOVUQLAR OZUQA RATSIONINI GIDROPONIKA USULIDA
Download 2.39 Mb. Pdf ko'rish
|
ТЕЗИС конференция тўплами 2023й (2)
TOVUQLAR OZUQA RATSIONINI GIDROPONIKA USULIDA YETISHTIRILGAN OZUQALAR BILAN BOYITISHNING SAMARADORLIGI Abdisalomova M.A. Kuziyev M.S. Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat Universiteti, Uzbekistan, Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat Universiteti, Uzbekistan, *mirzohid_kuziev@mail.ru ., abdisalomovamunisa@gmail.com So`nggi yillarda mamlakatimizda hukumatimiz tomonidan tadbirkorlarga yaratilayotgan imkoniyatlar natijasida parrandachilik xo`jaliklari soni va mazkur xo`jaliklarda, yakka tartibdagi tadbirkorlik bilan shug`llanuvchilarda tovuqlar bosh soni kundan-kunga oshib bormoqda.Kundan kunga oshib borayotgan parrandalarni oziqlantirishda toʻla qiymatli tarkibga ega boʻlgan, mahalliy sharoitlarimiz uchun xos va tovuqlar tomonidan iste’mol qilinish darajasi va o`zlashtirish ko`rsatkichiyuqori bo`lgan, umuman olganda, import oʻrnini bosa oladigan ozuqalar bilan ta’minlash bugungi kunda qishloq xoʻjaligi xodimlari va biologiya sohasida tegishli izlanishlar olib borayotgan mutaxassislar oldida turgan muhim dolzarb masalalardan hisoblanadi. Shu munosabat bilan, bugungi kunda butun dunyoda biologik faol ozuqaviy qo`shimchalarning yangi manbalarini izlab topish vaulardan parranda ozuqalarini boyitishda keng qo’llash, parrandachilik mahsulotlarining biologik hamda ekologik xavfsizligini ta’minlash, ozuqalarning kimyoviy tarkibi va 19 biologik qiymatini oshirish, parrandachilik mahsulotlarning miqdoriy hamda sifat ko‘rsatkichlarini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Parrandachilik sohasida parranda ozuqa ratsionlarini to`yimliligini, yedirimliligini va hazmlanish ko`rsatgichlarini oshirirsh bo`yicha N. Yegorova, N. Tolstova (1987), A. A. Arkov (1990), O. V. Bogatova va boshqalar (1994), V. I. Fisinin (1996), E. Zadorojnaya (1996), T. M. Okolelova (1996), A. A. Arkhipov (1996), A. Ya. Senko, E. V. Miroshnikova (1997), A. Romashko (1999), F. M.) Sizov (1999), A.A.Vasilev (2015), L.A. Sivoxina (2014) va boshqalar turli noan’anaviy ozuqaviy qo`shimchalardan kengroq foydalanish imkoniyatlari bo`yicha tadqiqot ishlarini olib borgan [1]. Ushbu mualliflarning tadqiqotlarida noan’anaviy ozuqalarning tovuqlar mahsuldorligiga va tuxum sifatiga salbiy ta'siri boyicha ma’lumotlar keltirilmagan. Tovuqlar ratsionini boyitishda gidroponika usulida yetishtirilgan gidroponik yashil ozuqaviy qo`shimchalardan foydalanish ancha samaralidir. Bir qancha ilmiy adabiyot manbalaridan ma'lum bo'lishicha, gidroponik usulda yetishtirilgan yashil- yem- xashakda ko'p miqdorda A, D, E, C vitaminlari, mikroelementlar va boshqa to`yimli moddalar moddalar mavjud bo`lib ular o`zlarining biologic qiymati yuqoriligi, yengil hazmlanishi bilan ajralib turadi. Gidroponika usulida yetishtirilgan ozuqalarning ozuqaviy qiymatidonli ekinlar doni va yashil yem- xashakdan kam emas, tovuqlar ratsioni gidroponik ozuqalar bilan boyitilganda, uning umumiy ozuqaviy qiymati 13,4% ga, tarkibidagi kalsiy 34,0% ga oshadi.1 kg bug’doy doni gidroponika usulida o’stirilganda olingan yashil ozuqa massasi tarkibida- 15,0 % quruq moddalar, 3,6 %- xom protein, 0,41%- xom yog', 1,10% - xom tola, 1,60 g/kg -fosfor , 18,0 mg/kg karotinni saqlaydi [2].Shuningdek, o‘zining xossalari va xususiyatlariga ko‘ra gidroponika usulida yetishtirilgan ozuqalar fermentlar faolligini oshirishi, hazm qilish tizimining motor funksiyasini va hazm shirasining sekretsiyasini oshirishi kabi xususiyatlari bilan alohida ahamiyatga ega. Keltirib o‘tilgan ma’lumotlardan kelib chiqqan holda, parrandachilikda ya’ni tovuqlarni oziqlantirishda asosiy ozuqa hisoblanuvchi kombikormning5%i (quruq moddalar bo‘yicha) gidroponik yashil ozuqaga almashtirilishi, tovuqlarning tuxum mahsuldorligini 11,1% ga oshirishi adabiyot ma’lumotlaridan ma’lum [3]. Ushbu gidroponik usulda yetishtirilgan ozuqalar bilan ozuqa ratsionining boyitilishining amaliyotga joriy qilinishi mamlakatimizda parrandachilik sohasida to‘yimli moddalarga boy ozuqaga bo‘lgan talab ma’lum darajada qondiriladi va go‘sht, tuxum, tuxum-go‘sht yo‘nalishlarida boqilayotgan tovuqlar to‘yimli ozuqalar bilan oziqlantirilib, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ozuqa muammosining oldi olinadi, shu bilan birgalikda ushbu usulda ishlov berilgan ozuqalar xorijdan kirib kelinadigan 20 ozuqalar o‘rnini bosishi mumkin va shuningdek, turli zotga mansub bo‘lgan tovuqlarning mahsuldorlik ko‘rsatkichlarini saqlab qolishi va oshirish imkoniyatlarini berishi mumkin. Download 2.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling