Ўзбекистон республикaси олий тaълим, фан ва инновациялар вaзирлиги
QAFAS MOSLAMALARIDA BALIQ YETISHTIRISHNING O’ZIGA
Download 2.39 Mb. Pdf ko'rish
|
ТЕЗИС конференция тўплами 2023й (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Annotatsiya
QAFAS MOSLAMALARIDA BALIQ YETISHTIRISHNING O’ZIGA HOS JIHATLARI. Qaxramonov B.A., Zikriyoyev A.I. Toshkent Davlat Agrar universiteti. b.kaxramanov@mail.ru Alixonzikriyoyev30@gmail.com Annotatsiya: Ushbu tezisda hozirgi kunda O’zbekiston sharoitida “GOLDEN FISH” baliqchilik klasterida qafas moslamalarida baliq yetishni o’ziga hos xususiyatlari bo’yicha ma’lumotlar keltirilgan. “Golden Fish” kompaniyasi alohida hududlarda joylashgan 3 ta ishlab chiqarish quvvatida 113 baliq yetishtirish va ko‘paytirish bilan shug‘ullanadi. Ushbu klasterda Sibir osyotri (acipenser baerii), Forel (Oncorhynchus mykiss) baliqlari sadok usulida yetishtiriladi. Baliqlarni qafaslarda yetishtirish - dunyo akvakulturasida nisbatan yangi paydo bo’lgan biotexnologiya hisoblanadi. Qafaslarga o’xshagan moslamalardan foydalanish dastavval Osiyo mamlakatlarida ikki asr ilgari boshlangan .O’sha davr baliqchilari baliqlarni saqlashda va suvdan chiqarmasdan turib qisqa masofaga tashishda turli qafas moslamalaridan foydalanishgan. Qafas baliqchiligi jadal rivojlanib borishining asosiy sabablaridan biri bu yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish hamda har bir metr kub suvlikdan yuqori hajimda mahsulot olish hisoblanadi. Qafas moslamalari yordamida baliqlarni nafaqat hovuzlarda, balki ko’llarda, daryolarda, suv omborlarida, dengiz va okeanlarning qirg’oqoldi va ochiq qisimlarida yetishtirish mumkin.Respublikaning g`arbida, shimolida ko’p sonli ko’llar (Og`itma, Devxona, Tuzkon, Dengizko’l, To’dako’l, Sho’rko’l, Kattaqo`rg`on suv omborlari) va Arnasoy Aydar ko’llar tizimida ham qafasda tegishli baliq turlarini yetishtirish imkoniyati katta. O’zbekistonda qafas usulida baliq boqish imkoniyati ancha keng. Sovuqsevar baliq ob’ektlaridan qafasda etishtirish hozirgi kunda yaxshi natija berayotgan tur bu kamalak rang forel – Onsorhynchus mykiss, daryo foreli - Salmo truttalardir. Chunki ular qimmatbaho baliqlar hisoblanadi. Issiqsevar baliqlardan esa laqqa, daryo laqqasi va karplar eng yaxshi obektlar hisoblanadi. Qafasda eng qulay variant tovar baliq etishtirishdir. Tovar o’lchamiga yetmagan baliqlar suvlikning o’ziga quyib yuboriladi va bunda ko’lni baliqlashtirish rejasi ham bajariladi. Qafas moslamalari asosan ikki xil tuzilishda bo’ladi bular: statsionar ya’ni doimiy bir joyda turuvchi va suzib yuruvchi qafaslardir. Qafas usulida baliq boqishning ahamiyatli tomonlaridan qilib quyidagilarni ko’rsatish mumkin: 1)Qafasda yetishtirilgan baliqni qayiq orqali va sadoklarni yaxshilab bog`lab quyilgan joydan ovlash mumkin. 2)Baliq ovlash ancha qulay, baliqlar o’sishini kuzatish, oziqlantirish ancha qulay. 3)Har bir baliq zoti uchun alohida qafas quriladi. Shuning bilan birga qafaslar uchun ham talab va cheklangan so’roqlar bo’ladi, bular: 1)Balanslashgan yuqori darajali qo’shimcha omuxta yemdan foydalanish zarurligi; 2)Suv sifatini hamma vaqt monitoring qilib turish (suv harorati, suv tiniqligi, suvdagi erigan kislorod miqdori, suv muhiti (pH) va boshqalar; 114 3)Baliq kasal bo’lmasligi uchun profilaktik chora – tadbirlar. Agarda kasallik uchrab qolsa, darhol oldini olish va baliqlarni davolash; Qafaslar to’rida so’kilgan joylar uchrashi yoki brakonerlar tomonidan baliqlar ovlanishi mumkin.Shu sababdan qafaslarni nihoyatda qattiq qo’riqlash talab qilinadi. Download 2.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling