Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги наманган муҳандислик-педагогика институти


Ma’lumotlarni tasvirlash usullari, dasturiy


Download 1.52 Mb.
bet6/20
Sana08.03.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1253558
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
NamMPI BMI 81

4. Ma’lumotlarni tasvirlash usullari, dasturiy vosrta. Model yaratilgandan so‘ng dasturiy mahsulotga bog‘liq holda ma’lumotlarni tasvirlash usulini aniqlab olish kerak. Ko'pchilik EMBBT da ma’lumotlami ikki xil ko‘rinishda kiritish mumkin: a) shakllardan foydalanib; b) shakllardan foydalanmasdan. Shakl — foydalanuvchi tomonidan bazaga ma’lumotlarni kiritish uchun yaratilgan grafik interfeysdir.
5. Obyektning kompyuter modelining sintezi va uni yaratish texnologiyasi. Tanlab olingan dasturiy mahsulotning vositaviy imkoniyatlarini ko‘rib chiqib, kompyuterda EMBni bevosita yaratishga kirishish mumkin. EMBning kompyuter modelini yaratish jarayonida har qanday EMBBT uchun xoc bo‘lgan ayrim bosqichlarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
•EMBBTni ishga tushirish, EMBning yangi faylini yaratish yoki oldindan yaratilgan bazani ochish;
• dastlabki jadvalni yoki jadvallarnni yaratish;
ekran shakllarini yaratish;
• EMBni to‘ldirish.
EMBni to‘ldirish ikki ko‘rinishda olib boriladi:jadval ko‘rinishida va shakl ko‘rinishida. Bunda sonli va matnli maydonlarni jadval ko‘rinishida, MEMO hamda OLE turidagi maydonlarni shakl ko'rinishida to'ldirish lozim.
6. Yaratilgan EMB bilan ishlash. EMB bilan ishlash deganda quyidagi imkoniyatlar nazarda tutiladi:
• kerakli ma’lumotlarni izlash;
• ma’lumotlami saralash;
• ma’lumotlarni tanlab olish;
chop etish;
• ma’lumotlarni o'zgartirish va to'ldirish.
EMBBT bilan ishlaganda ekranga ishchi maydon va boshqaruv paneli chiqariladi. Boshqaruv paneli menyuni, yordamchi boshqaruv sohasini va yordam berish satrini o‘z ichiga oladi. Ularning ekranda joylashishi turlicha bo‘lib, konkret dastur xususiyatlariga bog‘liq. Ayrim EMBBTlari ekranga direktiva (buyruq)lar oynasini yoki buyruqlar satrini chiqarish imkoniyatiga ham ega.
EMBBTning muhim xususiyati — ayrim amallarni bajarish uchun oraliq saqlash buferidan foydalanishidir. Almashish buferi nusxalash yoki ko‘chirish amallarini bajarishda nusxa olinayotgan yoki ko‘chirilayotgan ma’lumotlarni vaqtincha saqlab turish uchun ishlatiladi. Ma’lumotlar yo‘qotilgandan so‘ng ham ular buferga joylashtiriladi va yangi ma’lumotlar qismi yozilguncha u yerda saqlanib turadi,
EMBBT dasturlari yetarli sondagi buyruqlarga ega b o ‘lib, ularning har birida turli parametr (optsiya)lar bo‘lishi mumkin. Buyruqlarning bunday tizimi qo‘shimcha optsiyalari bilan birgalikda EMBBTning har bir turi uchun o ‘ziga xos menyuni tashkil etadi. Menyudan bir buyruqni tanlash quyidagi ikki usuldan biri
orqali amalga oshirilishi mumkin:
• kursorni boshqarish tugmachalari yordamida tanlangan buyruq ustiga olib borish va enter tugmachasini bosish;
• tanlangan buyruqning birinchi harfini klaviaturadan kiritish. EMBBTlarining o ‘ziga xos xususiyatlariga qaramasdan, foydalanuvchi
ixtiyoriga beriladigan buyruqlar to‘plamini quyidagi guruhlarga bo'lish mumkin:
• fayllar bilan ishlash buyruqlari;
• tahrirlash buyruqlari;
bichimlash buyruqlari;
• oynalar bilan ishlash buyruqlari;
• EMBBTning asosiy obyektlarida (jadval, shakl, hisobot, so‘rov) ishlash buyruqlari;
• qo'shimcha ma’lumot olish buyruqlari.
EMBBT bilan ishlashni quyidagi umumlashgan texnologiya asosida olib borish mumkin (1.5.1-rasm).
EMB jadvallarining tuzilmasini yaratish. EMBning yangi jadvalini shakllantirish EMBBT bilan ishlaganda jadval tuzilmasini yaratishdan boshlanadi. Ushbu jarayon maydonlar nomlarini, ularning turlari va o‘lchamlarini aniqlashni o‘z ichiga oladi.

Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling