Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги низомий номидаги тошкент давлат
KOMPYUTER YORDAMIDA FIZIKA OʻQITISHNING OʻZIGA HOS
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
5297 253 Информатика (респ-ка)
KOMPYUTER YORDAMIDA FIZIKA OʻQITISHNING OʻZIGA HOS
JIHATLARI Tajiboyeva X.X., Usmonova SH.P. - TDPU Qurbanova Sh.A. - Toshkent turizm kolleji Respublikamiz prezidenta tashabbusi bilan barcha sohalarda islohotlar amalga oshirilmoqda. Sh bois, ham davr talabidan kelib chiqib fizika o‘qitishda turli xil texnologiyalardan foydalangan holda oquvchilarni qiziqishini oshirish dolzarb muammo hisoblanadi. Fizikani qiziqarli o‘qitish uchun nafaqat tajribalarni namoyish etish, amaliy laboratoriya ishlarini bajarish, balki darslarda turli xil ko‘rgazmali qurollardan ham foydalanish zarur. Ko‘rgazmali qurollar o‘quvchilarda hodisalar, mashinalar, asboblar obrazlarini yaratadi, fikrlashni faollashtiradi, o‘quv jarayonini jonlantiradi, o‘rganilayotgan materialga qiziqish va e'tiborni kuchaytiradi va shu bilan uni ma’lumotni chuqurroq o‘zlashtirishga yordam beradi. Bu imkoniyat ayniqsa, komp’yuterda amalga oshirilsa yanada maqsadga muvofiq boʻladi. Komp’yuter yordamida VI sinfdagi “Ichki yonuv dvigateli. Bug‘ turbinasi” mavzusini misol qilib ko‘rsatish mumkin. Bu mavzuni o‘tishdan oldin o‘qituvchi ichki yonuv dvigateli modelini komp'yuter vositasida detallarga ajratilgan xoldagi slaydlarini sinfga namoyish etadi va tushuntiradi. Quyidagi savollar dvigatel modeliga qarab tushuntiriladi: 1. Qanday dvigatel ichki yonuv dvigateli deyiladi? Yonilg‘i to‘g‘ridan-to‘g‘ri dvigatelning ichida, uning silindrida yonayotgani uchun ichki yonuv dvigateli deyiladi. 2. Ichki yonuv dvigateli qanday asosiy qismlardan iborat bo‘ladi? Dvigatel silindrdan iborat bo‘lib, uning ichida porshen yuradi, porshen tirsakli valga shatun yordamida biriktirilgan. Valning tekis aylanishi uchun valga salmoqli g‘ildirak (maxovik) o‘rnatilgan. Silindrning yuqoridagi qismida ikkita klapan bo‘lib, ular dvigatel ishlab turgan vaqtda kerakli vaqtda avtomatik ravishda ochilib, yopilib turadi. Yonuvchi aralashma silindrga birinchi klapan orqali kirib, svecha yordamida alanga oladi. Yonganda hosil bo‘lgan gazlar ikkinchi klapan orqali chiqarib yuboriladi. Bularning hammasi komp'yuter vositasida model orqali ko‘rsatib boriladi. Shunday qilib, dvigatelning asosiy qismlari: silindr, porshen, tirsakli shatun, val, salmoqli g‘ildirak, klapanlar, svechalar- alohida-alohida detallar keyin esa ish jarayoni namoyish etiladi. Bug‘ turbinasining modeli ham shu asosda komp'yuter vositasidagi modelga qarab tushuntiriladi, ya'ni oldin savollar beriladi. So‘ng shu savollar asosida javob berib boriladi. Jarayon bevosita detallarni alohida koʻrsatish bilan boshlanib ularning animatsiyalari orqali etabma-etab davom ettiriladi. Savollar quyidagilardan iborat: 1. Bug‘ turbinalari deb qanday issiqlik dvigateliga aytiladi? Bug‘ yoki yuqori haroratgacha qizdirilgan gaz dvigatelning valini porshen, shatun va tirsakli val yordamisiz aylantiradigan dvigatellar turbinalar deyiladi. 2. Eng sodda bug‘ turbinasining asosiy ishlash qismlari nimalardan iborat? Valga disk o‘rnatilgan bo‘lib, uning to‘g‘iniga kuraklar maxkamlangan. Kuraklar yaqiniga 339 kengayib boradigan trubalar-soplolar joylashtirilgan. Demak, sodda bug‘ turbinalarning asosiy qismlari: val, disk, kuraklar va soplolardir. 3. Bug‘ turbinasi qanday ishlaydi? Soplolarga qozondan bug‘ keladi. Soplolardan otilib chiqayotgan bug‘ oqimi kuraklarga ancha katta bosim beradi va turbinaning diskini tez aylantirib beradi(rasm yoki video roliklari keltiriladi). Bunday komp'yuter vositasida muammoli tarzda oqitish har bir o‘quvchining shaxsiy qobiliyatini kamol toptirish uchun sharoitlar bilan ta'minlash, ular uchun o‘quv jarayonining yana ham qiziqarliroq bo‘lishi imkonini beradi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling