Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги низомий номидаги тошкент давлат


-SINFDA TABIATSHUNOSLIK FANINI O‘QITISHDA AXBOROT


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet192/217
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1817381
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   217
Bog'liq
5297 253 Информатика (респ-ка)

 
4-SINFDA TABIATSHUNOSLIK FANINI O‘QITISHDA AXBOROT 
TEXNOLOGIYALARINING ROLI 
 
Tillaboeva N. - Bektemir tumani 293-maktab o‘qituvchisi 
 
Маmlakatimizda ta’lim tizimida maktab fanlarini o‘qitishda AKT dan samarali 
foydalanish dolzarb masaladir. Aynan axborot texnologiyalari ta’limning universal 
vositasi hisoblanib, nafaqat o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma va malakalarni 
shakllantirish imkonini beradi, balki shaxsiy xususiyatlarini rivojlantirish, bilishga 
qiziqishlarini qondiradi. Test topshiriqlarini bajarishda o‘quvchining ko‘zi, miyasi va 
qo‘llari ishtirok etadi, o‘yin elementlari esa ularda bajarayotgan ishlariga qiziqishni 
rivojlantirishga va demak, ta’lim jarayoni jadalligi kerakli darajasini ta’minlashda 
muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Testlardan tashqari krossvordlar, sxemalar, 
jadvallardan foydalaniladi, o‘quvchilar dars materiallarni mustaqil o‘rganishda 
bevosita kompyuterda ishlaydilar. 


341 
Maktabda mavjud bo‘lgan Internet tarmog‘i ishimizda katta yordam ko‘rsatadi. 
Internet – bu global axborot tizimi ekanligi barchaga ma’lum. U elektron pochta, izlash 
tizimlarini o‘z ichiga oladi va turli axborot resurslaridan foydalanish imkonini beradi. 
Undan kerakli axborotlarni topish, qayta ishlab chiqish va ularni ko‘paytirib, barcha 
kompyuterlarga o‘rnatib bolalarga mustaqil juftlikda, guruhda, individual ishlashni 
taklif etish mumkin. O‘quvchilarga turli xildagi topshiriqlarni taklif etish: tadqiqot 
o‘tkazish, asosiysini tanlash, taqdimot tayyorlash, jadvalni to‘ldirish imkoni paydo 
bo‘ladi. 
Axborot olishning boshqa bir usuli – dars davomida bevosita Internetdan axborot 
olish hisoblanadi. Internetdan avvaldan kerakli materialni topish, darsda esa uni 
o‘quvchilarga ko‘rsatish mumkin. Ishni o‘rganilgan material bo‘yicha dialog 
ko‘rinishida olib borish mumkin. 
Tabiatshunoslikni alohida o‘quv predmeti sifatida o‘qitish 4 – sinfda ham davom 
etadi. O‘quv materiali “Atrofimizdagi tabiat”, “Geografik xarita”, “Yer – Quyosh 
sistemasidagi sayyora”, “O‘zbekiston – globus va dunyo xaritasida”, “Tabiatning xilma 
– xilligi”, “O‘zbekiston tabiatini asraymiz”, “Foydali qazilmalar”, “Tabiat muhofazasi” 
kabi materiallarni birlashtiradi. 
“Yer – Quyosh sistemasidagi sayyora” mavzusi orqali o‘quvchilar globus-Yerning 
kichraytirilgan shakli ekanligi, Oy Yerning yo‘ldoshi, Yerning harakati, kun bilan 
tun, issiqlik va yorugʻlikning Yerda taqsimlanishi, Yerning sun'iy yo‘ldoshlari va 
raketalar haqidagi dastlabki bilimlarga ega bo‘lishadi. Amaliy ishlarni bajarish jarayonida 
yarim sharlar xaritasi, globus bilan ishlash, nechta okean, qita mavjudligi, bizning 
davlatimiz – O‘zbekiston Yer sharining qayerida joylashgan, nima uchun Oy 
yerning yo‘ldoshi deb atalishi, qaysi xususiyatlari bilan Yerdan farq qilishi, Quyosh va 
uning yerdagi hayot uchun ahamiyati, kun va tunning hamda yil fasllarining hosil 
bo‘lishi kabi savollarga javob topishlari va bajarishlari lozim.
Yuqoridagi savollarga javob topishda hamda ularni tasavvur qilishda kompyuter 
va axborot texnologiyalarinig ahamiyati katta. PowerPoint va boshqa dasturlar 
yordamida tayyorlangan animatsiyali slaydlar o‘quvchilarni shu osmon ob’ektlari 
haqidagi tasavvurlarini yanada rivojlantiradi. Bundan tashqari mavzuga oid 
videoroliklardan dars jarayonida foydalanish o‘quvchilarni mavzuga bo‘gan 
qiziqishlarini 
orttiradi. 
Bunday 
darslarni 
tashkil 
etishda 
kompyuter 
va 
videoproektorlarning ahamiyati katta. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling