Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ўрта махсус, касб-ҳунар таълими маркази


Download 4.59 Mb.
bet134/135
Sana21.11.2023
Hajmi4.59 Mb.
#1792145
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   135
Bog'liq
B majmua

Darsning jihozlari: Sinf doskasi va bo’r, darsliklar, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, ma’ruzalar matni, ko’rgazmali stendlar, ko’rgazmali qurollar, izohli lug’atlar, muammoli toshiriqlar majmuasi, testlar, tarqatma materiallar va kartochkalar.
Darsda qo’llaniladigan usullar: Aqliy hujum, dialog, kchik guruhlarda ishlash Mashg’ulotning xronologik xaritasi va darsning borishi:
Tashkiliy qism (5 minut): dars xonasining darsga tayorligini va sanitariya holatini kuzatish, davomatni qayd etish va o’quvchilarning darsga ruhan tayyorligini tekshirish.
Kirish qismi (Motivatsiya) o’tilgan mavzuni mustahkamlash (20 minut): O'qituvchi jurnalga yo'qlama qiladi va yangi mavzuni doskaga yozib qo'yadi hamda mavzuni tushuntirishda qaysi metoddan foydalanish to'g'risida qisqacha aytib o'tadi. O'tilgan mavzuni o'zlashtirganliklarini tekshirish uchun o'quvchilarni kichik guruhlarga bo`lib so`raydi
Yangi mavzu bayoni (45 minut)
Gruntning korrozion faolligi uning tarkibi, namligi, havo o’tkazuvchanligiga, yerdagi tuz va ishqorlarning miqdoriga va yerning elektr o’tkazuvchanligiga bog’liq. Quruq tuproq jihatdan uncha havfli emas. Namlik oshishi bilan, yerning korrozion faolligi ham oshib boradi. Maksimal korrozion faollik tuproqda 10 – 15% namlik bo’lganda bo’ladi. Lekin tuproq namligi 20 – 24% dan oshganda, korrozion faollik kamayadi. Agarda quvurga goh namlik, goh kimlorod ta’sir qilib tursa, unda korroziya kuchayadi. Umumiy qilib olganda, gruntning korrozion faolligi uning solishtirma elektr qarshiligi orqali aniqlanadi. Gruntning solishtirma elektr qarshiligini milliampermetr, elektr barayeyasi va ikkita elektrod qoziq yordamida aniqlash mumkin.
Bu qoziqlar gaz quvuri chuqurligicha qoqiladi va o’zgarmas tok manbasiga ulanadi. Hosil bo’lgan elektr zanjirida tok milliappermetr yordamida o’lchanadi va quyidagi formula orqali gruntning solishtirma elektr qarshiligi aniqlanadi:
p = K U/I
U – batareyaning kuchlanishi (v); I – tok kuchi (ma); K – o’lchov jihozining doimiylik koeffisenti; p – solishtirma elektr qarshilik (Om. m).
Yerning solishtirma elektr qarshiligi qancha ko’p bo’lsa, uning korrozion faolligi shuncha past bo’ladi va, aksincha.
Yerning korrozion faolligi yil fasllariga bog’liq. Odatda, bahorda va kuzda gruntning solishtirma qarshiligi past bo’ladi. Yerning korrozion faolligi uning yil davomidagi minimal elektr qarshiligi bo’yicha aniqlanadi. Yerning solishtirma elektr qarshiligiga qarab uning korrozion faolligi quyidagicha baholanadi:
Solishtirma elektr qarshilik 5 Om m gacha bo’lsa, o’ta yuqori korrozion faol grunt; 5 dan 10 Om m gacha bo’lsa, yuqori korrozion faol grunt; 10 dan 20 Om m gacha bo’lsa, ko’tarilgan korrozion faol grunt; 20 dan 100 Om m gacha bo’lsa, o’rtacha korrozion faol grunt; 100 Om m dan yuqori bo’lsa, past korrozion faol grunt hisoblanadi.
Gaz quvurining korrozion holatini hamda uning yerga nisbatan elektr potensialini, yer osti gaz quvurlaridagi daydi toklarning kuchini va yo’nalishini aniqlash uchun nazorat punktlarida elektr o’lchov ishlari olib boriladi. Gaz quvurlari uchastkalarida ularning elektr potensiali yerga nisbatan q 0,1 v va undan yuqori bo’lsa, bunday gazquvurlari elektr himoya usullariga muhtoj.

Download 4.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling