Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ўрта махсус, касб-ҳунар таълими маркази


Download 4.59 Mb.
bet40/135
Sana21.11.2023
Hajmi4.59 Mb.
#1792145
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   135
Bog'liq
B majmua

Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilar bilimini mustahkamlash va mustaqil fikrlashga o’rgatish


Darsning jihozlari: Sinf doskasi va bo’r, darsliklar, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, ma’ruzalar matni, ko’rgazmali stendlar, ko’rgazmali qurollar, izohli lug’atlar, muammoli toshiriqlar majmuasi, testlar, tarqatma materiallar va kartochkalar.
Darsda qo’llaniladigan usullar: Aqliy hujum, bahs-munozara, Klaster tuzish
Mashg’ulotning xronologik xaritasi va darsning borishi:
Tashkiliy qism (5 minut): dars xonasining darsga tayorligini va sanitariya holatini kuzatish, davomatni qayd etish va o’quvchilarning darsga ruhan tayyorligini tekshirish.
Kirish qismi (Motivatsiya) o’tilgan mavzuni mustahkamlash (20 minut): O'qituvchi jurnalga yo'qlama qiladi va yangi mavzuni doskaga yozib qo'yadi hamda mavzuni tushuntirishda qaysi metoddan foydalanish to'g'risida qisqacha aytib o'tadi. O'tilgan mavzuni o'zlashtirganliklarini tekshirish uchun o'quvchilarni kichik guruhlarga bo`lib so`raydi
Yangi mavzu bayoni (45 minut)

Shaxar, axoli yashaydigan qo’rg’onlar, sanoat korxonalari xududlari va x.k.z. yotqizilgan gaz quvurlarini ularning asosiy ko’rsatgichlariga qarab quyidagi turlarga bo’lish mumkin.


Gaz yoqilg’isining yetkazilib berilishi turlariga qarab: tabiiy gazlar, suyultirilgan uglevodorodli gazlar, suniy gazlar, aralashma gazlar va neft maxsulotlari bilan birgalikdagi «hamkor» gazlarga.
Gazning bosimiga qarab: past, o’rtacha, yuqori.
Yer satxiga nisbatan joylanishga qarab: yer ostida yotqizilgan, yer ustida yotqizilgan.
Gaz ta’minoti sistemasining xizmat turiga qarab; shaxar magis-tral gaz tarmoqlari, tarmoqlangan gaz quvurlari, gaz quvurining binoga kiritilishi, impulsli va tozalovchi gaz kuvurlariga.
Shaxar yoki axoli punktining joylanishga qarab: tashqi va ichki gaz quvurlari.
Kuvur materialining turiga qarab: metaldan va nometaldan tayyorlangan.
Gaz quvurlarining joylanish tasviriga qarab: xalka ko’rinishli, tarmoqli ko’rinishli va aralashma ko’rinishli.
Shaxar gaz tarmoqlarida gaz quvurlari asosiy element xisoblanadi. Gaz quvurlari gazning bosimiga va quvurning ishlatilishiga qarab ham sinflarga bo’linadi. Gazning maksimal bosimiga qarab shaxar gaz tormoqlari quyidagi guruxlarga bo’linadi.

  1. Past bosimdagi gaz quvurlari, gazning bosimi 5kPa gacha bo’lganda.

  2. O’rtacha bosimdagi gaz quvurlari gazning bosimi 5kPa dan 0,3MPa, (300 kPa) gacha bo’lganda.

  3. Yuqori bosimdagi gaz kuvurlari, gazning bosimi 0,3 Mpa dan 0,6Mpa (300- 600 kPa) bo’lganda va eng yuqori bosimdagi gaz quvurlari 0,6 MPa dan – 1,2 Mpa gacha (600-1200 kPa) bo’lganda.

Past bosimdagi gaz quvurlari, turar joy binolarini, uylarni, umumiy binolarni, umumiy ovqatlanish korxonalarini, isituvchi qozon qurilmalarini va maishiy xizmat kursatuvchi korxonalarni gaz bilan ta’minlash uchun xizmat qiladi. Past bosimdagi gaz quvurlariga kommunal maishiy istemolchilarni, unchalik katta bo’lmagan isituvchi qozon qurilmalarini ulash mumkin.
O’rtacha va yuqori bosimdagi gaz quvurlari (II kategoriyali) past va o’rtacha bosimdagi tarmoqli gaz quvurlarida o’rnatilgan gaz boshka ruv shaxobchalarini (GBSh) gaz bilan ta’minlash uchun xizmat kiladi. Bundan tashqari, maxalliy GBSh larni va gaz boshqaruv uskunalari (GBU) ni gaz bilan ta’minlashda, kommunal maishiy korxonalar va sanoat korxonalarni gaz bilan ta’minlash uchun xizmat ko’rsatadi.
Xozirda amal qilinayotgan miyoriy xujjatlarga asosan, isituvchi va issiqlik ishlab chiqaruvchi qozon qurilmalarida, kommunal va qishloq xo’jaligi korxonalarida gazning bosimi 0,6 Mpa (600kPa) gacha ruxsat etiladi. Maishiy xizmat ko’rsatuvchi korxonalarda, ishlab chiqaruvchi binolarda GBSh va GBU lar joylashgan bo’lsa 0,3 (300 kPa) Mpa bosimga ruxsat etiladi.
Eng yukori bosimdagi shaxar gaz tarmoqlari (I kategoriyali) yirik shaxarlarni gaz bilan ta’minlashda asosiy quvur xisoblanadi. Shuning uchun ham bu gaz tarmoklari to’lik xalka yoki yarim xalka ko’rinishli tasvirda loyixalanadi. Axoli punktlariga, kommunal va sanoat korxonalariga, qozon qurilmalariga va x. k. z. ko’rinishli istemolchilar-ga o’rtacha va yuqori bosimdagi gaz tarmoqlaridan gazlar faqat GBSh lar orqaligina istemolchilarga uzatiladi. Turli xil bosimdagi gaz quvurlarining o’zaro aloqasini ham faqat GBSh lar orqaligina amalga oshiriladi.
Gaz ta’minoti tarmoqlari gazning bosimi pog’onalariga qarab quyidagi guruxlarga bo’linadi.

  1. Bir pog’onali gaz quvurlari, gazning bosimi 5 kPa gacha bo’lgan

(3.1a - rasm).

  1. Ikki pog’onali gaz quvurlari to’plami past va o’rtacha yoki yuqori 0,6 Mpa bosimdan tashkil topgan (3.1b -rasm)

  2. Uch pog’onali gaz quvurlari to’plami past, o’rtacha va yuqori (0,6 Mpa gacha) bosimdan tashkil topgan (3.1v-rasm).



  1. Ko’p pog’onali gaz tarmoqlari to’plami past, o’rtacha va yuqori (0,6-1,2MPa gacha ) bosimlardan tashkil topgan.



a) bir pog’onali






b) ikki pog’onali
























v) uch pog’onali

Download 4.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling