Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ўрта махсус, касб-ҳунар таълими маркази


Download 4.59 Mb.
bet42/135
Sana21.11.2023
Hajmi4.59 Mb.
#1792145
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   135
Bog'liq
B majmua

Tarmoqlangan gaz quvurlari bu quvurlar orqali gaz sanoat korxo-nalariga kommunal maishiy korxonalarga, axoli istiqomat qiluvchi uylariga yetkazib beriladi. Tarmoqlangan gaz quvurlari gazning bosimiga qarab yuqori, o’rtacha va past bosimda, xalqa ko’rinishli va tarmoqli tasvirda loyixalanayotgan shaxarning relefiga qarab loyixanadi.
Abonent bo’linma, tarmoqlangan quvurdan aloxida istemolchilarga yoki bir gurux istemolchilarga berilishi mumkin.
Uy ichidagi gaz quvurlari, bino ichida gazni yetkazib berish uchun yoki aloxida uskunalarga gazni yetkazib berish kiradi.
Kichik shaxarlarda bir yilda umumiy sarflanayotgan gazning 40 foizi kommunal maishiy korxonalar uchun sarflanadi. O’rtacha, katta va yirik shaxarlarda esa bu ko’rsatgich umumiy sarflanayotgan gazning 20 foizidan oshmaydi. Shaxar gaz ta’minoti sistemalarida gaz quvurlari-ning umumiy uzunligining 70 foizdan 80 foizgacha, past bosimli gaz quvurlariga, faqatgina 20–30 foizgina o’rtacha va yuqori bosimli gaz quvurlariga to’g’ri keladi. O’zbekiston Respublikasi xududida past bosimli gaz quvurlari asosan yer ustidan o’kaziladi.Shaxar gaz ta’minoti sistemalarida quvurlarning ishonchili ishlashini ta’minlashning eng yaxshi yo’li bu xalqa ko’rinishli tasvirda gaz quvurlarni loyixalanishdir. Ammo xalqa ko’rinishli gaz quvurlari tarmoqli quvurlarga nisbatan ko’p metall sarflanadi. Kichik va o’rtacha shaxarlarda kupincha ikki pogonali gaz ta’minoti sistemasi loyixalanadi., quvurda gazning bosimi 0,6Mpa gacha bo’ladi. Agarda shaxarning markaziy qismida yuqori bosimli gaz quvurini yotqizish mumkin bo’lmasa u xolda uch pogonali (yuqori, o’rtacha va past) gaz quvurlari bo’ladi. Ko’p pogonali gaz ta’minoti sistemalari (0,6MPa) yirik shaxarlarda va viloyatlar oralig’i gaz ta’minoti sistemalarida ishlatiladi.
Yirik va o’rtacha shaxarlarda gaz quvurlari xalka tasvirda, kichkina shaxarlar uchun esa tarmoqli (boshi berk) tasvirda loyixalanadi. Tarmoqlangan gaz quvurlarining diametrlari 50 mm dan 400 mm. gacha bo’ladi. Yirik shaxar uchun loyixalanadigan gaz quvurlarining asosiy tasvirini qarab chiqamiz.
Gaz yoqilg’isi manbasi sifatida 1- magistral gaz quvuri xizmat ko’rsatadi. Magistral gaz kuvuriga gaz 2- gaz ta’minlovchi stansiya (GTS) orqali yetkazib beriladi. GTS dan gaz chiqayotganda uning bosimi 1,2 MPa pasaytiriladi va yukori bosimli gaz quvuri – 6 yetkazib beriladi.
Yuqori bosimli gaz quvuri xalka ko’rinishda loyixalanadi. Bu quvurga nazorat boshqaruv shaxobchalari (NBSh) yer osti gaz saqlagich ombor – 11 ga boglangandir. Yer osti gaz saqlagich ombori, nazorat boshqaruv shaxobcha (NBSh) va yuqori bosimli gaz quvurlari magistral gaz quvurlari sistemasiga kiradi.
Shaxar gaz ta’minoti quvurlari GTS va NBSh orqali ta’minlangan yuqori bosimli quvur – 7 dan boshlanadi.
Turli xil bosimdagi shaxar gaz ta’minoti quvurlari bir – biri bilan bog’lanishi gaz boshqaruv shaxobchalari orqali amalga oshiriladi. Agarda yer osti gaz saklagich omborlari gaz sarfining mavsumiy notekis sarflanishi uchun xizmat ko’rsatganda, sutkalik gaz sarfining notekis sarflanishni ta’minlashda 4 – gaz golder stansiyalari xizmat ko’rsatadi. Shaxardagi yirik istemolchilar (sanoat korxonalari, elektr stansiyalar, qozon qurilmalari) yuqori va urtacha bosimli gaz quvurlari orqali ta’minlanadi.
Shaxar gaz ta’minoti sistemalarining ishonchli va tejamkorli ishlashi ko’p xollarda gaz bilan ta’minlovchi stansiya (GTS) lar soniga ham boglikdir. Ilmiy izlanishlar va loyixalarning texnik iktisodiy asoslanishlari shuni ko’rsatadiki. Masalan: shaxardagi axoli soni 120 ming kishigacha –1. GTS, axoli soni 300ming kishigacha –2ta GTS, 500 ming kishigacha – 3ta GTS bo’lish taklif etiladi.




Download 4.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling