Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги самарқанд давлат чет тиллар институти
Download 2.8 Kb. Pdf ko'rish
|
ТУПЛАМ 6
- Bu sahifa navigatsiya:
- F.Bakiyev (SamDChTI o’qituvchi)
ADABIYOTLAR
1. “Barkamol avlod - O‘zbekistonning poydevori” Toshkent, 1998 yil. 2. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” Toshkent, 1997 yil 3. Shodiyeva Q. “O‘rta guruh bolalarning nutqini o‘stirish” Toshkent 1993 yil TARJIMASHUNOSLIK SOHASIGA AKTLARNING KIRIB KELISHI OMILLARI VA TARJIMONLAR UCHUN YORDAMCHI DASTURIY VOSITALARNING TURLARI F.Bakiyev (SamDChTI o’qituvchi) Internetning keng qamrovli qo’llanilishi hamda globallashuvning jadallashishi tarjima sohasiga ham katta o’zgarishlarni olib keldi. Ayniqsa, o’tgan asrning ikkinchi yarmidan BMT, Yevropa ittifoqi kabi ko’plab xalqaro tashkilotlarning tashkil etilishi kabi omillar tarjimaga bo’lgan ehtiyojni oshirib, bu sohada innovatsiya, sifat ta’minoti, tezkorlikni talab eta boshlagan. Birgina Yevropa Ittifoqi misolida Luksemburgdagi Tarjima markazi tomonidan 1995-yilda a’zo mamlakatlar tillariga tarjima qilingan ittifoqning 20 000 rasmiy hujjatlari soni 2001-yilga kelib 280 000ga yetganligini ko’rish mumkin [3]. Hozirda tarjima allaqachon katta biznesga aylanib ulgurgan. Ko’plab tadbirkorlik subyektlari uchun tarjima GILT biznesining bir qismi hisoblanadi. GILT inglizcha “Globalization, Internationalization, Localization and Translation”ning qisqartmasi bo’lib, globallashuv, xalqarolashtirish, mahalliylashtirish va tarjima ma’nosini anglatadi. Bu qisqartma GIL sifatida ham keng qo’llaniladi, chunki tarjima mahalliylashtirishning (inglizcha localization)ning bir qismi sifatida ko’riladi [1, 113]. Shu o’rinda tarjima sohasiga texnologiyalarning kirib kelishiga asosiy omillardan bo’lgan globallashuv va mahalliylashtirish atamalarining ta’rifiga to’xtalib o’tamiz. 20 Jahon iqtisodiyotining global xususiyatini anglatuvchi globallashuv (inglizcha globalization) atamasi tijoriy tarjimada xalqaro ahamiyatli tashkilotlar, kompaniyalarning veb sahifalarini boshqa tilli foydalanuvchilar uchun tarjimalarini yaratish yoki mahsulot tarjimasi hamda xalqaro bozor uchun marketing materiali sifatida qo’llaniladi [2, 4]. 1990-2011-yillar davomida faoliyat yuritgan Mahalliylashtirish sanoati standardlari assosatsiyasi (inglizcha Localization Industry Standards Association - LISA) mahalliylashtirish atamasi (inglizcha localization)ga mahsulotni sotish yoki undan foydalanish maqsadida biror mahalliy hudud (mamlakat / hudud va til) uchun lingvistik va madaniy jihatdan moslashtirish deya ta’rif bergan [5]. LISAga ko’ra mahalliylashtirish tarjimani taqozo etadi, shuningdek, u xitoy, koreys, yapon kabi tillar uchun ekran o’lchamlari, ranglar, yozuvlarni moslashtirishni talab etadi. Bundan tashqari, mahsulotni mahalliy bozorga moslash uchun telefon raqamlari, taksi yoki avtobus ma’lumotlari kabi vizual vositalarni o’zgartirish kerak bo’ladi [1, 113]. Shunday qilib, yuqorida ta’riflangan globallashuv va mahalliylashtirish tarjima sohasiga zamonaviy axborot texnologiyalarining kirib kelishining asosiy omillariga aylandi. 1988-yilda Jeyms Holmes o’zining “Tarjimashunoslikning nomi va xususiyati” nomli maqolasida tarjimadagi axborot texnologiyalarini tarjimaning alohida sohasi sifatida belgilab bergan edi [4, 16]. Tarjimashunoslikning barcha sohalarini o’zida aks ettirgan J.Holmesning “tarjima xaritasi” tarjima sohasini ikki katta guruh: sof va amaliy tarjimaga bo’lgan1-chizma). Tarjimashunoslik Sof Amaliy Nazariy Tasviriy Tarjimonlarni tayyorlash Tarjimon uchun Tarjima tanqidi yordamchi vositalar 1-chizma. J.Holmesning “tarjima xaritasi”. Yuqoridagi chizmada tarjmashunoslikning amaliy sohasida tarjimon uchun yordamchi vositalarga alohida o’rin berilganligini ko’rish mumkin. Isroil yetakchi tarjimashunos olimi Gideon Toury tarjimashunoslikning axborot texnologiyalariga oid ushbu sohasini quyidagi chizmada atroflicha yoritib beradi (2-chizma): |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling