Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги самарқанд давлат чет тиллар институти
Download 2.8 Kb. Pdf ko'rish
|
ТУПЛАМ 6
- Bu sahifa navigatsiya:
- HOFIZ SHEROZIY G’AZALINING QIYOSIY TAHLILI (Forscha-inglizcha) J.Mirzoyev (SamDCHTI o’qituvchisi)
ADABIYOTLAR 1. Basil Hatim and Jeremy Munday. Translation: An advanced resource book. London: Routledge publication, 2004. – 394 pages. 2. Esselink, B. A Practical Guide to Localization. Amsterdam and Philadelphia: John Benjamins, 2nd edn, 2000. 23 3. European Communities Court of Auditors, 2002. 4. Jeremy Munday. Introducing Translation Studies: Theories and applications. London: Routledge publication, 2016. – 376 pages. 5. https://web.archive.org/web/20110101184308/http://www.lisa.org/ 6. https://www.english-corpora.org/iweb/ 7. https://www.freetm.com/anywhere.html HOFIZ SHEROZIY G’AZALINING QIYOSIY TAHLILI (Forscha-inglizcha) J.Mirzoyev (SamDCHTI o’qituvchisi) Agar on turki sherozi ba dast orad dili moro, Ba xoli hinduyash baxsham Samarqandu Buxororo. (Agar ko’nglimni shod etsa o’shal Sheroz jononi Qaro xoliga baxsh etgum Samarqandu Buxoroni) Xurshid tarjimasi. Inglizcha varianti: That beautiful Shirazi Turk, took control and my heart stole, I’ll give Samarkand and Bukhara, for her Hindu beauty mole. Shahriar Shahriari tarjimasi, Los-Angeles, 1999. Ma’lumotlarga qaraganda, XIII asrda Xalokuxon (Xulagu) sulolasi tormor qilingandan keyin, ikki qabila turklar Eronga manzil izlab brogan va Sherozda qo’nim topganlar. Ularning avlodlarini “Turki Sherozi” deb ataganlar. (Sharhi Sudi, 1 jild). Ko’pchilik turki sherozi deganda turklarni nazarda tutadilar. Ammo mazkur misradagi “turk” so’zi mahbuba, ma’shuqa, chiroyli qiz, sevikli yor mazmunida ishlatilgan. “Ba xoli hinduyash baxsham Samarqandu Buxororo”- g’azalning ikkinchi satriga kelsak, bu xususda ikkita rioyat keltiriladi: “ Rivoyatlarga qaraganda, Amir Temur Sherozga kirib kelganida, unga yupungina kiyingan shoirni tanishtiradilar. Temur Hozizni ko’rishi bilan: Agar on turki sherozi ba dast orad dili moro, Ba xoli hinduyash baxsham Samarqandu Buxororo baytini g’azab bilan o’qigan. Hind xoliga Samarqandu Buxoroni baxsh etadigan inson boyu badavlat bo’lishi kerak. Hofiz aytadi: O’taketgan qo’li ochiqligimdan qasshoqligim shu joyga yetdi. Bu taqdim etishlardan men faqirman! Bu hozirjavoblik Temur g’zabini karamga almashtirshga majbur etgan. U shoirga sarpo in’om qiladi. Ikkinchi rivoyatda esa, Temur Hofizni chaqiradi: “Samarqand bilan 24 Buxoroning shuhrati hamma yoqni tutsin deb, butun dunyoni zabt qildim. Bularni bir go’zalning qaro xoliga tortiq qilib yuborishga qanday jur’at etding?” Hofiz aytadi: “Samarqandu Buxoroni” deganim yuq, “ba xoli hinduyash baxsham du sar qandu du xurmoro” deganman. Tarjimon inglizchaga, O’sha turki sherozi qalbimni o’g’irlab, qo’liga oldi, shuning uchun chiroyli hind xoliga Samarqandu Buxoroni hadya qilaman, deb tarjima qilgan. Tarjimon “ba dast orad dili moro”-ni qalbimni o’g’irlab, ustidan hukmronlik qildi deb tarjima qilgan. Ko’rinadiki tarjimon Hofizning nima demoqchi bo;layotganini ochib bergan. Qalb ustidan hukmronlik qilsa, demak uning asiri hisoblanadi. Fors adabiyotida “turk” obrazi mahbubai zebo, nozanin ma’nolari bilan mashhur. Rus tarjimasidagi “turchanka”, inglizchadagi “turk” asliyatdagi “turk” obrazining ma’nosini bermaydi. Shuning uchun “turk” so’zi o’rniga tarjima qilinayotgan tildagi mahbubai zebo, ma’shuqa so’zlarini ishlatish maqsadga muvofiq bo’lardi. Ko’rinib turibdiki, trajimada asliyatdagi turki sherozi (shirazi turk), xoli hindu (hindu mole), Samarqandu Buxoro saqlangan bo’lib, asliyatdagi mazmun berilgan. Bideh soqi mai boqi ki dar jannat naxohi yoft, Kanori obi Ruknobodu gulgashti Musalloro. (So’n, ey soqiy, maying oxirgacha – jannatda topmaysan, Bu Ruknobod qirg’og’idagi so’lim Musalloni.) Xurshid tarjimasi. Inglizcha tarjimasi: O wine-bearer, bring me wine, such wine not found in Heavens, By running brooks, in flowery fields, spend your days and stroll Hofiz tug’ilib o’sgan yurti Sherozni juda sevar, undagi Musallo bog’I, Ruknobod suvini qayta-qayta tilga olib vasf etgan. Obi Ruknobod - Sherozdagi buloqlardan yaralgan ariqdir. Bu suv mahalliy aholi uchun juda muqaddas hisoblanadi. Musallo – izohli lug’atlarda namoz va duo o’qiydigan joy, joynamoz ma’nolarida berilgan. Sherozda Musallo mavzei bor, u yer Sherozliklar uchun sayrgoh hisoblanib, “namozi idi fitr”, “namozi idi qurbon” o’sha yerda o’qiladi. Tarjimon inglizchaga : Ey soqiy, menga shunday may olib kelki, falakda topmasa kishi, Va har kuningni buloqlar qirg’og’ida, chamanzorlarda sayr etib o’tkaz, deb tarjima qilgan. 25 Ko’rinadiki tarjimada “mai boqi”, “jannat”, “obi Ruknobod”, “gulgashti Musallo” berilmagan. Bu esa Hofiz tug’ilib o’sgan yurtdagi muqaddas qadamjoylarni ingliz o’quvchisiga tanishtirmaganligidan dalolat beradi. Faqat jannat so’zi o’rniga “heaven” (falak) so’zi ishlatilgan. Nasihat go’sh kun jono, ki az jon do’sttar dorand, Javononi saodatmand pandi piri donoro. (Nasihat tinglagil, jono, tuturlar jonu dildan do’st, Aqlli, baxtli yoshlar hurmat aylab keksa dononi.) Xurshid tarjimasi. Heed the advice of the wise, make your most endeared goal, The fortune blessed youth, listen to the old wise soul. Hofiz donishmand, dono, oqil keksalarning pand nasihatini ulug’laydi, yoshlarga ulardan o’rnak olishlarini, doim ularning izidan yurishlariga safarbar qiladi. Shoir yoshlarni, kelajak avlodni jondan ortiq yaxshi ko’rib, ularga nisbatan qalbida bo’lgan his tuyg’ularni ushbu misrada bayon etgan. Bu yerda shoir yoshlarga bo’lgan munosabati, ta’lim – tarbiya va odob axloq masalasini ko’tarib chiqqan. Inglizcha tarjimasi: Oqillar nasihatiga quloq tut, murod maqsadingga yetasan, Taqdir yoshlarga kulib boqsin, eshitsang keksa dononi. Tarjimada asliyatdagi, “nasihat” (advice), “piri dono” (old wise), “javonon” (youth), “gush kun” (listen), saqlangan. Lekin tarjimada yangi so’z-iboralar ishlatilgan, jumladan, “make your most endeared goal” (murod maqsadingga yetasan), “the fortune blessed youth” (taqdir yoshlarga kulib boqsin). Bu so’z-iboralar bilan tarjimon g’azalning mag’zini ochib bergan. Ya’ni, agar sen oqilu donolarga quloq solsang, taqdir senga kulib boqadi va albatta sen murodingga yetasan. Hadis az mutribu may guvu rozi dahr kamtar ju, Ki kas nakshodu nakshoyad ba hikmat in muammoro. (Gapir cholg’uchidan, maydan – jahon sirrini kam izla, Yecholmas hech kishi hikmat-la bu og’ir muammoni. ) Xurshid tarjimasi. Inglizchasi: Tell tales of song and wine, seek not secret of the world, None has found and no-one will, knowledge leaves this riddle whole. Mazkur baytning mazmunini biz Hakim Umar Xayyom ruboiylarida ham uchratishimiz mumkin. Xayyom ruboiylarining asosiy mavzui may, 26 mutrib, soqiy, ko’za, ko’zagar, bulardan tashqari bihisht, do’zax, foniy va boqiy dunyo va shunga o’xshash dahriy muammolarni qamrab oladi. Hofiz ushbu g’azalida Hakim Umar Xayyom g’oyalarini ilgari surgan holda, “in muammoro” deganda, sevgi, muhabbat, ishq muammosini, ikkinchi tomondan esa o’tkinchi dunyo muammosini hech qaysi zamonda hikmat ila hech kim yecholmasligini ta’kidlaydi. Tarjimon esa, Qo’shiq va may qissasin aytgil, dunyo sir asrorlarini izlama, Hech kim topmagan, topmagay, hikmat ham yechmagay bu muammoni. G’azal guftivu dur sufti biyovu xush bixon Hofiz, Ki bar nazmi tu afshonad falak iqdi Surayyoro. (G’azal etdin-gu dur sochding, yoqimli kuyla, ey Hofiz, Falak nazmingga gavhardek nisor etsin Surayyoni.) Xurshid tarjimasi. Inglizcha tarjimasi: You composed poem and sang, Hafiz, you spent your days well, Venus wedded to your songs, in the firmaments’ inverted bowl. G’azal – dar asli lug’at, hadisi zanon va vasfi ishqbozi bo eshon va taxoluk dar do’stii eshon ast. Ishqbozi va muloibat bo zanon. ( ya’ni, g’azal ayollar haqidagi hadis, ular bilan ishqiy munosabat va bu ishq yo’lida halok bo’lish demakdir) Lekin tarjimada esa, “g’azal” o’rniga (poem) ishlatilgan. Bu esa g’azal ifodalangan ma’nolarni bermaydi. “Iqdi Surayyo” o’rniga esa (Venus, Venera, Zuhro, Chulpon) ishlatilgan. Iqdi Surayyo bu “yulduzlar shodasi” degan ma’noni bildiradi. Mazkur g’azal hazaji musammani solim vaznida yozilgan, ya’ni to’rt marta mafo’ilun (V - - -) takrorlangan. Qiyosiy tahlil shuni ko’rsatdiki, tarjima jarayonida tarjimon turki sherozi, xoli hindu, mai boqi, obi Ruknobod, gulgashti Musallo, jono, javononi saodatmand, pandi piri dono, mutribu may, rozi dahr, in muammo, g’azal guftan, dur suftan, iqdi Surayyo so’z-iboralarini tarjima qilishga qiyinchiliklarga duch kelgan. Ayrim hollarga xato kamchiliklarga duch kelgan. Tarjimada bo’g’inlar soni, qofiya berilgan. Hofiz g’azallari ham Hakim Umar Xayyom ruboiylari kabi dunyoga bir marta kelgan va ikkinchilab qaytarib bo’lmas durdonalardandir. Ular yuksak mahorat bilan yozilgan va ularda fors tilining o’ziga xos xususiyatlaridan shunday foydalanilganki, buni faqat sehrgarlik deyish |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling