Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги самарқанд давлат чет тиллар институти


Tarjimashunoslikning amaliy sohasi


Download 2.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/43
Sana31.01.2024
Hajmi2.8 Kb.
#1831891
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   43
Bog'liq
ТУПЛАМ 6

Tarjimashunoslikning amaliy sohasi 
 
Tarjimonlarni tayyorlash
Yordamchi vositalar 
Tarjima tanqidi 
Dasturlar
Hamkorlik
Qo’llanmalar 
•Mashina tarjimasi 
•Onlayn forumlar
•Atamalar bazasi 
•CAT dasturlari 
•Kraudsorsing
•Glossariylar 
•Soha mutaxassislari 
•Lug’atlar 
•Internet orqali qidiruvlar 
•Parallel korpuslar
2-chizma. Tarjimashunoslikning amaliy sohasi bo’limlari. 
G.Touryga ko’ra axborot texnologiyalariga asoslangan tarjimadagi 
yordamchi vositalar dasturlar, hamkorlik orqali yordam olish va foydali 
qo’llanmalardan iborat [4, 20]. Shu o’rinda tarjima jarayonida tarjimon 
uchun samarali vositalardan CAT dasturlari va korpus haqida to’xtalib 
o’tamiz.
CAT bu inglizcha Computer assisted (aided) translation ya’ni 
kompyuter dasturlari yordamida tarjima qilish ma’nosini anglatib tarjimonlar 
uchun maxsus tarjima dasturi hisoblanadi. Bunday dasturlarga SDL Trados 
Studio, Smartcat, MemoQ translator, Wordfast Anywhere (1-rasm) kabilarni 
misol qilish mumkin. Ushbu dasturlar avtomatik tarjima texnologiyasi bilan 
ta’minlanganligi, avtomatik tarjimani tahrir qilish funksiyasi mavjudligi, eng 
muhimi, atamalar bazasi, glossariylar hamda tarjima xotirasi (inglizcha 
translation memory) bilan jihozlanganligi bunday dasturlarning umumiy 
xususiyatlari hisoblanadi. CAT dasturlaridan foydalanib tarjima qilingan 
matnlar TM fayli sifatida saqlab qo’yish imkoniyati mavjud bo’lib, oldin 
qilingan tarjima ishlaridan keyingi tarjimalarda ham foydalanish imkoniyati 
mavjud, ya’ni bir sohaga oid turli matnlarda bir xil gap yoki so’z birikmalari 
uchrashi evaziga bir marta qilingan tarjima birligi eslab qolinadi, va CAT 
dasturida bunday birlikni qayta tarjima qilish ehtiyoji sezilmaydi.


22 
1-rasm. Wordfast Anywhere CAT dasturining ish oynasi [7]. 
Tarjimonlar uchun yana bir foydali vosita bu korpus hisoblanadi. 
Korpus bu elektron matnlar to’plami bo’lib, bunday matnlardan tarjima 
maqsadida foydalanish imkoniyati mavjud. Ingliz tilidagi katta hajmli 
korpuslar to’plamini english-corpora.org veb sahifasida topish mumkin. Bu 
yerdagi birgina IWeb korpusi 14 milliard so’zni o’z ichiga olgan [6]. Bunday 
korpuslardan tarjimon tomonidan amalga oshirilgan tarjimaning, to’g’rirog’i, 
tarjima birligining autintik inglizcha matnlarda mavjudligini tekshirish 
mumkin. Tarjimon uchun, ayniqsa, parallel korpuslar tarjima jarayonida 
samarali hisoblanadi. Chunki parallel korpusda tarjima qilinayotgan 
birlikning qanday tarjima qilinganligini ko’rish va tarjimon o’zining tarjima 
matnida korpusdagi tarjimani qo’llashi mumkin.
Xulosa sifatida aytish mumkinki, bugungi kunda sifat ta’minoti, 
tezkorlikni talab etayotgan tarjima sohasiga ko’plab axborot texnologiyalari 
kirib kelgan. Tarjimonlarni tayyorlashga yo’naltirilgan o’quv dasturlarida 
bunday tarjima texnologiyalarini o’rganish, ulardan foydalanishga alohida 
o’rin ajratish, hamda o’zbek tilida kerakli ma’lumotlar bazasini 
shakillantirish hozirda o’zbek tarjimashunosligida o’ta muhim vazifalardan 
biri hisoblanadi.

Download 2.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling