Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги самарқанд давлат чет тиллар институти
ANTONIMLIK MUNOSABATINING IFODALANISHI
Download 2.8 Kb. Pdf ko'rish
|
ТУПЛАМ 6
ANTONIMLIK MUNOSABATINING IFODALANISHI. KONVERSIV ANTONIMLAR Qo‘ldoshov O‘.O‘. (SamDCHTI katta o‘qituvchi) Tilning semantik jihatini o‘rganishda antonimlik hodisasi ham muhim o‘ziga xos o‘rin tutadi. An’anaviy semantika antonimlikka ma’nolarning qarama qarshiligi deb qaraydi. Lekin zamonaviy semantikaning rivojlanishi bilan antonimlik haqida yanada chuqurroq ilmiy va tavsilotli tadqiqotlar paydo bo‘lmoqda. Zamonaviy tilshunoslikda olib borilgan ilmiy tadqiqotlarda, ayniqsa, Jon Layonz (John Lyons) tadqiqotlarida antonimlik hodisasining yangi qirralari ochib berildi. Zamonaviy semantika antonimlarni semantik oppozitsiya nuqtai nazaridan 3 guruhga bo‘lib o‘rganishni taklif etmoqda. Ular: qarama-qarshi antonimlar (contrary antonyms), bir-birini to‘ldiruvchi yoki komplementar antonimlar (complementary antonyms) va konversiv antonimlar (converse antonyms). Qarama-qarshi antonimlar (contrary antonyms) - bu wide/narrow, old/young, big/small kabi juft so‘zlar shaklidagi ma’no oppozitsiyalarining bir turi. Bunday antonimlar predmetning belgisini daraja nuqtai nazaridan ifodalovchi qarama qarshi so‘zlar sifatida namoyon bo‘ladi. Shu sababli, 15 masalan, yo‘l keng, juda kenga va boshqasidan ko‘ra kengroq bo‘lishi mumkin. Bu shundan dalolat beradiki, qarama-qarshi antonimlarda semantik qutblilik nisbiy va oppozitsiya darajalanadi. Shu sababli, ba’zi tilshunoslik kitoblarida bu turdagi antonimlar “darajalanuvchi antonimlar” (gradable antonyms) deb ham ataladi. Bu shu ma’noni anglatadiki qarama-qarshi antonimlar (contrary antonyms) ikki qutbning eng ekstremal nuqtasini ifodalab keladi. Ya’ni, ikki qarama qarshi antonim so‘zlarning orasida turli darajadagi soz’lar joylashgan bo‘ladi. Masalan, beautiful - ugly va love – hate juftliklari orasida quyidagi darajalanuvchi sifatlar joylashgan bo‘lishi mumkin: beautiful ─pretty ─ good-looking ─ plain─ ugly love – attachment – liking – indifference – antipathy - hate. Bir-birini to‘ldiruvchi, ya’ni komplementar antonimlar (complementary antonyms) binar semantik kontrast hosil qiladi, ya’ni bu turda juft so‘zlar bir birini to‘ldirish xarakterida bo‘ladi. Masalan, male – female, boy – girl juftliklari. Male so‘zi female so‘zining komplementaridir va aksincha. Bu munosabatda bir jihatning tasdig’i, boshqa bir jihatni rad etadi, va aksincha, bir jihatning rad etilishi boshqa bir jihatning tasdiqlanishiga olib keladi. Qarama-qarshi antonimlar (contrary antonyms)dan farqli ravishda komplementar antonimlar (complementary antonyms) bir butun semantik maydonni ikki qismga ajratib yuboradi. Masalan, male – female juftligi bir xil semantik maydonga oid: insonning jinsini ifodalab kelmoqda va bir butunlikdagi “human” semantik maydonini bo‘lib yubormoqda. Biz male/female juftligini man va woman, boy va girl so‘zlari orasidagi binar oppozitsiy sifatida ham olishimiz mumkin: man [+Human, +Adult, +Male] woman [+Human, +Adult,–Male] boy [+Human, –Adult, +Male] girl [+ Human, –Adult, –Male] Yuqoridagi komponent tahlil shuni ko‘rsatmoqdaki, “man va woman” antonimlari bir xil semantik xususiyatga ega [+Human], [+Adult]. Yagona oppozitivlik - bu “man” erkak jins [+Male], woman “ayol jins” female [- Male]. Komplementar antonimlar haqida shunday xulosaga kelishimiz mumkinki, ular faqat bitta qarama-qarshi semantik xususiyatga ega bo‘lishi kerak. Shu ma’noda, “man and boy” hamda “woman and girl” so‘zlarini ham antonimik juftliklar deya olamiz, zero, har ikki juftlik faqat balog’at yoshi jihatidan [± Adult] qarama-qarshilikka ega. Konversiv antonimlar antonimlikning maxsus turi bo‘lib, bunda 16 antonim so‘zlar darak-inkor shakldagi oppozitsiyani hosil qilmaydi. Bular ikki tushuncha orasidagi o‘zaro aloqador qarama-qarshilik (relational opposition)ni ifodalab keladi. O‘zaro aloqador qarama-qarshilikka ingliz tilida buy – sell, give – receive, parent –child, debtor – creditor, above – below kabi juftliklar orasidagi munosabatni misol qilib ko‘rsatishimiz mumkin. Buy fe’li sell fe’lining konversiv jufti va aksincha: Agar Anvar Botirga soat sotsa unda Botir Anvardan soat sotib oladi. (Anvar sells a watch to Bobur , Bobur buys a watch from Anvar). Xuddi shunday munosabatni above – below predloglari orasida ham kuzatishimiz mumkin: Agar Soat doskaning tepasida bo‘lsa, unda doska soatning pastida bo‘ladi. (The watch is above the blackboard, the blackboard is below the clock). Diqqat bilan tahlil qilar ekanmiz, bu tur antonimlik to‘liq qarama- qarshilikni ifodalamaydi, bunda ma’nolarning o‘zaro tobeligi kuzatiladi, ya’ni o‘zaro qarama-qarshi juft so‘zlarning biri ikkinchisining mavjudligini taqazo etadi. Masalan, agar sotib olish (buy) bo‘lmasa sotish (sell) bo‘lmaydi, ota-ona (parent) bo‘lmasa farzand (child) ham bo‘lmaydi. Shu munosabat bilan, konversivlik bunday tobelikning simmetrikligi bo‘lmagan komplementar antonimlardan farq qiladi. Mana shu holat ushbu tur antonym bilan oldingisining asosiy farqi hisoblanadi. Download 2.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling