Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги самарқанд давлат чет тиллар институти
Download 2.8 Kb. Pdf ko'rish
|
ТУПЛАМ 6
- Bu sahifa navigatsiya:
- INGLIZ TILINI IDIOMALAR ORQALI INTENSIVE O’RGANISH METODLARI Sharofova D.F (SamDCHTI o’qituvchisi) Ro’ziyeva S.S.(SamDCHTI talabasi)
REFERENCES
1. Barkhudarov L.S. (1975). Yazik i perevod (Language and translation). Moscow: Visshaya shkola. 147. 2. Sayfullayev A. (2016). Problems of rendering prepositions in translation. 5-7. 3.Komissarov V.N. (1973).Word translation. Moscow: Prosvesheniye. 145. 4. The Mirror ( 25th February) 5. The Guardian ( 25th February) 6. The New York Times ( 13th March) INGLIZ TILINI IDIOMALAR ORQALI INTENSIVE O’RGANISH METODLARI Sharofova D.F (SamDCHTI o’qituvchisi) Ro’ziyeva S.S.(SamDCHTI talabasi) Bilamizki, hozirgi vaqtga kelib barcha chet tili o’rganuvchilari o’z nutqini ta’sirli, ifodali, tabiiy va mazmunli qilish usullari haqida ko’p bosh qotirishadi. Kimlardir lug’at boyligini oshirish, yana kimlardir sinonimlar ro’yxati yodlab tilni chuqur o’rganmoqchi bo’lishadi. Mening fikrimcha esa, eng to’g’ri yo’l idiomalar bilan ishlashdir. Chunki idiomalardek nutqni ta’sirchan, jozibali va chuqur ma’noli qiladigan birlik bo’lmasa kerak. Ahamiyatlisi shuki, idiomalar barcha tillarda, xususan, o’zimizning o’zbek 48 tilida ham ko’p qo’llaniladi va bu yo’nalish keng qamrovlidir. Aslida, idiomalar nima? Ular qanday ma’noni anglatadi? Mavzuga kirishdan oldin, albatta, bu savollarga javob olish muhimdir. Demak, Idiomalar ( yunoncha – xususiyat, o’ziga xoslik ) – frazeologizmlarning turi bo’lib, muayyan bir tilga xosdir va boshqa tillarga aynan tarjima qilib bo’lmaydigan nutq birligi hisoblanadi. Idioma bu sobit ifoda, uning ma’nosini chiqarib bo’lmaydi. Ushbu holat tilshunoslikning odatidir. Bunda bir fikrni bir necha so’z bilan qisqartirish va shu kabi kontseptsiyani o’xshash fikrda bo’lganlarga yetkazish imkonini beradi. Shuni ta’kidlab o’tish joizki, idiomalar insonlarning kayfiyatini (Have the blues, Black mood), ichki kechinmalarini (Off your rocker), pozitsiyasini (Face the music) va xarakterini (Heart of gold, Good as gold) anglatadi. Shuningdek, ba’zan tabiat hodisalarini (Raining cats and dogs), ranglarni (To go red, As red as cherry) va hokazolarni ham idiomalar shaklida ochib berish mumkindir. Adabiyotda idiomalardan foydalanish. Frazeologik birliklarlardan foydalanilmagan biron bir asarni tasavvur qilish qiyin. Ulardan foydalanilmasa adabiy nutq so’nadi va go’yo sun’iy bo’lib qoladi. Shu sababli ba’zi Ingliz tilidagi idiomalar shu qadar tabiiy ravishda yashaydiki, ba’zida ular ishlatish vaqtida sezilmaydi. Idiomalarning adabiyotdagi eng mu him xususiyati ularning obrazli bo’lishidir. Akademik N.M.Shanskiy, shu xususiyati sababli bo’lsa kerak, “Miniatyura san’at asarlari” deya ta’rif bergan. Ommaviy axborot vositalarida idiomalardan foydalanish. Zamonaviy gazeta va jurnallar o’zlarining materiallari taqdimotini ifodali va ta’sirchan qilishga harakat qilmoqda. Ommaviy axborot vositalarining tili nafaqat biron bir ob’ekt yoki hodisani aniqlash, balki muallif tomonidan ularning bahosini ko’rsatish uchun barqaror burilish qobilyatiga boyitilgan. Jurnalist idiomalardan qanchalik ixtirochilik bilan foydalansa, shunchalik jozibali materialga ega bo’ladi va o’quvchining unga munosabati shunchalik adekvat bo’ladi. Ingliz tilidagi idiomalar Ingliz lug’atining muhim qismini tashkil etadi. Boshqa tillarga tarjima qilish jarayonida qiyinchiliklar tug’diradi. Bizning tilimizda bo’lgan kabi Ingliz tilida ham frazeologik qo’shimchalar turli xil nutq uslublarida va turli adabiy janrlarda qo’llaniladi.. Ularning ba’zi frazeologik birikmalari tez-tez, boshqalari kamroq ishlatiladi, ammo ularning har biri milliy til va milliy tarixning “oltin zaxirasi”dan donadir. Ingliz idiomalarining yana bir xususiyati otni aniqlab kelgan sifat 49 tushirib qoldirilgan holatlar ham uchraydi. Masalan, “Dry pruning” ideomasini olsak. Bu idiomani so’zma-so’z tarjimasi “Quruq butash” bo’ladi. So’z birikasinig manosi daraxt shoxlari quruq bo’lgan paytda qilingan butashni ifodalaydi. Idiomalar tarjimasi bo’yicha O.V.Petrova shunday deydi: “Tarjimaning muayyan usulini tanlash asosan idioma komponentlari o’rtasidagi semantik aloqalar, grammatik norma hamda tarjima tilidagi so’z birikmasini hosil qilish xususiyatlari bilan belgilanadi” Frazeologik birliklar har bir tilda tashkil topish jihatidan ijtimoiy- tarixiy hodisalar, aqliy va ruhiy holatlar, din, milliy an’ana va urf-odatlarni o’z ichiga oladi. Turli xil geografik nomlar frazeologik birliklarning tarkibiy qismi bo’lishi mumkin; Do in Rome as the Romans do. Idiomalar bir tildan boshqa tilga to’rt yo’l orqali tarjima qilinadi: 1. Grammatik, semantik va uslubiy moslashishlar orqali; 2. Semantik ekvivalentlar orqali; 3. Kalka orqali 4. Tasviriy (bayon) tarjima orqali. “Fikr isboti bilan” degan naqlga amal qilgan holda, o’z tushunchamni bir nechta misollar bilan tushuntirmoqchiman. Ma’lumki, o’zbek va Ingliz tillaridagi ba’zi idiomalarning har ikkala tilda ham ekvivalenti mavjud. Masalan, “Biror kishi(narsa)ni besh barmoqday bilmoq” idiomasi Ingliz tiliga shu kabi tarjima qilinadi, ya’ni “To know somebody(something) like the palm of one’s hand”. Ikki tildiga bu idiomalar tilshunoslikda ekvivalentni hosil qiladi, chunki ma’no-mazmuni va eng muhimi o’xshatlgan so’zlar o’xshash. Yoxud “Baribir, farqi yo’q” idiomasi Ingliz tilida “All the same” deb yuritiladi. Ko’rinib turganidek ushbu idioma ham teng juftiga ega ekan. Ammo shunday idiomalar borki ikki tilda o’z juftiga ega va ma’no jihatdan bir xil-u, mohiyatan turlicha. “An apple someone’s eye” idiomasini misol qilib oladiga bo’lsak. Bu ideoma o’zbek tilida “Ko’z qorachig’idek asramoq” deya yuritiladi. Sezib turganingizdek, ma’nosi bir, biroq mohiyatan, so’zlar tarjimasi turlicha. Yoki “Be up to one’s ears” ideomasi o’zbek tilida “Ishi boshidan oshib yotmoq” shaklida keladi. Quloq va bosh orasida yer bilan osmoncha farq mavjud. Bu holatda ham oldingisi kabi vaziyat kuzatilmoqda. Tarjimada 2 tildagi idiomalarning asosiy tuzilishining Grammatik shaklini saqlab qolish muhimdir. Aks holda uslubiy va pragmatik ma’nolar tarjimada aks ettirilmay qolishi mumkin; Devorning ham qulog’I bor – Walls have ears (mumkin), Wall has an ear (mumkin emas). Frazeologik birliklarni obrazli asosda tarjima qilayotganda ularni 50 ifodalashda anniq namunalar, qoidalar mavjud. Bular: 1. Umumiy obrazlilikni saqlash; 2. Obrazlilikni qisman o’zgartirish; 3. Obrazlilikni umuman o’zgartirish; 4. Obrazlilikdan vos kechish. Umumiy bir tarzda aytganda, idiomalarni tarjima qilish hamma vaqt ham oson ish emas. Idiomalarning ko’pchiligi emotsional va ekspressiv ma’no tashiydi va milliy xususiyatga ega. Demak, xulosa qilib aytganda, idiomaar gap tarkibida yaxlit holda bitta so’roqqa javob bo’ladi va bitta gap bo’lagi vazifasida keladi. Idiomalar nutqni ta’sirchan va jozibali qiladi. Idiomalar u yoki bu xalqning butun tarixi davomida to’planib, bugungi kungacha saqlanib qolgan donoligidir. Download 2.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling