Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги самарқанд давлат чет тиллар институти


Download 2.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet28/43
Sana31.01.2024
Hajmi2.8 Kb.
#1831891
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   43
Bog'liq
ТУПЛАМ 6

 
REFERENCES 
 
1. Black, E. (2005). Pragmatic stylistics. Edinburgh University Press. 
2. Catford, J.C. (1978). A linguistic theory of translation. Oxford 
University Press.
3. Naciscione, A (2010). Stylistic use of phraseological units in 
discourse. John Benjamins Publishing Company.
4.http://ziyouz.com/books/uzbeknasri/Abdulla%20Qahhor%20Dahsha
t%20to’plami.pdf
5.http://n.ziyouz.com/books/nasri/Tog’ay%20Murod%20Oydinda%20
yurgan%20odamlar%20(qissa).pdf
 
USLUBIY VOSITALAR VA ULARNING SINXRON 
TARJIMADA QO‘LLANILISHI 


89 
Farmonov Sh. (SamDCHTI magistranti) 
Sinxron tarjima tadqiqotchilarining aksariyati strategiya deganda 
asliyat tilidan tarjima tiliga tarjima qilishda xabarga ishlov berishdagi 
konferensiya tarjimoniga zaruriy ko‘nikma yoki ma’lum bir mahoratlarni 
tushunadilar. 
Stilistika fani ham qadimiy, ham juda yosh fan. Chunki antik davrdan 
boshlab til mulokot muxiti, situatsiya, gapiruvchi va tinglovchining 
munosabatiga qarab farqlangan. Lekin qadimgi greklar va rimliklar uchun 
stilistika amaliy xarakterga ega bo‘lgan va ma’lum masadlarga erishish 
uchun tildan kanday foydalanish to‘grisidagi fan bo‘lgan. 
Metafora (metaphore) - Ikki predmetning o‘xshash sifatini ko‘rsatish 
uchun boshqa ma’noda ishlatiladigan so‘z yoki fraza. Adabiyotda biror xolat 
yoki fikrni ifodalash uchun ishlatiladi. Irina Vladimirovna Arnol’dning 
“Стилистика современного английского языка “ kitobida metafora 
quyidagicha ta’riflagan - metafora bir predmetni boshqa bir predmet nomi 
bilan atash orqali qiyoslash va shu yo‘l bilan uning muhim bir xususiyatini 
kursatish [23,116p.] 
Arnol’d, shuningdek kengaytirilgan metaforaga xam ta’rif berib 
o‘tgan. Uning fikricha, kengaytirilgan metafora metaforik jixatdan 
ko‘llangan bir necha so‘zdan iborat bo‘ladi va ular bir-birini to‘ldirib bitta 
obraz yaratishga xizmat qiladi [23, 156 c.]. 
I.R.Galperin o‘zining "Stylistics" kitobida metaforaga kuyidagicha 
ta’rif bergan - metafora bu ikki predmetning ma’lum xususiyatlari 
o‘xshashligiga asoslangan lugaviy va kontekstual logik ma’nolar orasidagi 
munosabat. Galperin metaforani ikki guruhga bo‘lgan: eskirgan yoki 
yo‘kolib borayotgan (trite mataphore) va yangi ifodali metaforalarga 
(genuine mataphore). " A ray of hope ", "floods of tears", "a storm of 
indignation", "a shadow of a smile" kabi birikmalar eskirgan , ya’ni ko‘p 
ko‘llangan metaforalarga misol bo‘la oladi. Eskirgan yoki yo‘qolib 
borayotgan 
metaforalarni 
yangilash 
mumkin. 
Bunday 
metaforalar 
yangilangan (sustained or prolonged) metaforalar deyiladi [14, 143 p.]. 
Metanomiya(metonomy)- Bu bir predmetning nomining unga boglik 
bo‘lgan boshqa bir predmet nomi o‘rnida ishlatilishidir. Masalan" Britaniya 
Bosh Vaziri o‘rnida - Downing street so‘z birikmasi jurnalistlar tomonidan 
ko‘llanilar ekan. 
Arnol’dning ta’rificha, metonomiya bu ikki predmetning o‘zaro 
alokadorligi, boglikligiga asoslangan uslubiy vositadir. Unda bir 
predmetning nomi o‘rnida u bilan ichki va tashki jixatdan o‘zaro boglik 


90 
bo‘lgan predmetning nomi ishltiladi. Bu alokadorlik predmet va u tarkib 
topgan jism o‘rtasida, odamlar va ular joylashgan joy o‘rtasida, jarayon va 
uning natijasi o‘rtasida, biror faoliyat va uning kuroli o‘rtasida bo‘lishi 
mumkin[23, 158 c.]. 
Galperinning fikriga ko‘ra esa, metonomiya lugaviy va kontektual 
ma’nolar orasida munosabatlarga asoslanadi. Bu munosabat ikki predmet 
orasidagi o‘xshashlikka emas, balki alokadorlikka asoslangan bo‘ladi. 
Masalan, toj (crown) so‘zining kirol yoki kirolicha (queen or king) o‘rnida 
stakan yoki piyola (cup or glass) uning ichidagi ichimlik o‘rnida ishlatilishi 
metonimiyaga misol bo‘la oladi. [14, 133 p.] 
Shuningdek Hand so‘zining worker o‘rnida , Cradle (beshik) so‘zining 
infancy (bolalik), grave (kabr) death (o‘lim) so‘zi o‘rnida ishlatilishi eng 
ko‘p ko‘llaniladigan metonomiyalardan bo‘lib xisoblanadi. metonimiyaga 
asos bo‘lgan alokadorlik turlaringing asosiylari kuyidagilar: 
1. Konkret predmet abstrakt premet o‘rnida ishlatiladi. Bunda predmet 
abstrakt tushunchaning ramzi bo‘ladi - For rich men's sons are free ; 
2. predmet o‘rnida u joylshgan joy nomi ishlatiladi. The hall 
applauded ; 
3. Yaqinlik munosabati - the round game table was boisterous and 
happy..; 
4. predmet o‘rnida u tarkib topgan jism ishlatiladi. The table spoke ; 
5. Ish yoki bajaruvchi o‘rnida ish quroli ishlatiladi. As the sword in the 
worst argument that can be used, so should it be the last. 
Sinekdoxa (synecdochy)- Metonimiyaning bir ko‘rinishi bo‘lgan 
sinekdoxa butunning nomini uning biror kismi bilan, umumiy narsaning 
nomini uning biror bo‘lagini nomi bilan, ko‘plik son nomini birlik son nomi 
bilan, birlik son nomini ko‘plik son nomi bilan ifodalashda namoyon bo‘ladi. 
[14, 138 p.] 
Arnol’dning qayd etishicha , ear va eye so‘zlaringing birliklarda 
ko‘llanilishi sinekdoxaning xususiy bir ko‘rinishidir. Ingliz va rus tillaridagi 
pluriatantumning birlikda ko‘llanilishi stilistik bo‘yoqdorlik kasb etsa, 
o‘zbek tilida esa bunday emas. Ko‘z, kulok, oyok, ko‘l kabi tana a’zolari juft 
bo‘lgani xolda, ular o‘zbek tilida birlik sonda ko‘llaniladi. Bu, albatta, 
tillararo lugaviy assimetriyaning namoyon bo‘lishidir[23,136 p.]. 
Kinoya (irony) - Galperinning ta’rificha, kinoya bu lugaviy va 
kontekstual ma’nolar asosidagi munosabatga asoslangan stilistik vosita 
bo‘lib, bu ikki ma’no bir-biriga karama-karshi bo‘ladi. 
Masalan, It must be delightful to find oneself in a foreign country 


91 
without a penny in one’s pocket. Misoldagi delightful o‘z lugaviy ma’nosiga 
karama-karshi ma’noda kelgan. Ko‘p xollarda kinoyani intonatsiyadan bilish 
mumkin. 
Arnol’dning fikricha, kinoya bu so‘zning o‘z lugaviy ma’nosiga 
karama-karshi ishlatilishi orkali kulgining ifodalanishidir. Masalan, yolondan 
maktash, aslida uning zamirida tankid yotadi [23,137 p.]. 
Sinxron tarjima jarayonida kichik-kichik unsurlarni ham nazardan 
chetda qoldirib bo‘lmaydi. Tarjima kabinkasidagi mikrofon o‘ta ta’sirchan 
bo‘lganligi sababli kabinkadagi harakatlar tovushi juda ohista bo‘lishi 
darkor. Hatto kitobni sahifalash, ayol tarjimonning taqib olgan katta 
sirg’alarining sekin tovushi ham tinglovchilarning qu’log’iga katta shovqin 
bo‘lib boradi. 

Download 2.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling